IV Yangi mavzuni mustahkamlash
Musiqa savodi: Savol va topshiriqlar:
1. 0‘zbek xalq cholg'ulari nechta gurahga bo'linadi?
Torli-chertma cholg^larni nomma-nom ayting.
Torli-kamonli cholg'ular nomini ayting.
Torli-urma cholg'uning nomini ayting.
Ijodiy faoliyat. O'rganilgan qo'shiq raqs harakatlari bilan ijro etiladi. O'quvchilar guruhlarga bo'linib: birinchi guruh qo'shiq aytadi, ikkinchi guruh raqs harakatlarini bajaradi, uchinchi guruh esa musiqa usuliga qo'l bilan chertib jo'r bo'ladilar. O'qituvchi qo'shiq musiqasini cholg'u asbobida chalib beradi yoki audio, CD disk yozuvidan foydalanadi. Keyin gunihlar bajaradigan vazifalari bilan almashadilar.
V Dars yakuni. Darsda o'tilganlarni takrorlab, faol qatnashgan O'quvchilar rag'batlantiriladi.
VI Uyga vazifa. Qo'shiq so'zlarini yodlab kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |