Birinchi sinf matematika darslarida individual topshiriqlarni qoʻllash orqali ta’lim sifatini oshirish



Download 4,21 Mb.
bet3/4
Sana16.03.2022
Hajmi4,21 Mb.
#492806
1   2   3   4
Bog'liq
Marjona maqola1

Topshiriq sharti: Berilgan shakllarni teng qismlarga ajrating, shakl boʻlaklaridan butunni hosil qiling. Bu topshiriqni bajarish orqali oʻquvchining diqqati oshadi, kreativlik qobiliyati namoyon boʻlib, tasavvuri kengayadi. Bu oʻyinni 1-sinf matematika darslarining geometrik shakllar boʻlimida ayniqsa samarali qoʻllash mumkin. Ushbu topshiriqlar asosan didaktik topshiriqlar boʻlib oʻqituvchidan ijodkorlik talab qiladi. Bundan tashqari test topshiriqlari ham juda qulay usul boʻlib bu asosan malakaga tayanadi.
Test topshirigʻi
Test topshiriqlari olingan bilimlarni nazorat qilish, mustahkamlashda juda muhim va qulay. 1-sinflarda test topshiriqlarni tuzishda rasmli, narsalarning sanogʻini keltirgan holda, ya’ni test haqida tasavvur uygʻotadigan koʻrinishda tayyorlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday topshiriqlardan ko’zlangan maqsad o’quvchida testni tasavvur qilib bajarishni va keyingi sinflarda mustaqil bajara olish malakasini takomillashtirishdan iborat.
Keyingi topshirig’imiz 1-sinda o’quvchilarda to’gri va teskari sanash, ikkitalab sanash, juft va toq holda sanash malakasini rivojlantirish, tekshirish maqsadida bajariladigan topshiriq hisoblanadi.

5-rasm. Keyingisini top
“Keyingisini top” topshirigʻi. Bunday topshiriqlar 1-sinfda 1 dan 10gacha boʻlgan sonlarning yozilishi va oʻqilishi, 11 dan 20 gacha boʻlgan sonlar, juft va toq sonlar mavzusida qoʻllash uchun samarali boʻlib, oʻquvchilar keyingi sonni avvalgi va keyingisiga mos ravishda yozib chiqadilar.

6-rasm. U nechta? Bu qancha? oʻyini
Ushbu didaktik oʻyinda oʻquvchi har bir narsadan nechtaligini topib yozishi kerak. 1-sinfda miqdorlarni topishga doir masalalar yechishda ushbu topshiriq juda qulay hisoblanadi.

7-rasm. IQ topshiriq
Bunday topshiriqlar soddadan murakkabga qarab yoʻnaltirilgan boʻlib, 1-sinfdan oʻrgatila borilishi aqlni charxlash masalalarini bajarish uchun 2-,3-,4-sinflarda esa boshqotirmali qoʻshimcha mashqlarni yechish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Bundan tashqari oʻquvchida mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun ham asos boʻladi.
1-sinf matematika darslaridagi individual topshiriqlar sinfda past oʻzlashtirayotgan oʻquvchilarni boshqa oʻquvchilar bilan dastur boʻyicha tenglashishiga, faol oʻquvchilarda qoʻshimcha matematik qobiliyatlarni rivojlantirishda xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, 1-sinf matematika darslarida individual topshiriqlardan foydalanish narsalarning toʻplamlari ustida ishlash, arifmetik amallar bilan ishlash, taqqoslash, masalalar yechish, 1dan 10 gacha boʻlgan sonlar, geometrik shakllar, 11dan 20 gacha boʻlgan sonlar, 20 ichida qoʻshish va ayirish mavzularida samarali natija beradi. Buning natijasi oʻlaroq oʻquvchida matematik malaka shakllanadi, darslar oʻz maqsadiga erishadi. Bunday natijalarga erishish esa bugungi zamon oʻqituvchisidan tinimsiz mehnat, oʻz ustida tinimsiz izlanish, pedagogik, psixologiya, matematika, metodika, axborot texnologiyasi, texnologiya fanlarini puxta bilishni talab etadi. Pezidentimiz aytganlaridek, taqdirimiz muallimlar qoʻlida ekan, albatta bu ma’suliyatni his etgan holda, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi sifatida “Yangi Oʻzbekiston” ning poydevorini yana ham mustahkam etmogʻimiz lozim.

Download 4,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish