22720-modda. Tijorat maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan tovarlar niqobi ostida O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 22725-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali aslida ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni tijorat maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan tovarlar niqobi ostida olib o‘tish, —
(22720-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(22720-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(22720-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
22721-modda. Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab, ya’ni bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarni chetlab yoki bojxona rasmiylashtiruvining belgilangan vaqtidan tashqari paytda olib o‘tish, —
(22721-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(22721-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish, ya’ni xufyadonlardan yoki tovarlarni topishni qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanish yoxud bir tovarni boshqa tovarga o‘xshash qilib qo‘yish, —
(22721-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(22721-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlardan yoki bojxona identifikatsiyalash vositalaridan aldov yo‘li bilan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish, bundan ushbu Kodeksning 22722-moddasida va 22725-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno, —
(22721-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(22721-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |