Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


-modda. O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni saqlash yoki tashish qoidalarini buzish



Download 429,63 Kb.
bet166/274
Sana28.03.2022
Hajmi429,63 Kb.
#514775
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   274
Bog'liq
Ma\'muriy javobgarlik kodeksi

220-modda. O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni saqlash yoki tashish qoidalarini buzish
Oldingi tahrirga qarang.
Qurol saqlashga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlaridan ruxsati bo‘lgan fuqarolarning o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni saqlash yoki tashish qoidalarini buzishi —
(220-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-575-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismigacha miqdorda jarima solishga yoki haqini to‘lab shu qurollar va o‘q-dorilarni olib qo‘yishga sabab bo‘ladi.
(220-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
qurollar va o‘q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(220-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni saqlash uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarining ularni saqlash yoki tashish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek bu xodimlarning o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni boshqa maqsadlarda ishlatishi —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(220-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(220-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘qotar va pnevmatik sport quroli hamda unga o‘q-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror (2015-yil 23-iyulda 2701-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), “Idoraviy va sport o‘qotar qurol hamda uning o‘q-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi hamda qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq (2015-yil 23-iyulda 2700-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), “Idoraviy va sport o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qo‘yiladigan yagona talablarni tasdiqlash haqida”gi buyruq (2015-yil 29-iyulda 2702-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti bazasida idoraviy o‘qotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish hamda ulardan foydalanishga ruxsat berilgan tashkilotlar xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq (2018-yil 12-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2997).

Download 429,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish