4-Mavzu
Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari
Respublikada halokatlar tibbiy xizmatining tashkil etilishi va uning asosiy
vazifalari. Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishning tartib va
qoidalari.
Birinchi tibbiy yordam.
Shikast uchogi tushib, o’z xolicha koladigan shikastlanganlarni yakkalab
olish davrida shikast olingan joyning o’zida hayotiy kursatkichlarga muvofik
beriladigan birinchi tibbiy yordam aloxida rol uynaydi. O’z vaqtida va to‘g‘ri
kursatilgan birinchi tibbiy yordam shikastlangan odamning hayotini saqlab koladi
va xunuk natijalar rivojlanishi oldini oladi. Bunda eng avvalo Favqulodda
vaziyatning shikastlovchi omillarini tuxtatish (suvdan olib chiqish, yonayotgan
kiyimlarini uchirish, yonayotgan imorat ichidan yoki shikast zonasidan olib chiqish
va x.k.) choralarini kurish kerak, shuningdek jabrlangan kishining axvolini tez va
to‘g‘ri aniqlashning ham ahamiyati katta bo’ladi. Jabrlanganni ko’rib
chiqilayotganda avval uning tirikmi yoki ulikmi ekani aniklanadi. Shikastlangan
kishini ko’ribchiqishda shifokor muayyan алгоритм (тартиб, кетма—кетлик)дан
фойдаланиши мумкин. Bular:
—ogiz bushligi va yuqori nafas yo’llarini tekshirish (ularni begona, yot narsalardan
tozalash);
—nafas olish xarakatlarining xususiyati va kanchalik tezligiga baxo berish ( upkani
sun’iy nafas oldirish va yurakni bevosita ukalash);
—kon tomirlari butunligini aniqlash (ayniksa arterial tomirlardan kon okishini--
vaqtincha yoki butunlay tuxtatish);
— yurak — kon tomir tizimi (tomir urushi) axvoliga baxo berish;
— sezgi a’zolari, asosan kurish a’zolariga (organizm qanday ta’sirlanishiga) baxo
berish;
— shikastlangan kishining nutkiga baxo berish. Birinchi tibbiy yordam berishning
eng kiska muddati — shikastlangan ondan boshlab 30 dakika, nafas olish tuxtagan
bulsa, bu vaqt 5—7 dakikagacha kiskartiriladi. Zaxarlangandan keyin dastlabki 30
dakika ichida birinchi yordam olganlarda umumiy axvolping ogirlashuvi 2 baravar
kamayishi vaqt omili nakadar muhimligini kursatadi. Jaroxatlangandan so’ng 1
soat mobaynida yordam kursatilmasa, o’limga sabab bo’lish 30% ortadi. 3
soatgacha yordam berilmaganda esa, 60% va 6 soatgacha yordam berilmaganda
90%gacha ortadi.
Birinchi tibbiy yordamni shikastlangan kishining o’zi (o’z— o’ziga yordam)
yoki uning yonida bo’lganlar (bir—biriga yordam), axoli. sandrujinachilar, fukaro
mo’zxofazasi to’zilmalarining shaxsin tarkibi kursatadi
Jabrlanganlarga tibbiy yordamning keyingi boskichi ularga shifokor
kelguncha (shikast uchogining o’zida) yordam kursatish hisoblanadi. Bunday
yordam ro’yxatdagi tibbiy vositalardan keng foydalanish va bunday yordam
berishda o’rta tibbiy ma’lumotli xodimlar (tibbiy hamshiralar. feldsherlar) ishtirok
etishi hisobiga birinchi tibbiy yordam imkoniyatlarini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |