2.8-§. Harorat o‘lchashning zamonaviy vositalari
Haroratni yuqori aniqlikda o‘lchash bu juda murakkab jarayon. Ko‘rib chiqilgan
echimlar hal qilinayotgan masalaning faqat nazariy qismidir. Amalda faqat o‘lchash tizimini yaratish to‘g‘risidagina o‘ylashga to‘g‘ri kelibgina qolmay, balki olingan kattalikni nazorat – hisoblash majmuiga yoki ABS ga qanday qilib kiritish to‘g‘risida o‘ylashga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha o‘lchangan kattalik o‘zi bir boylikni ifodalaydi, biroq u tegishli boshqaruvchi ta’sir to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun yoki keyinchalik ishlov berish va tahlil qilish uchun boshqarish tizimining ma’lumatlar bazasiga kiritilishi kerak. Datchikdan olingan signalni filtrdan o‘tkazish zarur, chunki ko‘pincha o‘lchashlar sanoat xalaqitlari sharoitida o‘tkaziladi va o‘lchash qismini boshqarish majmuidan ajratib turadigan galvanik ajratgich (izolyasiya) bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun “eskicha” usulda bajarilgan sovodli echim taqdim etilsa, u etarlicha murakkab, qo‘pol va norentabel bo‘lishi aniq bo‘lib qoladi. Biroq, agar signallarni me’yorlashning klassik masalasini echishga, ularni filtrlash va tizim qismlarini galvanik ajratishga ehtiyoj bor ekan, u holda sanoat avtomatlashtirish vositalari bozorida tegishli tayyor echimlar mavjudligi ehtimoli bor. Mazkur holda Data forth firmasining modullari qiziqish uyg‘otadi. Agar haroratni termoqarshiliklar
yordamida o‘lchash to‘g‘risida aniq gapiradigan bo‘lsak, u holda bu firma taklif
etayotgan echim juda sodda ko‘rinadi: datchik, masalan Pt100 platinali qarshiliklar termometri olinadi va SCM5B34 yoki SCM5B35 moduliga ulanadi. (2.28 – rasm,
a,b,v). Rasmda qarshilik termometrining RTD ikki, uch va to‘rt simli ulanishi
variantlari ko‘rsatilgan. SHuni aytib o‘tish joizki, ikki simli ulanish ulovchi
simlarning uzunligi uncha katta bo‘lmagan va o‘lchashlarning presizion aniqligi talab etilmaydigan tizimlarda foydalaniladi; bunday konfigurasiyaning muhim xususiyati echimning qiymati minimal ekanligidir. To‘rt simli ulanish, odatda o‘lchash labaratoriyalarida foydalaniladi. Bunday konfigurasiyada maksimal aniqlikka
erishiladi; SCM5B35 moduli ana shu maqsadlar uchn maxsus ishlab chiqilgan. Uch
simli ulanish ongli kelishuv sifatida ishtirok etadi; u sanoat avtomatlashtirishda
ko‘pincha foydalaniladigan datchikni ulash varianti hisoblanadi. Bularning hammasi
operativ xizmat ko‘rsatish uchun etarlicha qulay va birlamchi o‘zgartgichlardan
signallarni qurish imkonini beradi. Ishchi haroratlarning -40 dan ±85 0S gacha
bo‘lgan keng oralig‘i ko‘pchilik hollarda modullarni o‘lchash nuqtasiga bevosita
yaqin joyda, kompensasiyalovchi simlarning qisqa uzunligi hisobiga mablag‘ tejab va
qo‘shimcha isitish yoki sovutishdan voz kechib, joylashtirishga imkon beradi.
YAna shuni takidlash joizki, Data forth firmasi modullaridan foydalanish –
signallari me’yorlashtirish masalalarining yagona echimi emas, biroq uni shubhasiz
davr bilan tekshirilgan klassikaga taalluqlilar toifasiga kiritish mumkin.
2.28 – rasm. Datchikning SCM5B35 moduliga ulash variantlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |