Birinchidan, korxonaning barcha bo’lim va xizmatlari majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi, ikkinchidan



Download 21,01 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi21,01 Kb.
#581837
Bog'liq
Sevinch


1
Bizningcha, biznes-reja ham yirik korxonalarda, ham kichik korxonalarda ishlab chiqilishi lozim. Bunda uni ishlab chiqish korxonani rivojlantirish strategiyasidan tashqari, ularni amalga oshirish uchun ayni paytda korxonadan qo’shimcha moliyaviy resurslar talab qiluvchi yangi loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ta’mirlash va texnik jihozlash, mahsulot diversifikatsiyasi, ichki va tashqi bozorlarga kirib borish bilan bog’liq bo’lishi lozim. Chunki biznes-reja korxonaning kundalik faoliyatidan tashqari, bank muassasalari tomonidan yuqorida ko’rsatilgan va shunga o’xshash tadbirlarni moliyalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqa hollarda esa korxona o’z biznes-rejasini nima deb atashining unchalik ahamiyati bo’lmaydi, bu korxonaning o’z ixtiyorida bo’ladi.

Gap shundaki biznes-reja har qanday muammolardan himoya qiluvchi vosita bo’la olmaydi, u korxonaning o’zi bajarishi lozim bo’lgan vazifalarni o’zidan-o’zi hal qilmaydi. Amaliyotning guvohlik berishicha, reja juda yaxshi ishlab chiqilgan bo’lsada, undan noto’g’ri foydalanishda korxona zarar ko’rishi mumkin. Biroq bu biznes-reja umuman kerak emas degan fikrga olib kelmasligi kerak. Masalan, banklar, investitsiya firmalari va boshqa muassasalar aniq va to’g’ri tuzilgan biznes-rejani olmaguncha korxonalardan moliyaviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha qaror qabul qilmaslikka harakat qiladilar.

Biznes-reja birinchidan, korxonaning barcha bo’lim va xizmatlari majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi, ikkinchidan, ularni korxona istiqboli bilan shug’ullanish hamda korxona maqsadlarini va ularga erishish yo’llarini aniqlashga majbur qiladi, uchinchidan, korxona faoliyatining muhim yo’nalishlari bo’yicha ko’rsatkichlarni belgilab beradito’rtinchidan esa, korxonaning bozordagi kutilmagan o’zgarishlarga yanada moslashuvchan va tayyor qilib qo’yadi.

Biroq shunday bo’lsada, biznes-rejani bank yoki boshqa muassasalar tomonidan korxonaning iqtisodiy holatini yaxshilash va uning ishlab chiqarish salohiyatidan unumliroq foydalanish tashlangan qutqarish vositasi deb tushunmaslik kerak. Gap shundaki, turli maslahatchilar, bankirlar, huquqshunoslar, moliya xizmatchilari, buxgalterlar va boshqalar rejada biznesni ko’rsatish uchun turli nuqtai nazarga ega bo’ladilar. Aynan shu jihat biznes-rejani korxonaning oddiy rejalaridan farqli qilib qo’yadi. Shu sababli biznes-rejani ishlab chiqish birinchidan, qog’ozda qolib ketmasdan amaliyotda qo’llanishi, ikkinchidan, ekspertiza tomonidan rad qilinmasligi va uchinchidan, foydaning o’sishi va korxonaning umumiy moliyaviy holati yaxshilanishiga xizmat qilishi maqsadida o’ziga alohida e’tibor va chuqur o’ylab chiqilgan yondashuv talab qiladi.



2
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish — korxona rahbariyatining doimiy 
vazifasidir. Bu vazifani yechish amaliyotda kuyidagi omillar bilan bog’liq bo’ladi:
• bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda 
eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta’minlovchi, 
optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash; 
• iste’molchilar talabini qondirishga yo’naltirilgan mahsulotni sotish va yuqori 
daromad (foyda) olish; 
• aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab chiqarish 
zahiralarini yaratish.
Xo’jalik samaradorligani oshirish omillarining yuqorida sanab o’tilgan har biri, 
faoliyat yuritishning turli shakl va ko’rinishlari yordamida, ishlab chiqarish 
Ishlab chiqarishning umumiy samaradorligi xarajatlar va resurslarning ayrim 
turlaridan foydalanish darajasini aniqlash va baholash uchun ko’llaniladi va 
umuman, xalk xo’jaligi bo’iicha, tarmokdar, korxonalar, kapital qurilish ob’ektlari 
bo’yicha hisoblab chiqiladi. Bunday samaradorlikni anikdash xarajatlar va 
resurslar samaradorligi darajasini, samaradorlikning asosiy yig’imlarini aks 
etgiruvchi differentsiyalangan ko’rsatkichlarni hisoblab chiqishga asoslanadn. 
Bunday ko’rsatkichlarga ishlab chiqarishning yoki unda tayyorlanadigan 
mahsulotning mehnat sig’imi, material sig’imi, fond sig’imi, kapital sig’imi kiradi. 
Ishlab chiqarish samaradorligini baholash, korxonada foydalaniladigan resurs 
turlari bo’yicha amalga oshirilishi va miqtsor jihatidan o’lchanishi mumkin. 
3
Tadbirkor uchun tavakkalchilikdan ko„rilgan zarar va foyda nisbatan qoniqarli bo„lsagina tavakkal qilish tug„risida bir qarorga kelish mumkin. Bu yerda shuni ta‟kidlash lozimki, har bir yuqorida qayd etilgan nisbatni mos kelgan har bir aniq vaziyati xilma xil bo„lib u ko„plab omillarga ya‟ni mulkiy xolatga tadbirkorning tavakkalchilik xavf-xatari sohasidagi siyosati, taktika va strategiyasi loyiha vazifa va maqsadlariga bog„liq bo„ladi. Vaholanki, mas‟uliyatining bu masalasi ham iqtisodiy va huquqiy jihatlar mavjud. Xo„jalik qarorlari bilan bog„liq tavakkalchilikdagi mas‟uliyat masalalari, amaliy tajribalar va bu sohada to„plagan tajribalar to‟g„risida batafsil to„xtalamiz.
Tavakkalchilik tushunchasi tabiiy fanlarda aniqlab o„z ta‟rifini topgan hamda matematik formulalarda ifoda etilgan. Ammo iqtisodiyot o„ziga xos xislat va xususiyatga ega. Shuning uchun «xo„jalik tavakkalchiligi» degan maxsus atamani ta‟rifini berishimiz zarur. Keyingi yillarda ko„plab maqola va ilmiy ishlarda mualliflar tashkilotning xo„jalik faoliyati, rejalashtirish, bozor mexanizmi, talab va taklif munosabatlarini qarab chiqishda xo„jalik tavakkalchiligi masalalariga katta e‟tiborni qaratmoqdalar. Biz ko„plab hollarda, ilmiy xulosalarda yuqorida aytib o‟tilgan sohalarda qarorlar qabul qilishda tavakkalchilik elementlarini hisobga olish zarurligini va xatto uni maqsadga muvofikligini qayd etilgashini ko„zatdik. Aksariyat mualliflar texnikaviy va xo„jalik qarorlarini qabul qilishni tavakkalchiliksiz amalga oshirib bo„lmaydigan g„oyani ilgari surmoqdalar chunki tavakkalchilikni tan olmaslik, rivojlanishga sun‟iy to„siq qo„ygan bilan barobardir. Biz ishlari bilan tanishgan yana bir guruh mualliflar: tavakkalchilikning mohiyati-maqsadiga erishishda ko„riladigan zararda emas. Balki maqsadga erishish uchun yo„nalishni o„zgartirish to„g„risida qabul qilingan qarorlar uchun yaratilgan imkoniyatda degan g„oyani ilgari suradilar. Tavakakalchilik tushunchasini ko„rinishi mumkin bo„lgan zarar imkoniyati darajada tor ma‟noda talqin qilinishi uni iqtisodiy sohada to„g„ri qo‟llanilishini ancha cheklab qo„yadi.
Iqtisodiy o„sishda tasodifiy omillar ta‟sirini tan olinishi, kutilgan vaziyatni sodir bo„lishini orqaga surishi, yoki uni mazmun-mohiyatini o„zgartirishi mumkinki, u o„z-o„zidan kun tartibiga, xo„jalik tavakkalchiligi muammolarini qo„yadi. Iqtisodiyotni davlat boshqaruvi sharoitida 2 turdagi xo„jalik tavakkalchiligi mavjud, aynan xalq xo„jaligi tavakklchiligi (global,umumiy) va tashkilot doirasidagi tavakkalchilik (lokal, mahalliy) bo„lib, ular dialektik yagona qarama-qarshilikda turadi, bir-birini to‟ldiradi, bir-biriga ta‟sir etadi, ayni paytda ma‟lum darajada avtonom holda uchraydi. Ular shuningdek, o„zaro qarama-qarshi mayl, rag„batlarni tashuvchi hamdir, ayniqsa u iqtisodiy muhit ikkala tavakkalchilik vaziyatini vujudga keltirish uchun bir xil imkoniyat yaratganda yaqqol namoyon bo„ladi. Tavakkalchilik elementlarini paydo bo„lish imkoniyatlari nafaqat yirik yo„qotishlarda ifodalanadi, balki birinchi navbatda katta daromad olishda ham gavdalanadi, shuning uchun ham barcha xo„jalik rahbarlari tavakkalchilikka borishadi. Bir xil sharoitda olinadigan katta daromad-jadval rivojlanish natijasidir.Moliya bilan bog„liq tavakkalchilik- bu ehtimol qilinadigan moliyaviy zararlar bo„lib, u o„z navbatida investitsiya va pulning sotib olish qobiliyati bilan, shuningdek:
-inflyatsiya;
-valyuta bilan bog„liq bo„lgan tavakkalchilik turlariga bo„linadi.
Inflyatsiya bilan bog„liq tavakkalchilik – bu olingan daromadlarning qadri yuqori inflyatsiya oqibatida tezroq qadrsizlanishini bildiradi.
Valyuta bilan bog„liq tavakkalchilik- bu chet el valyutasi kursining o„zgarishi oqibatida ko„riladigan katta zararni bildiradi. Bu tavakkalchilik eksport-import operatsiyalarini, shuningdek, valyuta operatsiyalarini baholashda o„ta zarurdir.Investitsion tavakkalchilik o„z o„rnida quyidagi turlarga bo„linadi:7
Tizimli tavakkalchilik- u yoki bu bozorda konyukturaning yomonlashishi yoki tushib ketishi oqibatida ehtimol qilinadigan zarar. Bu tavakkalchilik investitsiyani aniq bir obyektga emas, balki muayyan bozor (masalan, valyuta bozori, ko„chmas mulk bozori va boshqalar) uchun barcha qo„yilgan mablag„ bo„yicha tavakkalchilikni ifodalaydi. Bunda investor katta zarar yetkazmasdan turib o„z mablag„ini qaytara olmaydi.
Download 21,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish