Yangi mavzu. Qish fasli qo’shiqlari haqida suhbat.
Ma’lumki, qish faslida dehqon ham, yer ham dam oigan. Ana shu kezlarda mahalla ahli, qo'ni-qo'sh- nilar, qarindosh-urug'lar, tengqur bolalar to4planishib gap-gashtaklar o'tkazishgan. Bunday gap-o'yinlar aslida «qish kunlariga mo'ljallangan bo‘lib, uzun qish kechalarini obod, mazmunli qilish, ko'ngil yozish uchun tashkil etilgan»3.
Gap-gashtaklarda mehmondor- chilik, qiziqarli suhbatlar, turli o'yinlar bilan birga yana she’rlar o'qilgan, qo'shiq, ashula va yallalar aytilgan, baxshilar ijrosida terma va dostonlar tinglangan.
Baxshi — bu «Alpomish», «Go'ro'g'li», «Avazxon» kabi dostonlarning ijodkori va ijrochisi bo'lib, u, odatda, doston- larni ham so‘zlab, ham kuylab beradi. Do'mbira cholg'usi (ba’zan qo'biz, dutor) esa jo'rnavoz soz sifatida qo'llaniladi.
P.Mo’min qalamiga mansub bo’lgan “Sovuq kimni izlaydi?” she’rini o’qish, mazmunini hikoya qilish.
Sovuq kimni izlaydi P. Mo‘min she’ri N. Norxo4jayev musiqasi
Sovuq kimni izlaydi?
Shamoli g‘izg4izlaydi. Bilasizmi, sovuqdan
Kim kulib, kim yiglaydi?
Naqarot:
Bo'Isa lanj-u dangasa,
Tugmasini taqmasa,
Sovuq tezda yiqadi,
Undan g4olib chiqadi.
Kiyinvolib, shaylanib,
Yursa o'ynab, aylanib,
Bo'shashmasa kim agar
Sovuq unga bo'yin egar.
Naqarot
Quvontirib yana-da,
Uchiradi chanada.
Bo'ling, deya, qahramon
O'ynatadi qorbo‘ron.
Yangi mavzuni mustahkamlash
Musiqa savodi. Qari navo kuyini 2\4 takt o’lchoviga drijorlik qilib, notalar asosida kuylang.
Musiqa tinglash. O'qituvchi ijrosida «Shohi so'zana» o'zbek xalq kuyi musiqasini tinglash. O'quvchilarga xalq kuyi to'g'risida tushuncha beriladi va ular tinglangan asarai ifodalab, tahlil qilib beradilar.
Dars yakuni. O'qituvchi dars davomida o'tilganlarni yakunlab, o'quvchilar bajargan faoliyatini baholab beradi.
Uyga vazifa. O'tilgan mavzuni takrorlab kelish.
19-DARS. Qish fasli qo’shiqlari
Sovuq kimni izlaydi P. Mo‘min she’ri N. Norxo4jayev musiqasi
Sana____________________
Darsning maqsadi:
— Ta’limiy: Mavsum qo’shiqlari haqida o'quvchilar bilimlarini mustahkamlash. TK 5 orasta kiyinish, do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘ladi, badiiy va san’at asarlarini tushunadi, ta’sirlana oladi,
— Tarbiyaviy: O'quvchilar ijodiy qobiliyatini rivojlantirish. FK3: musiqani diqqat-e’tibor bilan tinglab, o‘zbek xalq torli cholg‘ulari damli va zarbli cholg‘u kuylarini bir-biridan farqlay oladi.
— Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish. ; FK2: qo‘shiqlar so‘z ma’nolarini tushunib, ifodali kuylay olish layoqatiga ega bo‘ladi.
Darsning metodi: aralash, «Fikrlar hujumi» va «Klaster» metodlariu
Darsning jihozi:
—4-sinf musiqa darsligi;
— fortepiano, cholg'u asboblari;
— tasviriy-illustrativ ko'rgazmalar;
— texnik vositalar.
Darsning borishi
O'quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar.
I Tashkiliy qism. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II Otgan mavzuni mustahkamlash
Uyga berilgan vazifalarni tekshirish.
III Yangi mavzu. Mavzu bo'yicha. Qish fasli qo’shiqlari haqida o'quvchilarning bilimlarini mustahkamlash uchun o'qituvchi «Fikrlar hujumi» metodidan foydalanadi. O'quvchilarga savollar beriladi:
— Qish fasli qo’shiqlari haqida nimalarni bilasiz?
— Marosim qo’shiqlari bilan mavsum qo’shiqlarni farqini ayting?
— O'tgan darsda qaysi kuyni tingladingiz?
— Tinglangan kuy qanday xarakterda ijro etilgan? Va h-zo.
O'quvchilar guruhlarga bo'linib, har bir guruh vakili savollarga javob beradi va eng yaxshi javob bergan guruhlar rag'batlantiruvchi kartochkalar oladilar. Ovoz sozlash mashqi tanish kuylar namunasida ijro etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |