5.7 – расм. Босим остида (берк
идишда) суюқлик сатҳини
дифманометр билан ўлчаш
схемаси
5.7-rasmda bosim ostida (berk idishlarda) suyuqlik sathini difmanometr bilan
o‘lchash sxemasi ko‘rsatilgan. Muvozanatlashtiruvchi idish 4 idishning havoli
(bug‘li) bo‘shlig‘i 3 ga ulanadi va maksimal sathda o‘rnatiladi. Impulsli naycha 2
idishning suyuqlikli bo‘shlig‘iga bevosita ulanadi. Difmanometr 1 bilan
o‘lchanadigan bosimlar farqi ∆R uchun ifoda difmanometrning musbatli R1 va
manfiyli R2 kameralarida hosil qilinadigan bosimlar opqali osongina topilishi
mumkin:
bu yerda, ρ1 — muvozanatlashtiruvchi idish va impulsli naycha 5 dagi suyuqlik
zichligi. R2 bosim idishdagi zichligi ρ2 bo‘lgan suyuklik ustunining gidrostatik bosimi impulsli naycha 2 dagi zichligi ρ1 bo‘lgan suyuklik ustuni h0 va balandligi h — N va zichligi ρ bo‘lgan idishdagi havo (bug‘) ustuni gidrostatik bosimlari yig‘indisidan iborat:
Shunday qilib, difmanometrga ta’sir etadigan bosimlar farqi ∆P quyidagi ifoda bilan topiladi:
(5.16) ifodadan ko‘rinib turibdiki, sath o‘lchagich ko‘rsatishi h ning joriy
qiymatigagina emas, suyuqlik zichligiga ρ1 va bug‘ zichligi ρ ga ham bog‘liq, ular esao‘z navbatida idishdagi muhitning harorati va bosimiga bog‘lik. SHuning uchun
difmanometr - sath o‘lchagichning shkalasini hisoblash idishdagi ishchi bosimi bo‘ycha hisoblanadi. Bu erda,n tashqari, o‘lchash natijasiga impulsli naychadagisuyuqlik zichligi ρ1 ning o‘zgarishi ta’sir etadi, chunki bu erda, balandligi h bo‘lgan ustunning va impulsli naycha 5 ning gidrostatik bosimi o‘zgardi, shu bilan bir vaqtda R1 bosim o‘zgarmas bo‘lib qolishi lozim. Bu atrof muhit harorati yoki idishdagi muhit harorati o‘zgarganda sodir bo‘ladi. Sathni difmanometrlar bilan o‘lchash usuli qator afzalliklarga ega: sath o‘lchagichlar mustahkam, montaj qilish oddiy va ishonchli ishlaydi. Ammo ularda
bitta jiddiy kamchilik bor: difmanometrlarning sezgir elementi nazorat qilinuvchi
muhitga bevosita tegib turadi. Agressiv muhitlarning sathni o‘lchashda bu yo
difmanometrlar uchun maxsus materialdan foydalanishni taqozo qiladi yoki
difmanometrga aktiv muhit kirib qolishdan, masalan, impuls naychalariga ajratish
qurilmalarini ulash, impulsli naychalarni toza suv bilan yuvish va hokazodan
saqlaydigan difmanometrlarni ulash sxemalarini qo‘llanishni taqozo qiladi.
Bu kamchilikdan gidrostatik sath o‘lchagichlardan bir turi — pezometrik sath
o‘lchagichlar mustasnodir. Pezometrik sath o‘lchagichning prinsipial
sxemasi 5.8-rasmda keltirilgan. Bu asboblar zichligi o‘zgarmas suyuqlik ustunining bosimini o‘lchashga mo‘ljallangan. Suyuqlik ustunining bosimi uning
balandligiga mutanosib ravishda o‘zgaradi.
5.8 – расм. Пезометрик сатҳ
ўлчагичнинг принципиал
схемаси
Pezometrik sath o‘lchagichlar turli xil: agressiv, agressiv bo‘lmagan va
qovushqoqligi katta bœlgan suyuqliklarni ochiq yoki berk idishlardagi suyuqliklar
sathini o‘lchashda qo‘llaniladi. Suyuqlik solingan idishga pezometrik naycha 1
tushiriladi va uning ustki tomoni manometr 4 bilan parallel qilib havo yoki inert gazi manbaiga ulanadi. Unda havoning sarfi drossel 3 bilan cheklanib, rotametr 2
yordamida nazorat qilib turiladi. Idishdagi suyuqlik sathining berilgan N balandligida pezometrik naychadan suyuqlik orqali chiqadigan havo pufakchalarining har sekundda bittadan chiqishi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Suyuqlik sathi ortsa, naychadagi bosim ortadi, undan chiqadigan pufakchalar
soni kamayadi, suyuqlik sathi kamaysa, naychadan chiqadigan pufakchalar soni
ortadi. Bosimning bunday o‘zgarishini manometr 4 o‘lchaydi, manometr shkalasi suyuqlik sathiga muvofiq darajalangan bo‘ladi. Suyuqlik sath tizimda barqarorlangan bosim bo‘yicha topiladi:
bu yerda,H
bu yerda, Rx — idishda suyuqliklar ustidagi bosim, R — Rx bosim manometr 4 bilan topiladi.
Suyuqlik sathni o‘lchashda ma’lum sharoitlarda statik elektr toki paydo
bo‘lishi mumkin. SHuning uchun tez alangalanuvchi va portlash xavfi bor
suyuqliklarni nazorat qilishda inert gaz sifatida karbonat angidrid, azot, tutunli gazlar yoki maxsus pezometrik sath o‘lchagichlar ishlatiladi.
Shu turdagi sath o‘lchagichlar er osti idishlarida, yonilg‘i ballast va boshqa
sisternalarda, agressiv suyuqliklar va qator boshqa hollarda sathni o‘lchash uchun
keng qo‘llaniladi. Bunday asboblar suyuqlikning doimiy zichligida ±1,5% aniqlik
bilan o‘lchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |