“Birinchi қo’nғiroқ” bayrami



Download 66,5 Kb.
bet6/6
Sana31.12.2021
Hajmi66,5 Kb.
#216135
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-qo'ng'iroq

Maktabni sog’inib.

1-o’quvchi: Sog’inibman maktabim,

Rosayam, buni qarang.

Yurakdan chiqar gapim,

Yurgan ekanman arang.



2-o’quvchi: Qalbimdagi zavqimni

Qandayin bayon qilay?

Etishsang-chi, zo’r ekan

Sog’inganda har qalay......



3-o’quvchi: Sog’intirgan birinchi;

O’qituvchim aslida

Yo’l-yo’rig’in bajardim

Ta’tilda – yoz faslida.



4-o’quvchi: Ikkinchi sog’inganim;

Sinfdosh – tengqurlarim

Ularni ko’rganimda

To’lganday bo’ldi bag’rim.



5-o’quvchi: Birimizga – birimiz,

Gap bermasdan shu asno

Yalab – yulqishar edik

Sog’inib do’stu – oshno.



6-o’quvchi: Sinfimiz eshigichi,

Ochganday bo’ldi quchoq,

Sog’inchu – sevinchimni

Ta’riflash qiyin shu choq.



7-o’quvchi: Qo’ng’iroq jaranglari,

Musiqaday jonga huzur.

Ortiqroq aytgan bo’lsam,

Sog’inchim, uzr-uzr.



8-o’quvchi: O’qishga sho’ng’ib ketdik,

Bo’lib dengizchi, g’avvos.

Fan durlarin terishga

Qo’ydik yanada ixlos!



1-suxandon: Muallimlarni tabriklash uchun so’z navbati 5-sinf o’quvchilariga.

(Quddus Muhammadiyning “Muallim” she’ridan o’qiladi).



1-o’quvchi: Dorga yoysam ro’molimni ohorlab,

Bulbul kuyga solar uni saharlab.

Suv sepaman eshigimga tong bilan,

Muallimim o’tadilar nahorlab.



2-o’quvchi: Muallimim mening shirin qalamim,

Tong mashqidan elga bergan salomim.

Muallimim fayzi bilan orasta,

Kelajagim, elu-yurtim, oromim.



3-o’quvchi: Muallimim – ko’kragimda maqtovim,

Muallimim – mening hayot maktabim.

Muallimim aqli bilan orasta,

Xayolginam, orzuginam, matlabim.



4-o’quvchi: Olqish sizga, mehringizga muallim!

Mehrigiyo zehningizga muallim!

Olqish, quyosh tarovati misoli,

Mehringizga, sehringizga muallim!



5-o’quvchi: Dorga yoysam ro’molimni ohorlab,

Bulbul kuyga solar uni saharlab.

Suv sepaman eshigimga tong bilan,

Muallimim o’tadilar nahorlab.......



2-suxandon: 1-sinflarni tabriklash uchun so’z 11-sinf o’quvchilariga beriladi.

1-suxandon: Birinchi qo’ng’iroqni chalish 11-sinfning a’lochi o’quvchisi bilan 1-sinf o’quvchisiga topshiriladi.

Bayroqdor guruh chiqib ketadi.



11-sinf o’quvchilari 1-sinf o’quvchilariga esdalik sovg’alari berib, maktabga olib kiradilar. Shu vaqtda musiqa yangraydi.

Hamma o’quvchilar o’z ustozlari boshchiligida sinflariga yo’l oladilar.
Download 66,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish