Birinchi qism


“XUROSONDA  BIR  DARBOZA  BOR...”



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

“XUROSONDA  BIR  DARBOZA  BOR...”
Xurosonda  bir  darboza  bor,
Ostonasi  gulga  ko‘milgan,
Unda  yashar  bir  pari  ruxsor.
Xurosonda  bir  darboza  bor,
Hayhot,  uni  ocholmadim  man.
Qo‘llarimda  kuch  ham  –  yetarli,
Sochlarimdan  oltin  rang  olgan.
Asir  etdi  meni  ul  pari.
Qo‘lda  garchi  kuchim  –  yetarli,
Ul  eshikni  ocholmadim  man.
Mardligim  ne  ishq  maydonida,
Ayting,  kimga  qilay  sharhi  g‘am?!
Sevmas    bo‘lsa    Shahi    jonidan,
Ul  eshikni  ocholmas  bo‘lsam,
Mardligim  ne  ishq  maydonida?!
Yana  tushdi  Rus  sari  yo‘lim,
Eron,  sendan  ketgummi  hali?
Nahot,  seni  boz  ko‘rmas  bo‘ldim?
Ona  yurtga  mehrim  tufayli
Yana  tushdi  Rus  sari  yo‘lim.
Xayr  endi,  xayr,  parizod!
Darbozangni  ocholmasam-da,
Shirin  g‘aming  birla  umrbod
Kuylab  o‘tay  seni  o‘lkamda.
Xayr  endi,  xayr,  parizod!


179
Bu she’r Sergey Yeseninning “Fors taronalari” turkumiga kiradi. 
Ma’lumki,  bu  turkumni  shoir  forsiy  she’riyat  ta’sirida,  buyuk 
qalam  egalari  yurtini  ko‘rishni  istab,  unga  intilib,  shu  kay

 yat 
va  sog‘inch  bilan  bitgan.  Ammo,  aslida,  rus  shoiriga  Eronga 
(Xurosonning  bir  qismi  ham  hozirgi  Eron  tarkibiga  kiradi)  bo-
rish  nasib  etmagan.  Shunga  qaramay,  turkum  she’rlarida  shoir 
o‘zini  Eronda  yurganday  tasavvur  qilib  ish  tutgan.
Bu  “Xurosonda  bir  darboza  bor...”  she’rida  ham  yaqqol 
ko‘zga  tashlanadi.
She’r  har  biri  besh  misradan  tashkil  topgan  besh  banddan 
iborat.    Satrlar  –  muallif  uslubiga  xos  ravishda  qisqa-qisqa.     
Birinchi  bandda  lirik  qahramon  Xurosondagi  bu  darbozaning 
ostonasi  gulga  ko‘milgani,  ichkarida  bir  pari  ruxsor  yashashi, 
ammo  uni  ocholmay,  armonda  ekanini  aytadi.
Aslida,  uning  darvozani  ochishga  kuchi  yetadi,  hatto,  lirik 
qahramonning 
“sochlaridan  oltin  rang  olgan”
,  ya’ni  uning 
sochlari  sap-sariq,  ul  pari  buni  asir  etgan...
Birinchi  bandda:
Xurosonda  bir  darboza  bor,  –
misrasi  ikki  bor  (birinchi  va  to‘rtinchi  satr  sifatida)  takror-
langan,  ikkinchi  bandda:
Qo‘llarimda  kuch  ham  –  yetarli,  –
misrasi  (birinchi  satr):
Qo‘lda  garchi  kuchim  –  yetarli,  –
tarzida  (to‘rtinchi  satr)  qayta  qo‘llangan  edi.
Uchinchi  bandda  ham  bu  takror  usuli  bandning  boshi  (birinchi 
satr)  va  oxirida  (beshinchi  satr)  davom  etadi  (
“Mardligim  ne 
ishq  maydonida”
).  Bu  bandda  lirik  qahramon  yorining  ismini 
ham  (
“Shahi”
)  qistirib  o‘tadi.
Xuddi  shunday  birinchi  va  beshinchi  misralarni  aynan  bir 
xil  qilib  tuzish  qoidasiga  to‘rtinchi  bandda  ham  amal  qilinadi 
(
“Yana  tushdi  Rus  sari  yo‘lim”
).  Endi  lirik  qahramon  shunday 


180
go‘zal  qizga  bo‘lgan  sevgisiga  kutilmaganda  yurt  muhabbatini 
qarama-qarshi  qo‘yadi  –  ona  yurtga  mehrim  tufayli,  nahot,  seni 
qayta  ko‘rolmasam!
Oxirgi  bandda  oshiq  yori  bilan  xayolan  xayrlashadi, 
darbo-
zangni  ocholmasam-da,  umrbod  vatanimda  seni  kuylab  o‘taman,
 
deydi.  Birinchi  va  oxirgi  misralarning  aynanligi  bu  bandda  ham 
mavjud  (
“Xayr  endi,  xayr,  parizod”
).
Ikkinchi  banddagi:
Sochlarimdan  oltin  rang  olgan,–
satri  bekorga  qo‘llanmagani,  shoir  zimdan  o‘zining  qaysi  yurt, 
qaysi  millat  vakili  ekanini  kitobxonga  oldindan  eslatib  o‘tishni 
yodidan  chiqarmaganini  sezish  qiyin  emas.   
Ana  shu  takrorlar  asarning  o‘ziga  xos  ohangi,  jarangi  va 
ta’sirchanligini  ta’minlagan.  Aytish  mumkinki,  bu  usulning 
o‘zi  ham  Sharq  mumtoz  she’riyatiga  taqlidning  bir  ko‘rinishi 
hisoblanadi. 
“Ostona”,  “pari  ruxsor”,  “pari”,  “parizod”
 
so‘zlarining  ishlatilishi  ham  –  sharqona  ruh  mevasi. 
Yana  bir  ta’sir  shuki,  she’rda  qo

 yaga  tushmaydigan  bi-
ror  misra  yo‘q.  Biroq  ular  g‘azaldagi  kabi  qat’iy  tartibga 
bo‘ysunmaydi.  Shu  tariqa  kuchli  musiqiylik  ta’minlangan.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish