2101-modda. O‘ta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik
O‘ta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish, ya’ni tegishli ruxsatnomasiz o‘ta muhim va toifalangan obyektlarga shaxsning o‘zboshimchalik bilan kirishi, ushbu obyektlarda transport vositalarining harakatlanishi yoki mol-mulkning joyini o‘zgartirish, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(2101-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘ta muhim va toifalangan obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ularni bajarishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslari tomonidan bajarilmasligi, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(2101-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 2591-moddasi.
211-modda. Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish
Korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, jamoat joylarida, omborxona binolarida, yotoqxonalar va turar joylarda, shuningdek tegishli obyektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chog‘ida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish yoki yong‘inga qarshi inventarlar, uskunalar, yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalaridan foydalanish va ularni saqlash qoidalarini buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(211-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 259-moddasi birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, “Odamlar ommaviy bo‘ladigan obyektlar uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari” (1997-yil 8-iyulda 354-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), “Energetik korxonalar uchun yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror (2004-yil 22-aprelda 1341-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining 2010-yil 3-avgustdagi 147-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Energetika obyektlarida olovli ishlarni o‘tkazishda yong‘in xavfsizligi choralari haqida yo‘riqnoma”, Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining “Elektrostansiyalarda yoqilg‘i uzatilishining portlash, yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i, Vazirlar Mahkamasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori, “Ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlarda yong‘in xavfsizligiga, tez tibbiy yordam ko‘rsatishga, evakuatsiyaga va himoyalash bo‘yicha muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlashga qo‘yiladigan yagona talablar hamda ularga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (2014-yil 23-iyunda 2596 son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan), “Neft sanoatida yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruq (2014-yil 31-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2605), “Transport vositalarini saqlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish obyektlari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror (2015-yil 24-avgustda 2710-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(211-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etish, agar yong‘in chiqishiga olib kelgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(211-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |