FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI MATEMATIKA YO’NALISHI
2-KURS 19.03-GURUH TALABASI BO’RIYEV SHAXBOZ ALIMARDON O’G’LINING “BIRINCHI TUR XOSMAS INTEGRALLAR” MAVZUSIDAGI KURS ISHIGA
TAQRIZ
Barkamol avlodni tarbiyalash O’zbekiston taraqqiyotini asosi bo’lib, davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yili 15-iyun kuni Toshkentda bo’lib o’tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so’zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to’xtalib o’tdi. "Bizni hamisha o’ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-ahloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug’ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", – deya ta’kidladi Prezidentimiz.
Xususan, mazkur kurs ishida birinchi tur xosmas integrallar haqida asosiy nazariy ma’lumotlar keltirilib, zarur hollari isbotlangan. Ko’plab shu turdagi masalalarni yechishning namunalari ko’rsatilgan. U 2 ta bob, 5 ta mavzu, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Xosmas integral tushunchasi aniq integralning umumlashgani bo’lib, matematika va boshqa fanlar bo’limlarida qo’llaniladi. Shu ma’noda ushbu kurs ishida xosmas integrallarga taalluqli masalalar qaralgani muhim ahamiyatga ega.
Kurs ishining oxirida xulosa chiqarilib, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.
Kurs ishida o’rganilgan masalalar nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lib, undan differensial tenglamalar sohasi bilan shug’ullanuvchi talabalar va ilmiy tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
Yuqoridagilarga hamda ilmiy suhbat natijasiga asosan Bo’riyev Shaxboz Alimardon o’g’lining “Birinchi tur xosmas integrallar” mavzusidagi kurs ishi O’zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlarida qo’yilgan talablarga javob beradi va uni himoyaga tavsiya qilaman.
Ilmiy rahbar, ________
___________________: ___________
Do'stlaringiz bilan baham: |