Birinchi qism



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

Savol va topshiriqlar
1. Nima uchun muallif qit’aga nasriy sarlavha qo‘yishni ma’qul topgan?
2. Qit’ada qanday ilg‘or g‘oya ilgari surilgan?
3. Dunyoga kelib, o‘zini rivojlantirmagan kishi nimaga qiyoslanadi?
4. Qit’aning bugun uchun ahamiyatini tushuntirib bering.
5. Qit’a matnini yod oling.
FALOKATDIN  AYOG‘IG‘A  KAFSH  BO‘LMAG‘ANGA  CHUN 
KAFSH  UCHUN  AYOG‘I  BOR,  SHUKR  VOJIBDUR
Ulki,  i

 osdin  ayog‘inda
Kafsh  yo‘li  azmi  chog‘i  yo‘qtur  oning,
Shukr  qildik
1
  boqib  birav    sori,  – 
Ki  yururg‘a  ayog‘i  yo‘qtur  oning.
«Badoye’  ul-vasat»ning 41-qit’asi.
Milliy-ma’naviy  qadriyatlarimiz  orasida  shukrning  o‘rni  – 
bo‘lak.  Mohiyatan  biz  shukronasi  kuchli  xalqmiz.  Ota-bobo-
larimiz  noshukrlikni  illat  sanashgan.  Mantiqan  olib  qaraganda 
ham,  biror  bir  muammoni  noshukrlig-u  norozilik  bilan  yechib 
bo‘lmaydi.  Shukr  qilgan  kishida  kelajakka  umid  so‘nmagan, 
oldinga  harakat  to‘xtamagan  bo‘ladi.
Shukr  qilish  uchun  qanday  sharoit  hozir  bo‘lishi  kerak?
Kim  shukr  qilishga  loyiq?
Xalqimizning  tarixiy  aqidasiga  ko‘ra,  bandasi  har  bir  o‘tgan 
lahzasiga  shukr  qilishi  lozim.
Ammo  adabiyotda  shukr  targ‘ibi  borasida  Alisher  Navoiy-
ning  hozir  o‘qiganingiz  qit’asidagi  kabi    hayotiy-tamsiliy  na-
muna  kam  topiladi.
1
Q i l d i k – qilsin.


135
Sarlavhadayoq,
  oyoqqa  kiyishga  kavushi  yo‘q  kishi  kavush 
kiyish  uchun  oyog‘i  borligiga  shukr  qilsin,  unga  shu  vojib 
(lo-
zim),  degan  g‘oya  ilgari  surilgan.
B i r i n c h i   b a y t da  yo‘lga  chiqqan  bir  kimsaning  i

 os-
lardan  himoya  qilish  uchun  oyog‘iga  kiyay  desa,  kavushi 
yo‘qligi  haqida  ma’lumot  keltiriladi,  xolos.  Ammo  i k k i n c h i 
b a y t da  bor  gap  lo‘nda  va  ta’sirchan  qilib  aytib  qo‘ya  qoli-
nadi: 
u  odam  shukr  qilsin,  chunki  yurishga  oyog‘i  bor,  ana, 
boshqa  birovga  boqsin,  yuray  desa,  oyog‘i  yo‘q  uning
.
Bu  qit’a  zamirida, 
har  qanday  kishi  o‘z  ahvolidan  shikoyat 
qilishdan  oldin  orqa-oldiga,  yon-atro

 ga  qarasin,  qiyoslasin, 
keyin  xulosa  chiqarsin
,  degan  oqilona  o‘git  –  yashirin. 
Mingni 
ko‘rib 

 kr  qil,  birni  ko‘rib  shukr  qil
,  degan  xalq  maqoli  ham 
aynan  shu  g‘oyani  ilgari  suradi.
Ammo  Navoiy  yaratgan  qit’adagi  qiyos  –  juda  ta’sirchan. 
Uni  o‘qigan  zahoti  kishi  ko‘z  o‘ngida  bir  martalik  umrni  oyoq-
siz  o‘tkazayotgan,  yo  qo‘ltiqtayoqqa  suyanib  yurayotgan,  yo  ara-
vachada  birov  surgalab  ketayotgan  nogiron  kishilar  gavdalanadi. 
Kiyishga  poyabzali  bo‘lmasa  ham,  to‘rt  muchasi  but  odam  – 
oyog‘i  borligiga  shukr  qilishi  shart,  albatta. 
Bosh  omon  bo‘lsa, 
do‘ppi  topiladi,
  degan  maqolda  yaxshi  aytilgani  kabi,  oyoq 
omon  bo‘lsa,  kavush  topiladi.
Navoiy  zamonidagi  bunday  shukronalik  da’vati  bugun  uchun 
ham  birday  ahamiyatga  ega.  Xalqning  shukrigina  mustaqil-
ligimizni  mustahkamlash,  yurtimiz  tinchligini  ta’minlash,  Vatan-
ni  ravnaq  toptirishga  chinakam  omil  bo‘la  oladi.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish