TO’GARAK RAHBARINING VAZIFALARI
To’garak rahbarining vazifalari quyidagilardan iborat:
Ta’lim muassasasi to’garak ishini tashkillashtiradi va rahbarlik qiladi.
To’garak ishini buyuk ajdodlarimiz merosiga chuqur hurmat bilan yondoshish, milliy g’urur va Vatanga sadoqat ruhida,darsdan tashqari vaqtdan unumli foydalanish maqsadida to’garak faoliyatini yurgizadi.
Yo’nalishi bo’yicha to’garak a’zolari bilan (jamoa) individual va guruhiy mashg’ulotlar olib boradi.
To’garak azolarida kasbiy mahoratni mustahkamlash va bilim darajasini yuksaltirishga harakat qiladi.
Uslubiy ishlarda faol ishtirok etadi. O’quvchilarni to’garakka jalb qilish maqsadida saralash va jamlash ishlarini olib boradi.To’garak a’zolari (jamoa)turli musobaqa, ko’rgazma,kontsert va boshqa ommaviy tadbirlardagi ishtirokini taminlaydi.
To’garak a’zolarining (jamoa) o’quv intizomiga rioya etishini nazorat qiladi va davomatni olib boradi.
Ota-onalar Axborot-resurs markazlari xodimlari, guruh tarbiyachilari va o’qituvchilar bilan hamkorlik qiladi.
To’garak ishi faoliyatini takomillashtirish bo’yicha taklif beradi,to’garak ishini aks ettiruvchi burchakni rasmiylashtiradi va uni reklama qiladi.
To’garak ishi bilan bog’liq bo’lgan hisobotni tuzadi va hujjatlarni yuritadi.
To’garak rahbari bilishi lozim bo’lgan talablar:
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’grisida”,”Kadrlar tayorlash milliy dasturi tog’risida”gi qonunlari, ta’lim to’g’risidagi boshqa qonun hujjatlari, darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi,O’rta maxsus kasb-hunar markazining normativ –huquqiy hujjatlarni ushbu yo’nalish bo’yicha to’garak ishlaridasturini, pedagogika asoslarini, pedagogik psixologiya hamda o’smirlar pisixologiyasini bilishi shart.
O’quvchilar shaxsini rivojlantirishning huquqiy hujjatlarini, ularning qiziqishlari va ehtiyojlarini o’rganishi shart.
Zamonaviy tarbiya va o’qitishning ilg’or usullari hamda uslublarini, turli madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish va o’tkazishni madaniy va san’at,fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan xabardor bo’lishi shart.
Seksiya va klublarni rivojlantirish dasturlarini hamda amalda qo’llashni bilishi shart.
O’qitishda texnik vositalardan foydalanishni bilishi shart.
Ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etishga qo’yilgan sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilishi,texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini bilishi shart.
Yoshlarga oid qonun hujjatlarini bilishi shart.
Yosh dasturchi TO’GARAGINING 2021 - 2022 O’QUV YILI UCHUN YILLIK REJASI
Do'stlaringiz bilan baham: |