Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari



Download 411,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.06.2022
Hajmi411,84 Kb.
#640480
1   2   3
Bog'liq
4--Mavzu

 


 
Birinchi shifokor yordami
Bu shikastning jabrlanganlar hayotiga bevosita xavf soluvchi oqibatlarini 
bartaraf qilish, jaroxat infeksiyasi yanada rivoj topishi oldini olish va 
shikastlanganlarni evakuatsiyaga tayyorlash maqsadida tibbiy evakuatsiyaning 
birinchi boskichida shifokorlar bajaradigan davolash—muxofaza majmuidir. 
Bunday yordamni umum shifokorlik tayyorgarligi bo’lgan va ixtisosli jarrox — 
shifokorlar kursatadi. Shikastlangan ondan keyingi 3 soat, eng ko’pi bilan 6 soat 
birinchi shifokor yordami ko’rsatish uchun eng qisqa muddat hisoblanadi. Tibbiy 
yordamning bu turini hamma ixtisoslardagi shifokorlar, xatto muqim 
shifoxonalardagi o’rta tibbiy ma’lumoti bo’lgan tajribali xodimlar ham (shifokor 
nazoratida) bilishlari kerak. 
Malakali tibbiy yordam 
Bu davolash muassasalari (bulinmalari)da tegishli ixtisosdagi shifokorlar 
amalga oshiradigan, shikast oqibatlarini, birinchi galda hayot uchun xavfli 
oqibatlarni bartaraf qilishga, extimoli bor ogirlashuvlar oldini olishga va rivojlana 
boshlagan salbiy oqibatlarga qarshi kurashish, shikastlanganlarni o’zil—kesil 
natijagacha davolashga qaratilgan jarroxlik va terapevtik tadbirlar majmuidir. 
Ixtisoslashgan tibbiy yorlam 
Bu ixtisoslashgan davolash muassasalari (bulinmalari)da odamning ba’zi 
a’zolari va tizimlaridagi bo’zilishlarni maksimal darajada tiklash maqsadida 
maxsus apparatlar va uskunalardan foydalanib, mutaxassis shifokorlar bajaradigan 
davolash — muxofaza tadbirlari majmuidir. 
Yurak-o‘pka reanimatsiyasi (qayta jonlantirish)ni o‘tkazish qoidasi. 
Tomirlardan qon ketishi, turlari, vaqtincha to‘xtatish usullari. Suyak 
singanda ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam
.
Favqulodda holatlarda shikastlangan fuqarolarga ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy 
yordamning asosiy vazifasi tezkor choralar ko‘rish bilan ularning hayotini saqlab 
qolish, azob-uqubatlarini imkoniyat darajasida kamaytirish, ro‘y berishi mumkin 
bo‘lgan turli asoratlarning oldini olish yoki kasallikning kechishini 
yengallashtirishdan iboratdir. 
Birinchi tibbiy yordam shikastlanish hodisasi sodir bo‘lgan joyda shi-
kastlanganlariing o‘z-o‘zlari va bir-birlariga o‘zaro yordamlari hamda sanitar 
drujinachilar tomonidan ko‘rsatilishi mumkin. Birinchi tibbiy yordam turkumiga 
quyidagi chora-tadbirlar kiradi: qon ketishini vaqtincha to‘xtatish; badanning 
jarohatlangan yoxud kuygan joyiga toza steril bog‘lam qo‘yish; suniy nafas oldirish 
va yurakni bilvosita massaj qilish; turli zahri qotillarga qarshi emdori, antidot 
(ziddizahar)lar yuborish, antibiotiklar berish, og‘riq qoldiradigan tinchlantiradigan 
dorilar yuborish (ayniqsa, shok vaqtida); yonib turgan kiyimni o‘chirish, 
shikastlangan odamni transport vositasida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish uchun 
shikastlangan joyini qimirlamaydigan qilib bog‘lash (transport immobilizatsiyasi), 
odamni issiq va sovuq harorat ta’siridan asrash, uning muzlab qolgan badanini isitish; 
turli zaharlovchi moddalar bilan shikastlanganlarga gazniqob kiydirish, ularni xavfsiz 


joylarga olib chiqish, shuningdek, qisman sanitariya ishlovlarini zudlik bilan 
o‘tkazish va h.k. 
Birinchi tibbiy yordamni mumkin qadar tez va qisqa fursatlarda ko‘rsatish 
kasallik va shikastlanishlarning keyinchalik qanday o‘tishi, oqibati nima bilan 
tugashi, ba’zan asa, shikastlanganlarning hayotini asrab qolish uchun nihoyatda 
muhim ahamiyatga egadir. Ko‘p miqdorda qon ketayotgan, elektr tokidan 
shikastlangan suvga cho‘kkan paytda yurak faoliyati to‘xtab, nafasi chiqmay qolgan 
va yana boshqa shundan og‘ir hollarda albatta, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi 
zarur. Basharti, ko‘plab odamlar bir yo‘la birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga muhtoj 
bo‘lishsa, bunday yordamning muddatlari hamda navbati belgilanadi. Ayniqsa, 
bolalarga va shu fursatda kechiktirib bo‘lmas tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasa 
hayotdan ko‘z yumish ehtimoli bor bo‘lgan shikastlanganlarga birinchi navbatda 
tibbiy yordam ko‘rsatiladi. 
Ayni paytda bir yo‘la har xil turdagi shikastlanishlarga duchor bo‘lgan 
fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ayrim usullar tartibini ham 
belgilab olish lozim. Bunda avval shikastlangan odamning hayotini saqlab qolishga 
imkon beradigan eng zarur amallarga asosiy e’tibor berila-di. Chunonchi, son suyagi 
ochiq sinib, arteriyadan qon oqib turgan vaqtda birin-chi navbatda hayot uchun 
xatarli bo‘lgan qon ketishini to‘xtatish, keyii jarohatga toza, steril bog‘lam qo‘yish va 
shuidan so‘ng oyoqni qimirlamaydigan qilib bog‘lash (immobilizatsiya qilish)ga 
kirishiladi. Singan suyakning o‘z joyidan siljimasligi uchun maxsus shina taxtakach 
yoki o‘sha sharoitda ko‘zga tashlanib, qo‘lga iyaingan yana boshqa barcha 
imkoniyatlar, tabiiy, qayotiy yordamchi vositalardan foydalanish lozim. 
Birinchi tibbiy yordamning barcha usul amallarini imkoni boricha nihoyatda 
ehtiyotkorlik bilan tez bajarmoq zarur. Shoshmashosharlik va qo‘pol xatti-harakatlar 
bilan amalga oshirilgan yordam shikastlangan odamga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, uning-
ahvolini og‘irlashgirishi mumkin. Birinchi tibbiy yordamni bir emas, bir necha kishi 
ko‘rsatadigan bo‘lsa, ular bu vazifani o‘zaro kelishib, hamjihatlik bilan amalga 
oshirishgani ma’qul. Buning uchun biri rahbarlik mas’uliyatini zimmasiga olishi 
lozim. 
Yuqorida aytganimizdek, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida asosan, 
mazkur sharoitda ko‘z oldimizda va qo‘l ostimizda bo‘lgan mavjud vositalardan keng 
va unumli foydalaniladi. Bunday vositalar turkumiga: bog‘lovchi materiallar - bintlar, 
tibbiy bog‘lov paket - xaltachalari, katta va ularning kichik hajmdagi toza, steril 
bog‘lamli salfetkalar, paxta va boshqa ashyolar kiradi. Qon ketishini to‘xtatish uchun 
cho‘ziluvchan tasmasimon va naysimon jgutlar, immobilizatsiya qilish uchun esa, 
maxsus taxtachalar, fashrli, shotisimon, to‘rsimon va boshqa turdagi shinalar 
ishlatiladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda ba’zi dori-darmonlardan ham 
foydalaniladi. Chunonchi, naysimon ampula va shisha vdishlarga solingan spirtdagi 
5% li yod eritmasi, spirtdagi 1 - 2%li brilliant yashili eritmasi, validol tabletkalari, 
valeriana tomchi dorisi, shisha naychalardagi novshadil spirti, shuiingdek, 
tugmachasimon shakldagi yoxud kukun holidagi natriy gidrokarbonat (ichimlik 


sodasi), vazelin va boshqalar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, ommaviy 
zararlanish o‘choqlarida radiofaol zaharlovchi moddalar hamda bakterial vositalar 
ta’siridan saqlanish, ulardan muhofaza qilish maqsadida shaxsiy dorilar majmui 
jamlangan shaxsiy individual aptechka (AI-2) imkoniyatlaridan ham foydalanish 
zarur. 
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun favqulodda hodisa sodir bo‘lgan joyda 
ko‘zga tashlangan va qo‘l ostida bo‘lgan vosigalar turkumiga bog‘lam qo‘yish uchun 
toza choyshab, ko‘ylak, gazlama (iloji bo‘lsa oq tusdagi); qon to‘xtatish uchun esa, 
tasma, bog‘ich, jgut o‘rniga shim kamari yoki belbog‘, gazlama parchasi; suyak 
singanda: shinalar o‘rnida qattiq qog‘oz yoxud fashr bo‘laklari, taxta, tayoq va 
boshqalar kiradi. 

Download 411,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish