Tez va ravon yozishga o'rgatish.
Harflarni bir hil balandlikda va kenglikda yozishga o'rgatish bilan birga, tez va ravon, tekis qilib yozish chiroyli yozuvning muhim shartlaridan biridir.
Chiroyli va tez yozishning assoiy siri uning bir xil o'lchamdagi ravon harakatidir.
Bir maromda harakat qilib yozish, har bir harf va uning elementlari bir xil balandlikda va qiyalikda bo'lish alohida go'zallik kashf etadi.
Ammo o'quvchilar bunday malakalarga tezda erisha olmaydilar. Yozuvning ravon bo'lishi, uning tezligi bilan bog'liqdir.
Masalan, endigina yozuv mashqini boshlagan olti yoshli o'quvchi bir minutda 4-6 harfni yozishi mumkin. Bu davrda tez yozish malakasini sanoq-ohang usulida olib borilsa, tezlik yanada bir maromda davom etishi mumkin. Yozuvning tezligini oshirib borishda bolalarning qo'l harakati bir maromda bo'lishga alohida e'tibor berish. Barmoqlarning charchab qolishiga yo'q qo'ymaslik kerak. Agar o'quvchilarni charchatib qo'ymasdan sanoq-ohang usulida asta-sekin yozuv tezligini oshirib borilsa, u bolalarda katta qiziqish uyg'otib, yaxshi samaralar berishi mumkin.
Yozuvning tezligi o'quvchining imloni qay darajada bilishiga bog'liqdir, agar o'quvchi so'zlarni yaxshi o'qisa, xatolarga yo'l qo'ymasa, tez va to'g'ri yozadi.
Yozuvning tezligi bola yuqori sinfga ko'chgan sari orta boradi. Agar 6 yoshli o'quvchi o'quv yilining oxiriga kelib 7-9 har yoza oladi. 2-sinf o'quvchisi o'quv yilining oxirida 23-25 harf yozishi, 3-sinf o'quvchisi o'quv yilining oxirida 32-35 harf, 4-sinf o'quvchisi esa minutiga 40-45 harfni yozishi mumkin.
Yozma ishlarning turli shakllarda (ko'chirib yozish, aytib turib yozdirish bilan yoki yoddan yozish) bu tezlik bir oz ortiq va kamroq bo'lishi mumikin.
Yozuv tezligining oshirishning yana bir imkoniyati ko'proq qo'l harakatiga bog'liqdir. Buning uchun qal barmoq muskullarining harakatini o'stiruvchi hamda tez va ravon yozishga o'rgatadigan turli mashqlarni bajartirish kerak.
Masalan, maktabga ilk bor qadam qo'ygan o'quvchilar uchun quyidagi o'xshash shakllarni chizdirib yoki havoda mashq qildirish mumkin.
1. Dam olmasdan va qo'l harakatini uzmasdan o'ngdan chapga, chapdan o'nggga qildirish:
Bulardan tashaqari, har bir harf elementlarini mashq qildirish uchun shu elementga mos mashqlar tanlab yozdirish mumkin. 1-2 sinf o'quvchilariga esa quyidagi mashqlar beriladi:1. Soat strelkasi bo'yicha barmoq va panja muskullarini o'stiruvchi
mashqlar: 2. Barmoq muskullarining harakatini o'stirish uchun
yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga harakat qildirish.
2. Tugunchakdagi ipni chuvalatib yozish va so'rash shakllari.
3. Barmoq va qo'l muskularini o'stiruvchilar:
Bunday mashqlar qo'l harakatini uzmay yoziladigan harflarni mashq qilish uchun yordam beradi.
4. Soat strelkasi bo'yicha va unga qarshi barmoq va qal muskullarini
o'stiruvchi mashqlar:
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan mashqlardan o'z o'rnida unumli foydalanilsa, yaxshi natijalar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |