13
-o’z ilmiy ishlarini chop qildirish, shu jumladan, ta’lim muasssasalari
nashrlariga taqdim etish;
- Oliy ta’lim muassasasi ma’muriyati qarorlari ustidan shikoyat qilish;
Talabalarni o’quv vaqti xisobiga o’quv jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan
boshqa ishlarga jalb etish, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
qarorlarida ko’zda tutilgan hollarda boshqa hollarda man etiladi.
Talabalar bilim egallashi, ko’rsatilgan muddatda o’quv rejalari va ta’lim
standartlari ko’zda tutilgan topshiriqlarning hamma turlarini bajarishi,
Nizomga, ta’lim muassasasi ichki tartibi va jamoa xayoti qoidalariga rioya
qilishlari shart.
Davlat grantlari asosida kunduzgi shaklda o’qiydigan talabalar O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy qilgan tartib va miqdorda
stipendiyalar bilan ta’minlanadi. Talabalar tegishli qoidalarga muvofiq
nomdor, hamda ularni o’qishga yo’llagan yuridik va jismoniy shaxslar
belgilagan stipendiyalarni olishga haqli.
To’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning moddiy ta’minoti
o’qitishning to’lov-kontrakt tizimi haqidagi tegishli Nizom asosida amalga
oshiriladi.
Tibbiy sabablar va ayrim istesno xollarda talabaga
akademik ta’til
beriladi.
O’zrli sabablar bo’yicha o’quv dasturi talablarini bajara olmagan
talabalarga yangi o’quv yili boshlangunga qadar akademik qarzlarni o’zish
imkoniyati beriladi.
Ko’rsatilgan muddatlar ichida davlat ta’lim standartlariga binoan
belgilangan kasbiy ta’lim dasturlari xodimini o’zlashtirmaganlar ta’lim
muassasasi talabalar safidan chiqariladi.
Talabalarni o’qishga qaytadan tiklash va talabalar safidan chiqarish
ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat idorasi joriy qilgan tartibga
muvofiq amalga oshiriladi.
Talabalar O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy qilgan
tartibda boshqa ta’lim muassasasiga o’tish xuquqiga ega. Bir ta’lim
muassasasidan boshqasiga o’tishda oliy ta’limning shu pog’onasida birinchi
marta o’qiyotgani kabi barcha xuquqlari saqlanib qoladi. Talabalarni
akkreditatlanmagan ta’lim muassasasidan akkreditatlanganiga o’tqazishga yo’l
qo’yilmaydi.
Turar joyga muxtoj
talabalar yotoqxonada sanitariya me’yorlari va
qoidalariga muvofiq joy bilan ta’minlanadi.
Turar joyga muxtoj talabalar mavjudligida yotoqxonaning turar
joylaridan boshqa maqsadlarda (ijaraga berish va boshqa bitimlar) foydalanishga
yo’l qo’yilmaydi.
Kunduzi o’qiydigan talabalarga o’qishdan bo’sh vaqtlarida mexnat
shartnomasi asosida ta’lim muassasasini o’zida yoki undan tashqari joylarda
ishlashga ruxsat beriladi.
14
Talabalarning boshqa huquqlari qonunlar va (yoki) oliy ta’lim muassasasi
ustavi tomonidan joriy qilinishi mumkin.
Talaba ushbu Nizom yoki ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalari ko’zda
tutgan majburiyatlarni buzganda unga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari
qo’llanilishi mumkin: tanbeh, jiddiy tanbeh ta’lim muassasasi talabalari safidan
chiqarish.
Intizomiy jazo choralari nojo’ya ish qilingani aniqlangach, bir oydan
kechikmasdan va u qilinganiga olti oy o’tmasdan qo’llaniladi. Bunda
talaba kasal va ta’tilda bo’lgan vaqti xisobga olinmaydi. Talabani kasal,
joriy ta’til, xomiladorlik, bola tarbiyasi ta’tillari paytida talabalar safidan
chiqarishga yo’l qo’yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: