may, sharob, boda, chog‘ir
so‘zlari uchrasa, o‘quvchi may,
sharob, boda, chog‘irni emas, boshqa narsani ko‘z oldiga kelti-
rishi kerakmi?
Bu masalada shoshilmaslik zarur. Xususan, Alisher Navoiy
ijodi ana shunday ehtiyotkorlikni taqozo etadi. Agar bu so‘zlar
shoirning she’riy ijodida uchrasa – ular badiiy timsol. Bordi-
yu, bu so‘zlarni muallif ilmiy yoki, umuman, nasriy asarlarida
115
ishlatsa, vaziyat o‘zgaradi: endi uni badiiy timsol deb emas,
aynan o‘sha spirtli ichimlikning o‘zi deb hisoblashimiz – shart.
Bobokalonimiz ijodida unisi ham, bunisi ham uchraydi.
Avval o‘sha o‘z ma’nosida qo‘llangan asarlariga to‘xtab
o‘taylik.
«Holoti Sayyid Hasan Ardasher» asarida tasvirlanishi-
cha, Sayyid Hasan Ardasher xos ma’naviy suhbatlar chog‘ida
bodaxo‘rlik qilishni xush ko‘rganlar. Lekin har gal ichkilikboz-
likdan keyin Yaratganga iltijo qilib, mayxo‘rlikdan tavba beri-
shini so‘raganlar... Bu yerda o‘z ma’nosidagi mastlik ko‘zda
tutilgan.
Navoiy zamondoshlariga yo‘llagan xatlarini yig‘ib, «Munshaot»
nomi bilan to‘plam qilgan. Shu asardagi hukmdorlardan biriga
jo‘natilgan maktubda ikki narsa maslahat tariqasida qattiq shart
qilib qo‘yiladi: birinchisi – Haq taolo amriga to‘la itoatda bo‘lib,
buyurgan ishlarini so‘zsiz bajarish; ikkinchisi – Tangri man etgan
ishlar(nahy)ni qilmaslik. Odamlar ustidan hukm yuritish baxtiga
muyassar bo‘lgan kishi uchun Alloh amriga itoat etishda adolatga
teng keladigani yo‘q. Man etilgan ishlardan tiyilishning hech biri
esa «
chog‘ir tarkicha bo‘lmas
».
Navoiy bu gaplarning o‘zi bilan ham cheklanib qolmaydi.
Adolatning qadrini ham, may ichmaslikning foydasini ham Mu-
hammad payg‘ambar(s. a. v.)ning so‘zlari bilan mustahkamlab
tushuntiradi: «
...Hazrat risolat
(ya’ni Muhammad)
sallallohu
alayhi vasallam buyurubturkim, «Adlun saatun xayrun min ibo-
dat is-saqalayn»
(«Bir soatlik adolat ikki dunyo – insonlar va
jinlar dunyosi ibodatidan yaxshiroq»)
va chog‘irni «umm ul-
xabois»
(«yaramasliklar onasi»)
debdurlar, jam’i yomonlig‘ an-
din mutavallid bo‘lurkim
(ya’ni tug‘iladikim)
, borcha yaxshiliq
va yomonliq bu ikki nima zimnida mundarijdur
(ichiga kiradi)».
Bundan ma’lum bo‘ladiki, ulug‘ mutafakkir hech ikkilanmas-
dan chog‘irxo‘rlikni Xudo man etganini, barcha yomonliklar shu
ichkilikdan kelib chiqishini ta’kidlab turibdi. Shunday so‘zlarni
she’r qilib emas, asar deb emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukmdorga
nasihat tarzida bitgan kishining o‘zi ichkilik tarafdori bo‘lishi,
uni maqtashi mumkinmi?
116
Masalani shu tarzda juda aniq qilib qo‘ygan paytimizda
beixtiyor shoirning ana shu mashhur g‘azali maqta’sida aytilgan
kr yodimizga tushadi.
Ana shunda bu parchadagi «
boda
» aslo o‘z ma’nosida emas-
ligini to‘la tushunib olamiz.
Adabiyotda islom ta’sirisiz ham dunyoviy ma’nodagi mastlik
kay
yatini tarannum etish, mayni ta’ri
ash bor edi. Tasavvuf
adabiyoti shu shaklni saqlab qoldi. Ammo endi mayni Xudoga
ishqning timsoli qilib oldi. Shuning uchun tasavvuf she’riyatida
ham shaklan, ya’ni tashqi tarafdan aynan dunyoviy adabiyot-
dagidek may va mastlik tilga olinaveradi, mohiyatida esa ilohiy
ishq ko‘zda tutiladi.
Boda kelgan uyga qayg‘u kelmasligining dunyoviy asosi
bor: ichgan kishining, sun’iy ravishda bo‘lsa ham, kay
ya-
ti ko‘tariladi, qayg‘usi, vaqtincha bo‘lsa ham, esdan chiqadi.
Tasavvu
y ma’noda esa Yaratganning ishqi bilan kuyib-yonib
yashayotgan kishining g‘am chekishiga o‘rin qolmaydi. Shu-
ning uchun ham lirik qahramon yorining kelmaganiga, ochiqroq
ifodalaganda, bu dunyoda Alloh vasliga yetolmayotganiga ko‘p
ham g‘am chekavermay, Yaratgan zotni sevishini davom ettira-
versin, shunda barcha kulfatlar bartaraf bo‘laveradi...
Shoirning may, sharob, boda, chog‘ir haddi a’losida ta’rif-
langan she’rlari shu qadar ko‘pki...
Bayt – asli oshiqona g‘azalning maqta’si. Lekin boda tilga
olindimi, demak, g‘azalga rindonalik ruhi ham qo‘shildi. May
ta’ri
da kelgan g‘azallar
rindona g‘azallar
deyiladi. Ko‘rinib
turibdiki, bu g‘azalda oshiqonalik bilan rindonalik o‘zaro
uyg‘unlashgan.
Ulug‘ shoir asarlari mohiyatini tushunib olishga qiynalmas-
lik, xususan, so‘zlarning o‘z ma’nosi bilan ko‘chma, ya’ni ba-
diiy ma’nosini fahmlashda adashib ketmaslik uchun shoirning
timsollar olamidan boxabarlik talab etiladi.
Demak, Navoiy asarlari mag‘zini chaqishda ilm juda kerak.
Bu shoirning o‘ta mashhur g‘azallaridan hisoblanadi. Ho-
zirgacha ham qo‘shiq qilib kuylanadi. Ko‘p ho
zlarimiz shu
g‘azal ijrosida o‘z kuchini sinab ko‘radi. Kuyda haqiqiy yor,
ya’ni Alloh vasliga yetolmaslik dard-u g‘ami, iztirobi aks etgan.
117
Bu g‘azal mumtoz qo‘shiqchiligimizda o‘ta mashhur «Muno-
jot» kuyiga solib aytiladi. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston
xalq shoiri Abdulla Oripovning «Munojotni tinglab» she’ri shu
qo‘shiq ta’sirida bitilgan. Bu she’r:
Kuyi shunday bo‘lsa, g‘amning o‘ziga
Qanday chiday oldi ekan odamzod?! –
deya tugallanadi.
«Munojot»
kuyining
og‘ir-bosiqligi,
g‘am-iztirob
ruhiga
moyil ligi bilan g‘azal mazmunidagi oshiqning yor vasliga yetol-
maganidan chekayotgan g‘am-iztiroblari o‘rtasida kuchli hamo-
hanglik bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |