22715-modda. Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish
Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(22715-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(22715-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
22716-modda. Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqmaslik yoki ularni ushbu hududga qaytarib olib kirmaslik
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini bojxona hududidan tashqariga belgilangan muddatlarda olib chiqmaslik, agar ularni qaytarib olib chiqish shart bo‘lsa, —
(22716-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(22716-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(22716-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini olib chiqmaganlik uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin o‘ttiz kun ichida ularni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqmaslik, agar bunday olib chiqish shart bo‘lsa, —
tovarlarni va transport vositalarini musodara qilishga sabab bo‘ladi.
(22716-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ilgari olib chiqib ketilgan tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga belgilangan muddatlarda qaytarib olib kirmaslik, agar bunday qaytarib olib kirish shart bo‘lsa, —
(22716-modda to‘rtinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(22716-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
(22716-modda beshinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(22716-modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |