“Birinchi Renessans hodisasining yirik namoyandasi Imom al-Buxoriyning hayoti va faoliyati.”



Download 134,55 Kb.
bet8/11
Sana08.04.2022
Hajmi134,55 Kb.
#536357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12 ҲАФТА АХБОРОТ СОАТИ МАТЕРИАЛИ копия

IJODI VA ASARLARI

Hayotini hadislar tо‘plash, saralash va ularni bir tizimga solishga bag‘ishlagan Imom Buxoriy umri davomida jami 600 mingga yaqin hadis tо‘plagan bо‘lib, shundan 100 ming sahih va 200 ming g‘ayrisahih hadisni yoddan bilgan.


Imom Buxoriy yigirmatadan ortiq kitob yozgan bо‘lib, ulardan ayrimlari bizning davrimizgacha yetib kelgan. Buxoriy asarlarining rо‘yxati quyidagicha: «al-Jomi’ as-sahih» («Sahih tо‘plam»), «al-Adab al-mufrad» («Odob durdonalari»), «at-Ta’rix al-kabir» («Katta tarix»), «at-Ta’rix al-avsat» («О‘rtacha tarix»), «at-Ta’rix al-sag‘ir» («Kichik tarix»), «al-Qiroatu xalf al-imom» («Imom orqasida turib qiroat qilish»), «Raf’ ul-yadayn fi-s-salot» («Namozda ikki qо‘lni kо‘tarish»), «Birr ul-volidayn» («Ota-onaga yaxshilik qilish»), «Xalq af’ol il-ibod» («Bandalar ishlarining yaratilishi»), «Kitob az-zu’afo» («Zaif hadislar tо‘g‘risida kitob»), «al-Jomi’ al-kabir» («Katta tо‘plam»), «al-Musnad al-kabir» («Katta tayanch»), «at-Tafsir al-kabir» («Katta tafsir»), «Tafsir al-Qur’on» («Qur’on tafsiri»), «Kitob al-ashriba» («Ichimliklar tо‘g‘risida kitob»), «Kitob al-vahdon» («Yolg‘iz narsalar tо‘g‘risida kitob»), «Kitob al-hiba» («Xayr-ehson tо‘g‘risida kitob»), «al-Mabsut» («Keng sharh»), «Kitob al-ilal» («Illatlar tо‘g‘risida kitob»), «Kitob al-kuno» («Kunyalar tо‘g‘risida kitob»), «Kitob al-favoid» («Foydali sо‘zlar tо‘g‘risida kitob»), «Salosiyotu Buxoriy» («Buxoriyning uchlik hadislari»), «Asomiy as-sahoba» («Sahobalarning ismlari»), «Qazoyo as-sahoba va-t-tobi’iyn va aqoviluhum» («Sahobalar va tobiinlarning chiqargan hukmlari va aytgan gaplari»). Muhammad ibn Ismoil yaratgan asarlarning aksariyati hadis ilmi va uning turli tarmoqlariga, boshqa qismi esa tafsir, fiqh va tarixga bag‘ishlangan. Bulardan tashqari, Buxoriy shoirlik mahoratiga ham ega bо‘lib, arabcha she’rlar yozgan.


SHOGIRDLARI

Imom Buxoriy juda kо‘plab shogirdlar tarbiyalagan. Firabriyning ma’lum qilishicha, bevostita Buxoriy huzurida hadis ilmini о‘rganib, undan hadis tinglagan kishilarning soni tо‘qson mingga yetadi. Uning shogirdlari orasida islom olamida dovruq taratgan kо‘plab mashhur allomalar ham uchraydi. Jumladan, «Sihohi sitta» deb nomlanuvchi oltita mо‘tabar hadis tо‘plamidan uchtasining mualliflari – Imom Muslim (821–875), Imom Abu Iso Termiziy (825–892) va Imom Nasoiy (830–915), shuningdek, о‘sha davrda yetishib chiqqan mashhur olimlardan Imom Dorimiy (797–869), Abu Zur’a Roziy (816–878), Abu Hotam Roziy (811–890), Ibrohim ibn Ishoq Harbiy (814–898), Abu Bakr ibn Abu Osim (821–900), Muhammad ibn Abdulloh Hazramiy Mutiyn (vaf. 890), Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far ibn Ayan (vaf. 905) va boshqalar Imom Buxoriyning bevosita shogirdlari jumlasiga kiradilar. Shuningdek, Imom Buxoriydan saboq olib, undan hadis naql qilgan kishilar orasida uning ustozlari ham bо‘lib, Imom Abdulloh ibn Muhammad Musnadiy (vaf. 845), Abdulloh ibn Munir (VIII–IX a.), Abu Ishoq Ahmad ibn Ishoq Surmoriy (vaf. 856) va boshqalar shular jumlasiga kiradilar. Bundan tashqari Buxoriydan keyin yashab о‘tgan kо‘plab muhaddislar, jumladan ahli sunnat va-l-jamoat mazhabidagi mashhur muhaddislarning aksariyati undan hadis rivoyat qilganlar.


Imom Buxoriy о‘zining keng kо‘lamli diniy-ilmiy faoliyati va fundamental asarlari bilan islomiy ilmlar (tafsir, hadis, fiqh) rivojiga, xususan, islom dinida Qur’ondan keyingi ikkinchi mо‘tabar manba hisoblanmish sunnatning ilmiy-nazariy asosi – hadis ilmining tо‘la-tо‘kis shakllanib, bir tizimga solinishiga ulkan va beqiyos hissa qо‘shdi. Uning sahih hadislar tо‘plamidan iborat bо‘lgan «al-Jomi’ as-sahih» («Sahih tо‘plam») kitobi e’tibori jihatidan islom dini sunniylik yо‘nalishidagi musulmonlar orasida «Sihohi sitta» («Olti sahih kitob») nomi bilan mashhur bо‘lgan eng mо‘tabar olti hadis tо‘plami (Imom Muslimning «Sahihu Muslim», Abu Dovud Sijistoniyning (817–888) «Sunanu Abu Dovud», Abu Iso Termiziyning «Sunanu Termiziy», Imom Nasoiyning (830–915) «Sunanu Nasoiy» va Imom Mojaning (824–886) «Sunanu Ibn Moja» hadislar tо‘plami bilan birga) orasida birinchisi hisoblanadi.



Download 134,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish