Birinchi sinf matematika darslarida individual topshiriqlarni qoʻllash orqali ta’lim sifatini oshirish



Download 4,21 Mb.
bet1/4
Sana16.03.2022
Hajmi4,21 Mb.
#492806
  1   2   3   4
Bog'liq
Marjona maqola1


Birinchi sinf matematika darslarida individual topshiriqlarni qoʻllash orqali ta’lim sifatini oshirish

Buxoro davlat universitetining Pedagogika
instituti Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim
fakulteti dotsenti, p.f.f.d. (Phd)
Saidova Mohinur Jonpoʻlatovna,
Buxoro davlat universitetining Pedagogika
instituti Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
(boshlangʻich ta’lim) yoʻnalishi I kurs magistri
Fayziyeva Marjona Amonjonovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada individuallik tushunchasi, individual topshiriq turlari va vazifalari, birinchi sinf matematika darslarida individual topshiriqning ahamiyati haqida fikr va mulohazalar yuritilgan.
Tayanch soʻzlar: individuallik, individual topshiriq, birinchi sinf matematika darslari, topshiriq, keys topshiriq, birinchi sinf matematik topshiriq, ta’lim, samaradorlik, natija, milliy oʻquv dastur, ishlab chiqish.
Dunyodagi zamonaviy oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikalarini oʻrganib, yurtimiz umumta’lim maktablarida joriy qilish maqsad qilindi. Xalq ta’limi vazirligiga ushbu tajriba asosida Milliy oʻquv dasturini ishlab chiqib, 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab ta’lim jarayoniga sinov tariqasida tatbiq etish boshlandi. Milliy oʻquv dastur avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi:

  • Avvalgi oʻquv dasturlari mazmuni 90% nazariyadan iborat boʻlib, oʻqitish metodikasi yodlatishga yoʻnaltirilgan.

  • Yangi Milliy oʻquv dasturi mazmuni 50% nazariya 50% amaliyotdan iborat boʻladi va oʻquvchining mustaqil faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

  • Oʻquv dasturlarida baholash esa faqat eslab qolgan bilimlar hajmini aniqlagan. Yangi dastur asosida oʻquvchilarda shakllangan koʻnikmalar baholanadi.

  • Fanlar soni va oʻquv yuklamalari optimallashtirilib, oʻquvchilar qiziqishiga koʻra fanlarni tanlab oʻqish imkonini beruvchi variativ oʻquv dasturlar asosida hayotga va kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoni yaratiladi.

Milliy oʻquv dasturi asosida fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon tarzda oʻqitiladi. Yaʼni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiruvchi hamda soddadan murakkabga tomon yoʻnaltirilgan tarzda kiritiladi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev aytganlaridek matematika hamma fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli boʻlib oʻsadi va istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi. Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, koʻzlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurini kengaytiradi. Matematika olamni bilishning asosi boʻlib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning oʻziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Boshlangʻich ta’limning matematika fani oʻquv dasturi oʻquvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi.
Boshlangʻich ta’limda matematika fanini oʻqitishning asosiy maqsadi:

  • oʻquvchilarda kundalik faoliyatda qoʻllash, fanlarni oʻrganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur boʻlgan matematik bilim va koʻnikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;

  • jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;

  • milliy, ma’naviy va madaniy me’rosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.

Boshlangʻich ta’limda matematika fanini oʻqitishning asosiy vazifalari:

  • oʻquvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, koʻnikmalar egallanishini ta’minlash;

  • inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va koʻnikmalarni muvaffaqiyatli qoʻllashga oʻrgatish;

  • oʻquvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish koʻnikmalarini shakllantirish;

  • fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda oʻquvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yoʻnaltirishdan iborat.

Amaliy-tajriba va sinov mashqlarida matematika darslarda kundalik faoliyatda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy vaziyatlarga, jumladan, tejamkorlikka, mehnatni yengillashtirishga va unumdorligini oshirishga, savdo-sotiq bilan bogʻliq boʻlgan masalalar yechilishi lozim.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev aytganlaridek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Shuning uchun ham Oʻzbekistonda ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda. Maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat oʻzgarishlari roʻy bermoqda.
Demak boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitishning asosiy vazifalaridan biri oʻquvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish koʻnikmalarini shakllantirish ekan, keling bu borada batafsilroq toʻxtalsak. Avvallo, individuallik (lot. individuum — boʻlinmas) – bu ma’lum insonning, uning noyobligi, betakrorligi nuqtai nazaridan oʻziga xos boʻlgan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar yigʻindisi. Individuallik – bu tushunchalar ichida mazmuniga koʻra eng tor tushuncha hisoblanadi. U oʻzida insonning boshqa odamlardan farq qiluvchi oʻziga xos va shaxsiy xossalarini jamlaydi. Endi uni ta’lim bilan bogʻlaydigan boʻlsak, individual taʼlim - oʻqituvchining oʻquvchiga pedagogik taʼsirini amalga oshiruvchi oʻquv mashgʻulotlari shakllaridan biri. Oʻqituvchining oʻquvchi bilan sinf jamoasidan tashqarida olib boradigan faoliyati tushuniladi. Individual ta’lim taʼlim shakllarining eng qadimiysi boʻlib, u qadimgi davr va oʻrta yerlarda keng qoʻllanilgan.
Oʻzbekiston taʼlimi tarixida individual ta’lim shakli keng qoʻllanib kelingan. Uning samarasi, ayniqsa, amaliy sanʼat, hunarmandchilikda ustoz-shogird taʼlimi tarzida namoyon boʻlgan. Mashhur xalq ustalari Toshpoʻlat Arslonqulov, usta Shirin Murodov, Qodirjon Haydarov, Mahmud Usmonov, Hamro Rahimovlar shu tarzda taʼlim olganlar. Individual ta’limda bola ruhiyatining individual xususiyatlarini, fan sohalari va kasb egallashga boʻlgan tabiiy moyilliklarini toʻliq eʼtiborga olish imkoniyati taʼminlanadi.
Oʻzbekiston mustaqilikka erishgach, individual ta’limga eʼtibor sezilarli tarzda ortdi. Ayniqsa, kollej va oliy oʻquv yurtlariga kirishning test tizimi joriy etilishi individual ta’limning repetitorlik shakli rivojlanishiga turtki boʻldi. Bugungi kunga qadar ham individual ta’lim metodi oʻzining samaradorligini har jihatdan namoyon etib kelmoqda. Endi ana shu individuallikni boshlangʻich sinf dars jarayonlarida yanada keng tatbiq qilib, ta’lim samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladigan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, jumladan, turli-tuman topshiriqlar ishlab chiqish lozim boʻladi.
Topshiriq bu kimsaning zimmasiga yuklatilgan ish, vazifa sanaladi. Topshiriq turlariga nazar tashlaydigan boʻlsak, bular:

  • savol topshiriqlar;

  • test topshiriqlar;

  • didaktik oʻyin topshiriqlari;

  • krossvord topshiriqlar;

  • keys topshiriqlar;

  • rebus topshiriq kabilardir.

Yuqoridagilarga nazar tashlaydigan boʻlsak, keys topshiriq tushuncha sifatida koʻpchilikka unchalik tanish boʻlmasa-da, har bir oʻqituvchi uni dars jarayonida qoʻllab kelmoqda. Bu metodning nomi inglizcha “case-study” soʻzlaridan olingan. Bunda “case” – yashik, quti, gilof, jild, “study” – oʻrganish, tadqiq qilish, ilm bilan shugʻullanish, oʻquv fani, saboq olish, oʻqish ma’nolarini bildiradi. Bu metod haqida inglizcha aytiladigan “case – true life”, ya’ni “keys – haqiqiy hayot” iborasiga koʻra keys – real hayotning “bir parchasidir”. Shunga koʻra bu metodni “amaliy holatlarni oʻqitish metodi” deb ham ataladi.
Keys-stadi metodi boʻyicha oʻrganilayotgan har bir muammo yoki mavzu yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar rejasi, ularni bajarish tafsiloti, natijalar va xulosalar yigʻindisi alohida keysni tashkil qiladi. Bu metod ta’lim jarayonida hayotiy vaziyatlardan foydalanishga qaratilgan. Bu esa, hozirgi kunlarda ta’lim sohasidagi dolzarb boʻlgan muammolardan hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilish imkonini berishi bu metodning alohida ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatib turibdi.
Shu sababli Gʻarb mamlakatlaridagi ta’lim muassasalarida keys-stadi metodidan, ya’ni keyslardan foydalanish oʻquv rejasining 25 % ini tashkil qiladi.
Yuqorida asosiy tushunchalar bilan ham tanishib olgan holda, 1-sinf darslarida individual topshiriqlar tuzishga toʻxtaladigan boʻlsak. Oʻtgan davr mobaynida sogʻlom va har tomonlama rivojlangan oʻsib kelayotgan avlodning shakllanishini ta’minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta’lim tizimini tashkil qilish boʻyicha kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Vazirlar mahkamasining 132-sonli qaroriga muvofiq, 2018-yildan sinov tariqasida va 2020-yildan barcha hududlarda maktabgacha ta’limga jalb etilmagan oʻquvchilarni boshlangʻich ta’limga tayyorlash guruhlariga majburiy bepul bir yillik tayyorlashga jalb etildi. Va bu ayni damda oʻz natijasini bermoqda, ya’ni hozirgi 1-sinf oʻquvchilari maktabga kelganining ilk kunidayoq, dastlabki oʻqish, yozish, mustaqil fikrini bayon eta olish, rasm chiza olish, yasash kabi tushunchalar koʻnikmasi bilan ma’lum miqdorda qurollanib kelmoqda. Bu esa oʻz navbatida, boshlangʻich sinf oʻqituvchisining zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Ya’ni u bolalarning tayyorlov darajasiga koʻra darsni tashkil eta olishi va oʻz maqsadiga erishishi lozim. Bunda u sinfni guruhlarga boʻlgan holda individual ish olib borishi talab etiladi. Oʻqituvchi sinfni guruhlarga boʻlishda ularni bilish imkoniyatlari, chaqqonligi, faolligi, qabul qila olish darajasi, psixologik xususiyatlari, qobiliyatlarini inobatga olgan holda bir necha usullardan foydalanib guruhlarga ajratadi. Kelingki, bitta sinf uch xil darajadagi guruhlarga boʻlindi, oʻqituvchi endi ularni darajasiga koʻra topshiriqlar tayyorlaydi va oʻquvchilarga taqdim qiladi. Masalan 1-sinfda 1dan 10 gacha boʻlgan sonlarning oʻqilishi va yozilishi. 2 sonini oʻtish jarayonida oʻqituvchi har bir guruhning darajasiga qarab turli topshiriqlar tayyorlaydi. Oʻquvchi mustaqil oʻzi individual topshiriqlarni bajaradi albatta, topshiriqlarning tuzilishi esa uni individualligidan kelib chiqqanligi sabab, u mavzuni qiynalmay tushunadi. Topshiriqlarni tayyorlashda bolaning yoshi hisobga olingan holda soddadan murakkabga qarab yoʻnalgan boʻlishi, rang-baranglikka, iloji boricha qiziqarli qilib tayyorlanishiga katta ahamiyatga qaratish kerak. Ammo ilmiylikdan ajralmagan holda tayyorlash shart.
Quyidagi topshiriqqa e`tibor qaratadigan bo’lsak, ushbu topshiriq ta`limiy o’yin tarzida bajariladi va 1-sinf o’quvchisida quyidagi ko’nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi: bir va ikki sonini farqlash, sonlarni kundalik hayotda qo’llay olish ko’nikmasini, sanoq sonlar tartib bilan kelganda bitta ortib borishini, tana a`zolarining nomi va vazifasini, tashqi muhitdan sanoq sonlarga misollar topa olish ko’nikmasini shakllantiradi.

1-rasm. Ikkitadanmi? Bittadanmi?



Download 4,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish