“DOG‘LAR KETMISH MAJRUH KO‘NGILDAN...”
Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan,
Mast vasvasa qo‘zg‘amas tug‘yon.
181
Men dardimga Tehron gulidan
Choyxonada topoldim darmon.
Choyxonachi – barvasta, o‘ktam,
Qoyil qolsin rus, deb, choyimga,
O‘tkir aroq, may o‘rniga ham
Achchiq-achchiq choy tutar menga.
Quy, mezbonim, ammo had bilan,
Bog‘ing aro turfa gullar bor.
Oqshom menga niqob ostidan
Ohu ko‘zin suzdi gulruxsor.
Rossiyada gulday qizlarni
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar bo‘sa bizlarni
Bexanjar-u bemakr-u bezar.
Bu tong yuzli dildor qoshimda
Bir bor xirom etsa noz bilan,
Shohi ro‘mol solgum boshiga,
Yo‘llariga sheroziy gilam.
Mezbon, choy quy menga lolagun,
Shoir senga so‘ylamas yolg‘on.
Ehtiyot bo‘l o‘zingga bugun,
So‘ngra mendan qilmagin gumon.
Eshikka ko‘p qarayberma san,
Gulbog‘ingga, baribir, yo‘l bor...
Oqshom menga niqob ostidan
Ohu ko‘zin suzdi gulruxsor.
She’r yetti banddan tashkil topgan. Bu xuddi aksar g‘azallar
yetti baytli bo‘lishini eslatadi. Chunki bu ham Sergey Yesenin-
ning “Fors taronalari” turkumidan.
Mavzu ham o‘sha-o‘sha – rus yigitining Eron go‘zaliga sev-
gisi kuylanadi. Buni ochiq bildirish uchun
“Tehron”, “shero-
ziy gilam”, “Rossiya”, “rus”
so‘zlari maxsus qo‘llanadi. Bun-
dan tashqari, she’r mazmunida Eron bilan Rossiyada ayollarga
182
munosabat masalasidagi farqlar aytib o‘tiladi ham. Satrlardagi
“choyxona”, “choy”, “tong yuzli dildor”, “shohi ro‘mol”, “ohu
ko‘z”, “lolagun”
so‘z-timsollari ham Sharqni eslatib turadi.
Birinchi bandda oshiq ko‘ngildan dog‘lar ketgani, mast vas-
vasa bezovta qilmayotganiga sabab ko‘rsatiladi: u choyxona-
da Tehron gulidan darmon topgan. Bu yerda gul sevikli yorni
ifodalab kelgan.
Ikkinchi bandda choyxona atro
icha tasvirlanadi. Choyxo-
nachi rus choyimga qoyil qolsin deb unga o‘tkir aroq, may
o‘rniga ham achchiq-achchiq choy tutadi.
Uchinchi bandda
“gullar”
timsoli yana tilga olinadi-da, endi
bu ning zamirida nima ko‘zda tutilayotgani oshkor etiladi – oqshom
niqob ostidan bir gulruxsor ohu ko‘zini suzgan!
Shu niqob ajnabiy lirik qahramonni qiyosga chorlaydi. Rossi-
ya bunday emas, erlar gulday qizlarni tutqunlikda saqlamaydi,
ya’ni niqobga o‘ramaydi, bizlarni bo‘sa xanjarsiz, makrsiz, zar-
zevarsiz mast etadi...
Lekin lirik qahramon ishqining zo‘ridan o‘z yurtidagi qoi-
dalardan voz kechib, bu yerning talablariga ko‘nmoqchi.
Mayli,
deydi u,
agar bu tong yuzli dildor noz bilan qoshimda bir
bor xirom etsa, boshiga shohi ro‘mol solib, yo‘llariga Sheroz
gilamlaridan to‘shar edim...
Choyxonachi esdan chiqqan emas. Keyingi band bevosita
unga
“mezbon”
deb murojaat qilishdan boshlanadi.
Lolagun
choy quy, shoir senga yolg‘on gapirmaydi, faqat o‘zingga ehti-
yot bo‘l-da, keyin mendan gumon qilib yurma,
deydi.
Xo‘sh, bu bilan nima demoqchi? Aytmoqchiki, eshikka ko‘p
qarayverma, baribir, gulbog‘ingga yo‘l bor, chunki gulruxsor ko‘z
suzgan.
She’r uchinchi band oxiridagi ikki misra takrori bilan tu-
gaydi:
Oqshom menga niqob ostidan
Ohu ko‘zin suzdi gulruxsor.
Bu she’r lirikaning eng yuksak talablariga javob beradi. Ho-
lat, manzara, makon va zamon bor. Ularning bari lirik qah-
ramon his-tuyg‘usi, tasavvuroti, kay
yati, ruhidagi o‘zgarishlar,
uning istagi va niyatiga yetish ilinji orqali ifodalanadi.
183
Satrlar mag‘ziga ijtimoiylik ham singdirilgan. Bu Sharq va
G‘arb qiyosi, xotin-qizlarga munosabatning, ayollar erkining tur-
lichaligini solishtirish orqali aks etgan. Shular zamirida umum-
insoniylik ham bor. Shoirning g‘oyasiga ko‘ra, sevgi-muhabbat
uchun bu tafovutlar to‘siq bo‘lolmaydi. Axir, bu – dil mulki,
ko‘ngilning ishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |