Birlashgan Arab Amirliklari
Reja:
Geografik o‘rni va chegaralari.
Tabiiy sharoiti va resurslari.
Tarixi.
Davlat tuzumi.
Aholisi va mehnat resurslari.
Xo‘jaligiga umumiy ta’rif.
Sanoati.
Qishloq xo‘jaligi.
Transporti.
Tashqi iqtisodiy aloqalari.
O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi munosabatlar
Tayanch so‘z va iboralar: neft; tabiiy gaz; iqlim mintaqasi; emigrant; immigrant; erkin iqtisodiy hudud; neft quvurlari;
Geografik o‘rni va chegaralari. Birlashgan Arab Amirliklari Arabiston yarimorolining sharqiy qismida joylashgan yeti arab davlatlari federatsiyasidan iborat – Abu-Dabi, Dubay, Ajiman, Ras-ul-Xayma, Umm-ul-Kayvayn, Sharja, Al-Fujayra. Janub va janubi-g‘arbda Saudiya Arabistoni bilan(457 km), shimolda Ummon bilan(410 km), shimoli -g‘arbda Qatar bilan chegaradosh. Shimolda sohillarini Fors ko‘rfazi(700 km), sharqda Ummon ko‘rfazi(90 km) suvlari yuvib turadi. Sohil bo‘yining uzunligi 1318 km. Mamlakatning umumiy maydoni – 83657 km². Poytaxti – Abu-Dabi.
BAA juda qulay geografik o‘ringa egadir, chunki Fors ko‘rfazi bilan Hind okeanini birlashtiradigan suv yo‘li Ormuz bo‘g‘ozi BAAga tegishli. Bu shundan dalolat beradiki, BAA nafaqat geografik, balki xarbiy – strategik jihatdan ham juda qulay o‘riinda joylashgan.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Mamlakat hududining katta qismi tekislikdan iborat bo‘lib, cho‘l va sho‘hoklar keng maydonlarni egallaydi (⅔ qism). Sohilbo‘yi tekisligi asta-sekin ko‘chib yuruvchi qum dyunalari bilan almashinib boradi. Malakat g‘arbiy qismi sohilbo‘yining deyarli hamma yerida botqoqlashgan yerlar, shuningdek sho‘rhoklar bilan qoplangan cho‘kmalar(sabha) uchraydi. Eng katta sabha – Matti, Fors ko‘rfazi bo‘ylab 60kmga cho‘zilgan. Sharqda Hajar tog‘ tizmasi joylashgan. Eng baland cho‘qqisi Jabal-Yibir 1527m.
BAA neft va tabiiy gazga boy. Asosiy neft konlari Abu-Dabi, Dubay amirliklarida joylashgan. Aniqlangan neft zahiralari 7mld.tonnadan ortiq. Geologik qidiruv ishlari natijasida mamlakat hududidan oltin, mis, temir, qo‘rg‘oshin va qimmatli uran konlari aniqlangan.
Iqlimi va ichki suvlari. Mamlakat iqlimi tropik. BAAda yil fasllari unchalik ajralib turmaydi. Bu yerda faqat yoz va qish ajratiladi. Yoz maydan oktabrgacha davom etadi, kunduzi o‘rtacha harorat +38+45ºC, iyul va sentabrda harorat +55ºCdan oshadi.
Qish faslida esa(dekabr-aprel) harorat +20+30ºC issiq bo‘ladi. Ba’zan qishda kechasi
Do'stlaringiz bilan baham: |