Pezoelektrik manometrlarning ishlash prinsipi ba’zi kristall moddalarning
mexanik kuch ta’sirida elektr zaryad hosil qilish qobiliyatiga asoslangan. Bu hodisa pezoeffekt deb ataladi. Pezoeffekt kvars, turmalin, segnet tuzi, bariy titanat va boshqa moddalar kristallarida kuzatiladi. Bu turdagi asboblarda ko‘pincha kvars ishlatiladi. Kvarsning pezoelektr effekti +500°C gacha bo‘lgan haroratga bog‘liq emas, lekin +570°C dan oshgan haroratda bu effekt nolga teng bo‘lib qoladi.
– расм. Пьезоэлектрик
манометр схемаси
G‘ kuch ta’sirida kristall plastinka yuzalarida paydo bo‘ladigan elektr zaryad ushbu tenglama bilan topiladi:
Q=Kp·F (3.28)
bu erda, Kp—pezoelektrik doimiy, Kl/N. Kp ning qiymati plastinaning
o‘lchamiga bog‘lik emas va kristallning tabiati bilan belgilanadi. Kvars uchun
Kp=2,1·10-12 Kl/n.
3.10 - rasmda pezoelektrik manometrning sxemasi ko‘rsatilgan.
O‘lchanayotgan bosimni 4 membrana kuchga aylantiradi, bu kuch esa diametri 5 mm va qalinligi 1 mm bo‘lgan kvars plastinalar 2 ning ustunlarini siqilishga majbur qiladi. Vujudga kelayotgan Q elektr zaryad 1 chiqishlar orqali katta kirish
qarshiligiga (1013 Om) ega bo‘lgan elektron kuchaytirgich 5 ga uzatiladi. Zaryadning qiymati o‘lchanayotgan R bosim bilan quyidagicha bog‘langan:
Q=Kp·S·P(3.29)
bu erda, S — membrananing samarali yuzi.
Asbobning inersionalligini kamaytirish uchun kamera 3 ning hajmi
minimallashtiriladi.
100 mPa (1000 kgk/sm2) gacha bosimlarni o‘lchashga imkon beruvchi
pezokvarsli manometrlar tez o‘zgaruvchi bosimlarni o‘lchashda keng qo‘llanadi.
Pezoeffektning afzalligi uning inersionsizligidir. Bu asboblar bosimlari tez
o‘zgaradigan jarayonlarni (kavitasiya, portlash) o‘rganishda juda qulay. Pezoelektr
manometrlarning aniqlik sinfi 1,5; 2,0.
3-BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI
1. Bosim
2. Bosimni o‘lchov birliklari
3. Bosim o‘lchash usullari
4. Suyuqlikli manometrlar
5. Deformasion (prujinali) asboblar
6. YUk-porshenli manometr
7. Elektrik manometrlar
8. Silfon
9. Membrana
10. Manometr
11. Differensial manometr
12. Vakuummetr
13. Manovakuummetr
14. Tyagometr
15. Naporometr
NAZORAT SAVOLLARI
1. Bosim nima va bosimni qanday o‘lchash birliklarini bilasiz?
2. Bosimni o‘lchash usullarini izoxlab bering?
3. Suyuqlikli manometrlarning turlari va ishlash prinsipini tushuntiring?
4. Deformasion manometrlarni turlarini va ishlash prinsipini tushuntiring?
5. YUk-porshenli manometr qaerda imshlatiladi?
6. Elektrik monometrning turlarini va ishlash prinsipini tushuntiring?
7. Qanday bosim turlarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |