22723-modda. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona qoidalarini buzgan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona nazoratini chetlab o‘tib yoxud bojxona nazoratidan yashirib yoxud hujjatlar yoki bojxona identifikatsiyalash vositalaridan aldov yo‘li bilan foydalanib olib kirilgan yoxud deklaratsiyalanmagan yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalangan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, shuningdek ushbu tovarlar va transport vositalaridan foydalanish yoki ularni tasarruf etish, xuddi shuningdek boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, bunday imtiyozlar berilishiga sabab bo‘lganidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yoxud tasarrufdan chiqarilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz tashish, saqlash va sotib olish, —
(22723-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(22723-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
22724-modda. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan foydalanish hamda ularni tasarruf etish tartibini buzish
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab bo‘lganidan boshqa maqsadlarda foydalanish va ularni tasarruf etish, O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, —
(22724-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(22724-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 43-bobi.
Do'stlaringiz bilan baham: |