Microsoft Word matn tahrir dasturi.
Word oddiy rejimda ishlash bilan birga, ikkinchi tomondan chegaralanmaganlik imkoniyatlariga ega. U boy shriftlarni, shu jumladan, milliy shriftlarni osongina ishlatish imkoniyatini beradi. Hozircha ingliz va rus hamda xorijiy tillarida yozilgan jumlalarning orfografik va semantik xatolarini avtomatik ravishda tuzata olishi, matnlarni istalgan ko`rinishda va o`lchamda chiqarishi, matnlar bilan ishlashni tez amalga oshirishi, texnikaviy matnlardagi formulalar bilan ishlashning osonligi va yana juda ko`p boshqa jihatlari bilan boshqa matn tahrirlovchilaridan farq qiladi. Uning yana muhim bir xususiyati, agarda turli jadvallar, diagrammalar va grafiklar matnda ishlatilishi talab qilinsa, boshqa amaliy programmalardan foydalanish (OLE texnologiyasi) imkoniyatini beradi
Uyga vazifa: O’tilgan mavzu yuzasidan qo’shimcha ma’lumotlar to’plash
To’garak rahbari: ____________ Sadullayev Husniddin
Imzo F.I.Sh.
TO’GARAK MASHG’ULOTLARI REJASI № 4 ____________
sanasi
Mashg’ulot mavzusi: Microsoft Word dasturida oddiy amallarni bajarish
Maqsadi: Microsoft Word dasturida oddiy amallarni bajarishni o’quvchilarga o’rgatish
Metodi: Og’zaki so’rov
Ko’rgazmali qurollar: Videoproektor, kompyuter
Foydalanilgan adabiyotlar: Informatika fanidan kitoblar
Mashg’ulotning borishi:
Gorizontal koordinatalar chizg`ichining funksiya va piktogrammalari Varaqning yozuv boshlanadigan chap chegarasidan boshlab tabulyatorlar odatda har 0,5 dyymga joylashtirilgan bo`ladi. [Tab] klavishasi bosilsa, hujjat matniga chop etilmaydigan tabulyatsiya belgisi qo`yiladi va ko`rsatkich navbatdagi tabulyatsiya xonasiga ko`chib o`tadi. Tabulyatorlar holatini o`zgartirish, shu chizg`ich bosh qismida joylashgan klavisha orqali amalga oshirilishi mumkin.
Abzatsni formatlash uchun klavishalar kombinatsiyasi
klavishalar vazifasi kombinatsiyasi
Ctrl + L ajratilgan matn fragmentini yoki ko`rsatkich turgan abzatsni chapga tekislash
Ctrl + E ajratilgan matn fragmentini yoki ko`rsatkich turgan abzatsni markazga tekislash
Ctrl + R ajratilgan matn fragmentini yoki ko`rsatkich turgan abzatsni o`ngga tekislash
Ctrl + J ajratilgan matn fragmentini yoki ko`rsatkich turgan abzatsni ikki tarafga tekislash
Ctrl + M chap maydondagi chetlanishni ko`paytirish
Ctrl + Shift + M chap maydondagi chetlanishni kamaytirish
Ctrl + T abzatsga manfiy chegara qo`yish
Ctrl + Shift + T abzatsdagi manfiy chegarani kamaytirish
Ctrl + 1 satrlar orasiga 1 interval qo`yish
Ctrl + 5 satrlar orasiga 1, 5 interval qo`yish
Ctrl + 2 satrlar orasiga 2 interval qo`yish
Ctrl + 0 abzats oldidagi intervalni 12 punktga ko`paytirish
Ctrl + Q ishlatilayotgan usulda berilmagan abzats parametrlarini o`chirish
Ctrl + Shift + N doimiy parametrlarni qayta tiklash
Do'stlaringiz bilan baham: |