2-BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI
1. Harorat
2. Kengayish termometrlari
3. Manometrik termometrlar
4. Termoballon
5. Kapillyar naycha
6. Manometrik purjina (sezgir element)
7. Termoelektr termometrlar
8. Millivoltmetrlar
9. Potensiometrlar
10. Reoxord (kalibrlangan qarshilik)
11. Elektron kuchaytirgich
12. Avtomatik potensiometr
13. Termojuft bilan ishlaydigan me’yorlovchi o‘zgartkich
14. Qarshilik termometrlari
15. Logometr
16. Qarshiliklar o‘lchashning ko‘prik usuli
17. Muvozanatlashtirilgan avtomatik ko‘priklar
18. Qarshilik termometrining uch simli o‘lash usuli
19. Qarshilik termometri bilan ishlaydigan me’yorlovchi o‘zgartkich
20. Nurlanish pirometrlari
21. Optik (kvazimonoxromatik) pirometr
22. Rangli pirometr
23. To‘liq nurlanish (radiasion) pirometr
NAZORAT SAVOLLARI
1. Harorat nima va haroratni qanday o’lchash birliklarini bilasizmi?
2. Haroratni o‘lchash usullarini izohlab bering
3. Kengayish termometrlarining turlarini va ishlash usullarini tushuntirib
bering.
4. Manometrik termometrlarning turlari va ishlash prinsplarini tushuntiring.
5. Atrof muhit harorati 200S dan chetga chiqqanda manometrik
termometrlarda qanday xatolik paydo bo‘ladi?
6. Haroratni kengayish va manometrik termometrlar bilan o‘lchashda
qanday farq bor?
7. Termoeffekt nima?
8. Qanday standart termoelektr termometrlarini bilasiz?
9. Millivoltmetrni ishlash prinsipini tushuntiring?
10. Potensiometrlarni turlari va ishlash prinsipini tushuntiring.
11. Termojuft bilan ishlaydigan me’yorlovchi o‘zgartgichni boshqarish
tizimida roli va ishlash prinsipini tushuntiring.
12. Haroratni millivoltmetr va potensiometr bilan o‘lchash o‘rtasida qanday
farq bor?
13. Haroratni termojuft bilan o‘lchashda alohida tok manbai kerakmi?
14. Qarshilik termometrlarini ishlash prinsipini tushuntiring.
15. Qanday standart sanoat qarshilik termometrlarini bilasiz?
16. Logometrni ishlash prinsipini tushuntiring.
17. Qarshiliklar o‘lchashning ko‘prik sxemalarini chizib, ishlash prinsipini
tushuntiring.
18. Avtomatik ko‘priklarning turlari va ishlash prinsipini tushuntiring.
19. Qarshilik termometrining me’yorlovchi o‘zgartkichining ishlash prinsipini
tushuntiring.
20. Haroratni termojuft o‘lchash qarshilik termometrlari bilan o‘lchashdan
qanday farq qiladi?
21. Haroratni o‘lchashda logometr va muvozanatlashtirilgan avtomatik
ko‘prik asboblari orasida qanday farq bor?
22. Nima uchun haroratni o‘lchashda nurlanish pirometrlarini kontaktsiz usul
deb ataladi?
23. Nurlanish pirometrlarining ishlash prinsipini tushuntiring.
24. Optik, rangli, radiasion pirometrlar orasida qanday farq bor?
25. Nurlanish pirometrlarining yuqori o‘lchash chegarasi qancha?
26. Nurlanish pirometrlari kimyo sanoatining qanday tarmoqlarida keng
ishlatiladi?
27. Qattiq jismlar sirtini, alanga va qovushqoq eritmalarining haroratini
o‘lchashda qanday muammolar mavjud?