228-modda. Muhrlar (plombalar)ni qasddan buzish yoki yulib olish
Ushbu Kodeks 146-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda vakolatli mansabdor shaxs qo‘ygan muhrlar (plombalar)ni qasddan buzish yoki yulib olish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(228-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
229-modda. Bo‘sh ish o‘rinlarini yashirish
Bo‘sh ish o‘rinlarini (vakant lavozimlarni) yashirish, bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) yoki har bir xodim bo‘shatib olinishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi axborotni o‘z vaqtida taqdim etmaslik, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga ajratmalarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(229-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(229-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
230-modda. Fuqarolik holati aktlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Fuqarolik holati aktlarini yozish organlariga atayin yolg‘on ma’lumotlar berish yoki tegishli organlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan fuqarolik holati aktlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmaslik —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(230-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”.
Oldingi tahrirga qarang.
Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etishni ta’minlashga doir choralarni vasiylik va homiylik organlarining yoki tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari, topib olingan (tashlab ketilgan) bola turgan muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘rmaganlik, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari tomonidan tug‘ilishni va o‘limni o‘z vaqtida qayd etishni ta’minlash choralarini ko‘rmaganlik, xuddi shuningdek tug‘ilganlik to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomani yoxud o‘lim haqidagi, shu jumladan perinatal o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnomani noto‘g‘ri va (yoki) noaniq to‘ldirganlik, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(230-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |