233-modda. Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning dastlabki hisobini yuritish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmaslik
Rahbarlar yoki harbiy hisob ishlari uchun mas’ul bo‘lgan boshqa shaxslarning, shuningdek uy egalarining tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga va hokimliklarga uy daftarlarini, chaqiriluvchilar yoki harbiy xizmatga majbur hisoblangan shaxslarning qayd qilish kartochkalarini va harbiy hisob hujjatlarini harbiy hisobga olish yoki hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun o‘z vaqtida taqdim etmasligi —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(233-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(233-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi 436-II-son “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunining 45-moddasi.
234-modda. Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilmaganlik
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari mansabdor shaxslarining nogironlik guruhidan qat’i nazar, nogiron deb topilgan barcha chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mudofaa ishlari organlariga xabar qilmaganligi —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(234-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Fuqarolik holati aktlarini qayd qilish idoralari mansabdor shaxslarining tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning familiyasi, ismi, otasining ismidagi o‘zgarishlarga oid, ularning tug‘ilgan sanasi va joyi to‘g‘risida fuqarolik holati aktlarini yozish daftariga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi, shuningdek chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning vafotini qayd etish hollari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilmaganligi —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(234-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(234-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi 436-II-son “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunining 45-moddasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |