Ikki naychali manometr. Bosim, siyraklanish va bosimlar ayirmasini (farqini)
o‘lchash uchun sathi ko‘rinadigan ikki naychali U-simon manometrlardan,
vakuummetrlardan va difmanometrlardan foydalaniladi. Bunday manometrning
prinsipial sxemasi 3.1-rasmda tasvirlangan. Ikki tik tutash naycha 1 va 2 metall yoki yog‘och asos 3 ga mahkamlangan bo‘lib, unga shkala 4 o‘rnatilgan.
Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi
ikkinchi qismidagi bosim bilan mos kelsa, asbobda suyuqlik ustuni balandliklari bir hil holatda bo‘ladi. SHunga asoslanib, quyidagi ifodani yozish mumkin:
Rmut·S=Patm·S+H·S·g(ρ-ρ1)
bu erda, Rmut – o‘lchanayotgan bosim, Pa;
|
(3.5)
|
Ratm – atmosfera bosimi, Pa;
S - naycha kesimining yuzi, m2
N – suyuqlik sathining (ustun uzunligining) farqi, m;
ρ – suyuqlikning zichligi, kg/m3;
ρ1 – monometrdagi suyuqlik ustidagi muhitning zichligi, kg/m3;
g – tezlanish kuchi, m/s2.
Demak,
Rmut=Patm+H·g(ρ-ρ1),
|
(3.6)
|
Rort=Rmut – Patm = H·g(ρ-ρ1). (3.7)
Agar anometrdagi suyuqlik ustida gaz bo‘lsa, u holda:
|
|
Rort = Rmut - Patm = H·g·ρ.
|
(3.8)
|
Suyuqlik ustuni balandligini topish uchun ikki marta ustun balandliklarini
hisoblab chiqish (bir tirsakdagi kamayishini, ikkinchisida esa, ko‘payishini) va
ularning qiymatini qo‘shish lozim, ya’ni
H=h1+h2 (3.9)
Bosimlar farqini (o‘zgarishini) o‘lchashda suyuqlikli differensial ikki naychali
manometrning bir tirsagiga (musbat) katta bosim, ikkinchi tirsagiga esa (manfiy)
kichik bosim beriladi. Musbat va manfiy tirsaklardagi suyuqlik sathining farqi
o‘lchanayotgan bosimlar farqiga mutanosib (∆R):
∆P=P1-P2=H·g(ρ-ρ1). .... (3.10)
Manometrlarda ish suyuqligi kapillyar kuchlarning ta’siridan xalos bo‘lish
uchun ichki diametri 8... 10 mm bo‘lgan shisha naychalardan foydalaniladi. Agar ish
suyuqligi sifatida spirt olinsa, naychalarning diametrini kamaytirish mumkin.
Ikki naychali manometrlardagi xatoliklar manbai mahalliy erkin tushish
tezlanishi g ning hisobiy qiymatidan chetga chiqishi, ish suyuqligi va o‘lchanayotgan
muhitning zichligi ρ xam ρ1, h1 va h2 balandliklarni o‘lchashdagi xatolardan iborat.
Ularning ko‘rsatish xatosi 20°S haroratda 2 mm dan oshmaydi. Ular noagressiv
suyuqlik va gazlarning ortiqcha bosimi va siyraklanishini 0...10 kPa chegaralarda
o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Mazkur asboblardan bosimlar farqini o‘lchashda
difmanometr sifatida foydalanish mumkin.
Tuzilishiga qarab naychali suyuqlikli asboblarning bir naychali (kosali), og‘ma
naychali va boshqa turlari mavjud. Bu asboblar ikki naychali asbobning bir turi
bo‘lib, ikkinchi naycha o‘rniga keng idish (kosa) ishlatiladi.
Suyuqlikli asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish tajribasida keng qo‘llanadi.
Ularning kamchiliklari — ko‘rsatishlarni masofaga uzatish mumkin emasligi,
o‘lchash chegaralarining kichikligi, ko‘rsatishlarning yaqqol emasligi va mexanik
mustahkam emasligidan iborat.
Texnik o‘lchashlarda kombinasiyalashgan suyuqlikli-mexanik asboblar
qo‘llanadi. Ular yuqorida ko‘rilgan asboblardan farqli o‘laroq ish suyuqligining
ko‘rinadigan sathiga ega emas. Ularga qalqovichli, qo‘ng‘iroqli va halqali asboblar
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |