Birinchi qism



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

«QILG‘IL» RADIFLI G‘AZAL
Qaro  ko‘zum,  kel-u,  mardumliq  emdi  fan  qilg‘il, 
Ko‘zum  qarosida  mardum  kebi  vatan  qilg‘il.
Yuzung  guliga  ko‘ngul  ravzasin  yasa  gulshan, 
Qading  niholig‘a  jon  gulshanin  chaman  qilg‘il.
Takovaringg‘a  bag‘ir  qonidin  hino  bog‘la, 
Itingg‘a  g‘amzada  jon  rishtasin  rasan  qilg‘il.
Firoq  tog‘ida  topilsa,  tufroqim,  ey  charx, 
Xamir  etib  yana  ul  tog‘da  ko‘hkan  qilg‘il.
Yuzung  visolig‘a  yetsun  desang  ko‘ngullarni, 
Sochingni  boshtin-ayoq  chin  ila  shikan  qilg‘il.
Xazon  sipohig‘a,  ey  bog‘bon,  emas  mone’, 
Bu  bog‘  tomida  gar  ignadin  tikan  qilg‘il.
Yuzida  terni  ko‘rub,  o‘lsam,  ey  ra

 q,  meni 
Gulob  ila  yuv-u,  gul  bargidin  kafan  qilg‘il.
Navoiy,  anjumane  shavqi  jon  aro  tuzsang, 
Aning  boshoqliq  o‘qin  sham’i  anjuman  qilg‘il.
«G‘aroyib us-sig‘ar»ning 371-g‘azali.
Sakkiz  baytli  bu  g‘azal  asrlar  osha  el  orasida  mashhur  bo‘lib 
kelyapti.  Radi

   –  sof  turkiy  (o‘zbekcha)  so‘z.  Qo

 yasiga  shoir 
arabiy  (
«fan»,  «vatan»,  «rasan»,  «kafan»
),  forsiy  (
«ko‘hkan», 
«shikan»,  «anjuman»
)  kalimalarga  ohangdosh  o‘zbekcha  so‘z 
(
«tikan»
)  ham  topadi.


103
Ushbu  g‘azal  sakkiz  baytdan  iborat.  U  mujtassi  musammani 
maxbun  va  maxbuni  maqtu’,  ya’ni 
mafoilun–failotun–mafoilun–
fa’lun
  vaznida  bitilgan.  Taqte’si  quyidagicha  bo‘ladi:  V  –  V–  / 
V  V  –  –  /  V  –  V  –  /  –  –.
G‘azal  oshiq  qalbning  y
е
tuklik  va  kamolot  timsoli  bo‘lmish 
komil  insonga  jo‘shqin  muhabbati  ifodalangan  mashhur  she’r-
lardan  biri  hisoblanadi
1
.  XX  asr  boshlarida  uni  mashhur  xonan-
da  To‘ychi  ho

 z  Toshmuhamm
е
dov  «Shashmaqom»  tarkibiga 
kiradigan  «Ushshoq»  («Oshiqlar»)  kuyi  asosida  qo‘shiq  qilib 
aytadi.  «Shashmaqom»  tarkibidagi  bu  kuyning  aynan  shunday 
nomlanishi  ham  b
е
jiz  emas.  Olimlar, 
bu  kuyda  oshiq  qalbning 
yor  vasliga  y
е
tish  yo‘lidagi  izti rob-u  nola-yu 

 g‘onlari  aks  et-
gan,
  d
е
b  hisoblashadi.  Bir  asr  mobaynida  bu  g‘azalni  ko‘pdan-
ko‘p  xonandalarimiz  ijro  etdi.
Matla’ni  sharhlashning  o‘zidayoq  bu  g‘azalda  qanchalar 
ma’no-mazmun  yashirin  ekani  ayonlashadi.  Lirik  qahramon 
oshiq  tarzida  so‘z  boshlab,  yoriga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
«qaro 
ko‘zum»
  deb  murojaat  qiladi,  undan  kelib  odamgarchilik  (
«mar-
dumlig‘»
)  qilishni,  yana  ham  aniqrog‘i,  oshiq  ko‘zi  qorasida 
gavhar  (
«mardum  kebi»
)  vatan  tu tishni  so‘raydi. 
«Mardum  kebi»
 
ifodasida  zimdan 
«odamdek»
  degan  ma’no  ham  yashirin.  Bilam-
izki,  ko‘z  qorachig‘i  ichida  yana  qop-qora  gavhar  (
«gavharak»
 
ham  deyishadi)  bor.  U  eski  tilimizda 
«mardumak»
  deb  ham 
ishlatilgan.  Hozir  ham  bu  shakl  ayrim  shevalarimizda  saqlanib 
qolgan.  Demak,  shoir  birinchi  va  ikkinchi  misralarda  shakldosh 
(omonim)  so‘zlar  ishlatib,  tajnisga  erishgan.
Tasavvu

 y  adabiyotda  uchraydigan  timsol-istilohlar  lug‘atlarida 
ko‘z  komil  inson  timsoli  sifatida  tushuntiriladi.  Xuddi  komillikka 
erishgan  inson  o‘zidan  k
е
chib,  boshqacha  aytganda,  o‘zidagi 
barcha  illatlarni  bartaraf  etib,  faqat  Yaratganni  ko‘rgani,  uni 
1
  Bu  g‘azal  ko‘plab  navoiyshunoslar  tara

 dan  atro

 icha  sharhlangan.  Ular 
orasida  atoqli  sharqshunos, 

 lologiya  fanlari  doktori,  prof
е
ssor  Najmiddin  Ko-
milov  yozgan  sharh  ilmiyligi,  asarning  dunyoviy  va  tasavvu

 y  ma’no-mazmuni 
k
е
ng  talqin  etilgani  va  t
е
ran  xulosalarga  boyligi  bilan  ajralib  turadi. Tahlilda  biz 
ana shu sharhdan ijodiy foydalandik. 
Qarang:
 K  o  m i l o v N.  Ma’nolar olami-
ga safar (Alish
е
r Navoiy g‘azallariga sharhlar). T.: «Tamaddun» nashriyoti. 2012. 
174–188-b
е
tlar.


104
o‘ylagani  kabi,    ko‘z  ham  o‘zini  ko‘rmaydi,  o‘zgalarni  ko‘radi. 
O‘zi,  umuman,  yuzga  ilohiy  go‘zallik  (zuhurot)  ramzi  d
е

qaraladi.  Ko‘z  esa  –  ana  shu  go‘zallik  jamlangan  asosiy  man-
ba.  Chunki  yuzning  bor  jozibasi  –  ko‘zda  mujassam.  Ko‘zni 
s
е
vish  orqali  ilohiy  jamolni  yaxshi  ko‘rish  ifodalanadi.
G‘azaldagi  lirik  qahramon  ana  shu  ko‘zda  nazarda  tutil-
gan  komil  insonni  o‘z  ko‘zining  gavhariga  aylantirmoqchi. 
Shu  tariqa  matla’dan  quyidagicha  ma’no-mazmun  anglashiladi: 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish