Birlashgan Arab Amirliklari


Aholisi va mehnat resurslari



Download 344 Kb.
bet3/5
Sana09.06.2022
Hajmi344 Kb.
#647967
1   2   3   4   5
Bog'liq
1449938902 62548

Aholisi va mehnat resurslari. Mamlakatning umumiy aholisi 6mln kishi(2009-yil), shu jumladan 1576472 kishi chet el fuqarolari. O‘rtacha zichlik 1km²da 35 kishi. Emiratlilar – 19%, arablar va eronliklar – 23%, janubiy Osiyodan kelganlar - 50%, g‘arbiy va sharqiy Osiyodan kelganlar – 8%. BAA fuqarolari aholining 20%ini tashkil etadi. Davlat tili – arab tili, shuningdek ingliz, fors, hind, urdu tillari tarqalgan. 96% aholi islom diniga e’tiqod qiladilar(ularning 16%i shiyalar), xristian va xindular 4%. Tug‘ilish har 1000kishiga 18ta,o‘lim har 1000 kishiga 3,79 ta(bolalar o‘limi har 1000 bolaga 16,68 ta). O‘rtacha umr qurish erkaklarda 71,84 yosh, ayollarda 76,86 yosh.
Yosh tarkibi: 14 yoshgacha bo‘lganlar - 28,86%; 15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lganlar - 68,74%; 65 yoshdan katta bo‘lganlar - 2,4%. Mehnatga yaroqli axoli 1,4 mln.kishi (15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan­larning 75%i xorij fuqarolari). Aholining bandligi: xizmat ko‘rsatishda – 60%, sanoatda – 32%, qishloq xo‘jaligida – 8%.
Yirik shaharlari: Abu-Dabi, Dubiy, Sharja. Aholining ⅔qismidan ko‘prog‘i o‘troq hayot kechiradi, ichki rayonlarda, asosan g‘arbda ko‘ch­manchi va yarim ko‘chnanchi qabilalar bor.
BAA uchun har doim qishloq xo‘jaligi va dengiz sanoatida, mavsumiy ishlarda qo‘shimcha ishchi kuchlariga ehtiyoj sezilganda imigratsiya xos bo‘lib kelgan. Neft konlarini intensiv qayta ishlash natijasida mamlakatda imigrantlar oqimi yana ham oshdi.
Xo‘jaligiga umumiy ta’rif. Neft konlari ochilgunga qadar unchalik aholisi ko‘p bo‘lmagan bu mamlakatda asosan chorvachilik, palma yetish­tirish, baliqchilik va marvarid qidirish bilan shug‘ullanar edilar. Maravarid eksportidan Dubay amirligi mintaqaning yirik savdo markaziga aylandi, biroq sun’iy marvarid paydo bo‘lgandan so‘ng mahalliy savdogarlar oltin va qimmatbaho toshlar bilan shug‘illanishga o‘tib olishdi.
Sanoati. BAA sanoatida neft asosiy o‘rinni egallaydi. Birinchi neft koni 1958-59-yillarda Abu-Dabi amirligida topilgan. 1962-yil neftning tijorat yo‘lida qazib chiqarish boshlandi. O‘sha vaqtda mamlakat Britaniya protek­torati ostida bo‘lganligi sababli neft qazib chiqarishni ingliz kompaniyalari olib borar edi va mahalliy hukumatga ma’lum foizlar ajratar edi. 1975-yil neft qazib chiqarish tarmog‘ini milliylashtirish amalgam oshirildi va undan olinadigan daromad davlat budjetiga kelib tusha boshladi. 1966-yil Dubay amirligida ham neft konlari topildi. 1971-yil Britaniya qo‘shinlari mamlakat­dan chiqarilib yagona davlat BAA tashkil topdi. BAA dunyo neft bahosining ko‘tarilishi bilan kichik cho‘l amirligidan hayot tarzi yuqori bo‘lgan davlatga aylandi. 1966-yil Abu-Dabi amirligi neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti “OPEK” ga a’zo bo‘ldi. 1971-yil amirliklarning yagona davlat bo‘­lib birlashishi natijasida OPEK ka a’zolik BAA ga o‘tdi. Mamlakat OPEK ka bir vakil bo‘lib a’zo bo‘lsada, har bir amirlik o‘z hududidagi neft qazib chiqarish, eksport qilish hajmini o‘zi belgilaydi. Neft va mineral resurslar vazirligining hukumronligi cheklangan bo‘lib, u faqatgina neft qazib chiqa­rish tarmog‘i rivojlanishining umumiy yo‘nalishlarini belgilab beradi va uni rivojlantirishda cheklangan holda ishtirok etishi mumkin. Neftning yirik zahirasiga ega bo‘lgan Abu-Dabi amirligi o‘z iqtisodiyotining rivojlantirish uchun katta sarmoyalarni jalb qilish siyosatini olib bormoqda. Asosan aero­portlarga, yo‘llar qurilishiga,portlarni rivojlanishiga, bank va turistik tarmoq­larga katta mablag‘lar sarf qilmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti neftga tobelikni kamaytirish maqsadida diversifikatsiyaga yo‘naltirilgan ko‘pgina loyihalarni amalga oshirmoqda. Mamlakatdagi qulay investitsion iqlim ko‘pgina chet el kompaniyalarini jalb etmoqda.
Mamlakatdagi har 55-odam millioner, davlat yosh oila quruvchilarga $100ming to‘yana beradi, arab ayoli har bir tug‘ilgan farzandi uchun $20ming va yer uchastkasi oladi. Shuning uchun shunday maqol yuradi “har bir arab neft konining egasi bo‘lib tug‘iladi”. O‘z kuchi bilan moliyaviy jihatdan o‘zini ta’minlay olmaganlarga davlat o‘z hisobidan uy qurib beradi, yoshlarni xorijda o‘qish sarf-xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi.
So‘ngi vaqtlarda neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati­ning hissasi YAIMda asta-sekin kamayib bormoqda va o‘z o‘rnini ko‘ch­mas mulk, savdo, qishloq xo‘jaligiga bo‘shatib bermoqda. Mamlakat o‘zi­ning oziq-ovqatga bo‘lgan ichki ehtiyojini faqat chorak qismini qondiradi, shuning uchun qishloq xo‘jaligiga qo‘yilgan investitsiyalar hajmi katta. Investitsiyalar birinchi navbatda suvni chuchuklashtiruvchi zavodlar qurili­shiga kelib tushmoqda, bu esa nafaqat dala va bog‘larni suv bilan ta’min­lash, balki o‘tqizilgan daraxtlarni sug‘orish imkonini beradi.
Sayyohlik milliy daromadda yuqori o‘rinlarni egallaydi, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish darajasi eng yuqori yevropa standartlariga javob beradi. Hozirgi vaqtda Rossiyadan sayyohlar oqimi bir yilda 250ming kishini tashkil etmoqda. Biznes va sayyohlikning rivojlanishi amirlikda qurilish­ning shiddat bilan avj olishiga turtki bo‘ldi. Abu-Dabi va Dubay shahar­laridagi osmono‘par binolar va besh yulduzli mehmonxonalarga milliard­lab dollarlar ajratilmoqda.
Dubay amirligining iqtisodiyoti ishlab chiqarish tarmoqlariga shuning­dek, mintaqadagi savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan. Abu-Dabi amir­ligi esa aksincha, uning rivojlanishi asosan neft qazib chiqarishga qaratilgan. Abu-Dabida yiliga 2,5-3mln.tonna neftni qayta ishlovchi zavod qurilgan. Neftdan tashqari BAA yer osti tabiiy gaz resurslariga ham boy. Zahiralari 6,06trl.m³. Eng yirik konlari Abu-Dabi, Dubay, Sharja amirlik­larida joylashgan. Tabiiy gaz IESlarda yoqilg‘i sifatida ishlatiladi, lekin uning katta qismi eksport qilinadi. Ba’zi shimoliy amirliklar esa tog‘-kon sanoatini rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1979-yil “Mina Jabal-Ali”da alyuminiy zavo­di ochilishi bilan Dubay amirligining sanoati rivojlana boshladi. Agar zavod 1982-yil yiliga 130ming tonna alyuminiy ishlab chiqargan bo‘lsa, 1991-yil qayta ta’mirlangandan so‘ng yiliga 290ming tonna alyuminiy ishlab chiqara boshladi. Asosiy sanoat shov-shuvi 1985-yil “Mina Jabal-Ali” shah­rini erkin iqtisodiy hudud deb e’lon qilingandan so‘ng boshlandi. Birinchi yildayoq 40ga yaqin korxonalar ro‘yhatdan o‘tdi. 2008-yilda esa bu yerda 2800ta firmalar faoliyat yurita boshladi. Amirlikda erkin iqtisodiy hududda faoliyat ko‘rsatayotgan chet el firmalariga nisbatan bir nechta qonunlar qabul qilingan: ular mulklarga 100% egalik qilib, kapitallarini erkin olib kirish va olib chiqishga ruhsat berilgan hamda importga bo‘lgan barcha soliqlar va bojlar bekor qilingan.
Shimoliy amirliklarning sanoati yengil sanoat korxonalariga ixtisos­lash­gan. Bu yerda mebel, turli idishlar, plastik mahsulotlar, portlovchi moddalar hamda sement ishlab chiqariladi. Ras-ul-Xayma amirligida dori-darmon zavodlari faoliyat yuritadi, lekin asosiy e’tibor qurilish sanoatiga qaratilgan. Bu yerda sement, qurilish toshlari hamda asfalt zavodlari faoli­yat yuritmoqda. Fujayra amirligi ichki bozorni marmar, ohaktosh, sement, asbest va qurilish bloklari bilan ta’minlaydi. Umm-ul-Kayvayn amirligi mahsulotlarni harid quvvatidan ortiqcha ishlab chiqargani uchun 1990-yillarda ancha inqirozga uchragan. U ham qo‘shni amirliklar kabi qurilish sanoatini rivojlantirganligi va bozor qurilish mollariga to‘la bo‘lganligi uchun amirlik katta zarar ko‘rdi. YaIM ning sanoatdagi ulushi – 52%, xizmat ko‘rsatishda esa – 45% ni tashkil etadi.

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish