BIRIKMALAR VA ULARNING TASNIFI.
Detallar bir-biri bilan ajraladigan va ajralmaydigan qilib biriktiriladi. Agar
birikmalarni ajratish uchun birikma detallari buzilmasa, yorilmasa. yoki
sindirilmasa, u holda bunday birikma ajraladigan birikma deyiladi, aks holda ya`ni,
detallar buzilsa, yorilsa yoki sindirilsa,uholda bunday birikma ajramaydigan
birikma deyiladi. Ajraladigan birikmalarga ponali, shponkali, boltli, Shpilkali,
vintli, fitingli va boshtsa rezbali birikmalar kiradi.
Ajraladigan birikmalar qo`zg`aladigan va qo`zg`almaydigan bo`ladi.
Agar birikma detallari bir-biriga nisbatan harakat tsilsa, bunday birikma
qo`zg`aladigan birikma deyiladi, aks holda, ya`ni bir-biriga nisbatan harakat kilmasa
(qo`zg`almasa), bunday birikma qo`zgalmas birikma deyiladi.
1-shaklda ajraladigan birikmalardan: a) boltli birikma; b) shpilkali birikma; v) vintli
birikma va g) fitingli birikmalar ko`rsatilgan.
2-shaklda kuzg`aladigan birikmalardan: a) shponkali birikma; b) shlitsali birikma va
v) yurg`izish vinti ko`rsatilgan.
Ajralmaydigan birikmalarga parchinlash (3-shakl, a), payvandlash (3- shakl, 6) va
nresslash yuli bilan hosil hilinadigan birikmalar kiradi.
Shuni ham aytish kerakki, endilikda parchinlab biriktirish usuli urniga arzon va
qulay bulgan payvandlab biriktirish usulidan ko`proq foydalanilmasda.
Hozirgi zamon mashinasozligida mashina detallarini ajraladigan qilib biriktirish
kuproh hullaniladi. Bunday birikmalar, asosan, turli profildagi rezbalar vositasida
amalga oshiriladi. Rezbali birikmalarni ko`rib chihishdan oldin, bu birikma detallari
va elementlari bilan tanishib chihamiz.
Profili standartli bo`lib, lekin standart rezbalardan diametri yoki qadami bilan
farq qiladigan maxsus rezbalar chizmada hisk.artirshshb maxe. suzi va profilining
shartli belgisi bilan belgilanadi. Masalan, maxe. M 36, maxe. Trap. 24 X 6.
Standartlashtirilgan rezbalardan profili bilan farq hiladigan rezbalar uchun
chizmalarda profil‘ alohida tasvirlanadi va uni 31-shakl, v da ko`rsatilgandek
kattaroq qilib tasvirlanadi. Bu tasvirda profilning barcha kerakli o`lchamlari
qo`yiladi va lozim bo`lganda kirimlar soni, rezbaning chapaqayligi va boshqa
ma`lumotlar ko`rsatiladi.
Mashina detallarining ajraluvchi qo`zg`almas birikmalari uchun boltlar,
Shpilkalar, vintlar, shaybalar va hokazolar ishlatiladi.
Bolt tsilindrik sterjendan iborat bo`lib, uning bir uchi kallakli, ikkinchi uchi
esa rezbalidir (34-shakl). Boltlar kallagining shakli olti qirrali, kvadrat, yarim
yumaloh, konus shaklida va kallagining osti kvadratli yoki «murtakli» qilib
ishlanadi, Boltlar normal aniqlikda, yukori va dag`al aniqlikda qilib ishlanadi.
Normal va yuqori aniklikdagi boltlar konstruktsiyasi bo`yicha 3 xil qilib
ishlanadi (33-shakl): I ishlanish — sterjenida shplint uchun mo`ljallangan teshik
bo`lmaydi; II ishlanish — sterjenida shplint uchun teshigi bor; I I I ishlanish —
boltni o`z-o`zidan buralib ketmasligi uchun kallagida sim bilan bog`lab
qo`yishga mo`ljallangan 2 ta teshigi bor.
Kallagining o`lchamiga qarab boltlar normal kallakli va kichraytirilgan
kallakli bo`ladi.
Chizmada boltni belgilaganda uning diametri, sterjenining uzunligi va GOST
ko`rsatiladi. Masalan, rezbasining diametri 20 mm, sterjenining uzunligi 100
mm, mustahkamlik klassi 5,8 bo`lgan I ishlanishdagi bolt — «Bolt M 21X100 5,8
GOST 7.798-70» ko`rinishda belgilanadi.
Chizmada olti yoqli normal kallakli boltlar soddalashtirib tasvirlanadi.
36-shaklda boltni rezbasining byerilgan diametri va sterjenining uzunligi
bo`yicha uch proektsiyada yasash usuli ko`rsatilgan. Boltning qolgan elementlari
o`lchamlari bolt rezbasining tashqi diametri o`lchamiga qarab, taxminiy (ularni
butun songa to`ldirgan holda) aniqlanadi. Bolt kallagi yoqlarining uchidagi
burchagi 120° li konus faskasi bilan kesishishidan hosil bo`lgan giperbolalar
o`rniga chizmalarda l,5d va d radiusli aylana yoylari chiziladi (36- shakl, a). Bu
yoylar bolt kallagining ustki yuzasiga o`rinadigan qilib o`tkaziladi. YOylarning
markazlari yasash yuli bilan aniqlanadi. Boltning yasalishini chizmadan tushunib
olish oson. 35- shakl, a da ko`rsatilgan yordamchi chiziqlar uchirilib, asosiy
chiziqlar ustidan yurgizib chikilsa, boltning chizmasi 35-shakl, b data ko`rinishga
keladi. 35-shakl, v da boltning soddalashtirilgan chizmasi ko`rsatilgan. Bundan,
ko`pincha, yig`ish chizmalarini chizishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |