Silfonli asboblar. Sezgir element sifatida silfon keng qo‘llanmoqda. Silfonlar jez, bronza, zanglamas po‘lat, plastmassa va boshqalardan tayyorlanadi. Ularning
ba’zi turlari vintsimon prujinali qilib tayyorlanadi, buning natijasida gisterezis va
nochiziqlik ta’siri kamayib, asbobning o‘lchash chegarasi kengayadi. Silfonlar bir
qatlamli va ko‘p qatlamli bo‘ladi. Odatda, silfonlarning diametri 12...100 mm,
uzunligi 13...100 mm, qatlamlari (gofrilari) soni 4...24 atrofida bo‘ladi. Silfonlarning siljishi 2,8...21 mm. Ularning siljish kattaligi silfonlarni o‘ziyozar asboblarda qo‘llashga imkon beradi. Silfonga ta’sir etgan ichki yoki tashqi bosim natijasida silfon uzunligi o‘zgaradi. Ko‘rsatuvchi va o‘ziyozar asboblarda silfonli sezgir elementlardan quyidagi turlari ishlatiladi: MSP, MSS (manometrlar); MVSS (manovakuummetrlar); VSP, VSS (vakuummetrlar); DSP, DSS (difmonametrlar); NSP, NSS (naporometrlar); TmSP, TmSS (tyagometrlar); TNSP, TNSS (tyagonaporometrlar). Bu asboblarning ko‘pchiligi pnevmatik va unifikasiyalangan elektr datchiklar tizimiga kiradi. Silfonli naporometr va tyagometrlarda kichik bosimlarni 40000 Pa (4000 kgk/m2); vakuummni (0,1 m PA gacha); mutlaq bosimni (2,5 mPa gacha); ortiqcha bosimni (60 mPa gacha); bosimlar farqini (0,25 mPa gacha) o‘lchash uchun qo‘llanadi.
3.5 – расм. Сильфонли пневматик
тягонапорметрнинг принципиал
схемаси
bog‘lanish kuchi orqali muvozanatlashadi. Muvozanatlash richag 8, zaslonka (to‘siq) 4 va G-simon richagdan tashkil topgan pishangli mexanizm orqali bajariladi. Teskari bog‘lanish kuchi kompensasion element — teskari bog‘lanish silfoni 7 dagi siqilgan havo bosimi orqali hosil bo‘ladi. O‘lchanayotgan bosim o‘zgarishi bilan pishang 8 va to‘siq 4 soplo 5 ga nisbatan siljiydi. Natijada soplo 5 ning yo‘lida (kanalida) nomoslik signali paydo bo‘ladi. Bu signal kuchaytirgich 6 dan teskari bog‘lanish silfoniga kelayotgan bosimni o‘zgartiradi. O‘lchanayotgan parametrning o‘lchovi bo‘lgan bosim bir yo‘la masofaga uzatish liniyasiga (kanaliga) ham yuboriladi. Asbobni sozlash uchun rolik 2 xizmat qiladi, u richag 1 va 8 lar bo‘ylab harakat qiladi. Prujina 3 asbobni nol belgisiga sozlaydi.
Pnevmatik signalni 300 m masofaga uzatish mumkin. Bunday silfonli asboblar
turli xilda va rusumda chiqariladi hamda turli chegarali o’lchashlarga mo‘ljallangan. Ularning aniqlik sinfi 1 va 1,5.
Silfonlarning asosiy kamchiliklari gisterezis mavjudligi va xarakteristikaning
birmuncha nochiziqligidir. Gisterezis ta’sirini kamaytirish va bikrlikni oshirish
maqsadida, ko‘pincha, silfon ichiga prujina o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |