256-modda. Mudofaa vazirligi organlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351, 138, 139, 140, 141-moddalarida (transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan) hamda 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
(256-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga haqlidirlar:
ushbu Kodeksning 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlari va tuman (shahar) muqobil xizmat bo‘limlari boshliqlari;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351, 138, 139, 140, 141-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — harbiy avtomobil inspeksiyasining boshlig‘i, katta inspektori.
(256-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar sodir etgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilab qo‘yadigan tartibda harbiy avtomobil inspeksiyasiga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |