Manometrik kondensasion (bug‘- suyuqlikli) termometrlar — 50 °C dan + 300°C gacha haroratlarni o‘lchaydi. Kondensat sifatida freon (CHF2Cl—25°C . . . +80°C gacha); propilen (C3H6 — 500C . . . +60°C gacha); metil xlorid (CH3Cl, 0 ...
125°C gacha); aseton (C3N6O 100°C . . . 200°C gacha); etil benzol (C8H10 — 160°C. 300°C gacha) va hakazolar ishlatiladi. Bu termometrlarning termoballonlari hajmining 2/3 qismi past haroratda qaynaydigan suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Termometrlarning berk tizimida doim bug‘lanish va kondensasnyalanishning dinamik muvozanati mavjud. Harorat ko‘tarilishi bilan birga bug‘lanish kuchayib, bug‘ning elastikligi o‘sadi, shuning uchun, kondensasiyalanish jarayoni kuchayadi. Buning natijasida to‘yingan bug‘ ma’lum haroratda mos muayyan bosimga erishadi. Bug‘ bosimi harorat o‘zgarishi bilan o‘zgarib, kapillyarni to‘ldirgan muxit orqali manometrik prujinaga o‘tadi. To‘yingan bug‘ bosimining o‘zgarishi harorat o‘zgarishiga mutanosib emas, shuning uchun, kondensasion termometrning shkalasi notekis bo‘ladi. Kapillyar va monometrik prujina haroratining o‘zgarishi kondensasion termometr tizimida bosim qiymatiga ta’sir etmaydi; bunday tur termometrlarda kapillyar uzunligi asosan kapillyardagi suyuqlik ishqalanishi bilan chegaralanadi. Kondensasion termometrlar boshqa turdagi termometrlarga qaraganda ancha sezgirdir. Bu to‘yingan gaz bosimi harorat ko‘tarilishi natijasida juda tez ortishi bilan tushuntiriladi. Tuzilishi bo‘yicha kondensasion termometrlar yuqorida ko‘rilganlarga o‘xshash, ammo termoballon o‘lchamlari kichik (diametri 10...12 mm, uzunligi 80...125 mm). Termometr tizimidagi bosim o‘lchanayotgan haroratning yukorigi chegarasida 3,5 MN/m2 dan oshmaydi, pastki chegarasida esa bir necha yuz KN/m2 ni tashkil etadi. Shuning uchun, ularning ko‘rsatishiga, ayniqsa uncha yuqori bo‘lmagan haroratlarda, barometrik bosimning o‘zgarishi ta’sir etadi. Manometrik termometrlar barcha turlarning ko‘rsatishlari ish moddasining fizik xolatlariga va ularning issiqlik-fizik xossalariga bog‘liq bo‘lib, kata kechikishlarga ega. Gazli termometrlar eng ko‘p, bug‘-suyuqlikli termometrlar esa eng kam kechikishga ega (gaz bilan to‘ldirilganlariga nisbatan 2,5 marta kam. Ikkilamchi asboblar bilan ishlash uchun ko‘rsatishni masofadan uzatadigan elektr va pnevmatik manometrik termometrlar tayyorlanadi. Bu asboblarda harorat unifikasiyalangan elektr yoki pnevmatik signalga o‘zgartiriladi.
Manometrik termometrlar tuzilishi soddaligi va avtomatik yozishi bilan ajralib
turadi. Uning yana bir afzalliklaridan biri, undan yong‘in va portlash xavfi bor
bo‘lgan muhitda foydalanish mumkinligidadir. Uning kamchiliklariga tizimning
germetikligi buzilganda tuzatish qiyinligi va ko‘p hollarda termoballon
.o‘lchamlarining kattaligi kiradi. Gazli va suyuklikli manometrik termometrlarning aniqlik sinfi 1; 1,5 va 2,5; kondensasion termometrlarniki 1,5; 2,5 va 4.
Do'stlaringiz bilan baham: |