4 - norma; 5 - lanilmokda. Klaynfelter sindromi.
Teridagi murakkab tasvirlar epidermisda derma qavatidan hosil bo‘lgan bo‘rtmachalar hisobiga paydo bo‘ladi. Barmoqlar uchida hosil bo‘lgan naqshlar esa, har bir irqqa mansub kishilarda o‘ziga xos ko‘rinishga ega. Rus, ukrain va beloruslarda barmoqlar terisidagi naqshlar tasviri bir-biriga juda o‘xshash. Bu ularning kelib chiqishi birligini bildiradi. Lekin barmoqdagi bu naqshlar har bir kishida alohida ko‘rinishga ega bo‘lib, bir kishiniki ikkinchisiga sira o‘xshamaydi.
Dermatoglifika 3 bo‘limdan iborat:
palmoskopiya,
plantaskopiyava
daktiloskopiya
Palmaskopiya kaft terisidagi naqshlar tasvirini o‘rganadi. Kaftning tashqi tuzilishi va kaft terisidagi naqshlar, tasvirlar ancha murakkab. Kaftda ko‘pgina yostiqchalar , burmalar , maydonchalar va turli chiziqchalar bor. Odatda kaftda 11 ta yostiqchalar bo‘lib, ular 3 ta guruhga bo‘linadi:
1) 2 ta katta proksimal kaft yostiqchalari — tenor va gipotenor;
2) 4 ta barmoqlararo yostiqchalar;
3) 5 ta barmoqlar uchidagi yostiqchalar.
Kaftda burmalardan :
1) kaft-barmoq ;
2) distal;
3) proksimal;
4) bosh barmoqning burmasi;
5) bilakuzuk burmalari
Joylashgan Daktiloskopiya barmoq uchi terisidagi chiziqlar tasvirini o ‘rganadi.
Barmoq uchlaridagi chiziqlar tasviri ham xilma-xildir. Ularni ham uch xilga ajratish mumkin:
1) yoysimon 2) ilmoqsimon ; 3) aylanasimon yoki tugunchasimon .
Yoysimon korinishdagi tasvirlar boshqalariga nisbatan kamroq uchraydi (6 %). Ilmoqsimon tasvirlar eng ko‘ptarqalgan (60 %) bo‘lib, ikki xil yo‘nalishida bo‘ladi. Radial ilmoqchasimon tasvirda uni hosil qilgan chiziqchalar kaftning radial tomoniga ochiladi. Aylanasimon tasvirlar ilmoqsimonga nisbatan kamroq uchraydi (34%). Irsiy kasalliklari bolgan kishilarda ko‘p uchraydigan dermatoglifik belgilar quyidagilardir:
1) barmoq uchlaridagi tasvirlardan (yoysimon, ilmoqsimon , aylanasimon ) birining uchrashi ko‘payadi;
2)barmoq uchlaridagi teridan bo`rtib chiqqan chiziqchalarning soni normadagisidan oshib yoki kamayib ketadi;
3) kaftdagi asosiy triradiusning joylashishi o‘zgaradi;
4) barmoq uchida triradius bolmaydi;
5) kaftda to‘rt barmoqli ko‘ndalang egiluvchan burma paydo bo'ladi .
Terner-Shershevskiy sindromi (XO) - bu kasallik ham ayollarda uchraydi. Ularda tuxumdon va bachadon rivojlanmaydi, to’liq naslsiz, aqliy qobiliyatining pastligi va pakanalik bilan harakterlanadi. UO tipida esa zigotalar (murtak) rivojlanmaydi.
Morgan xromosomalarning chalkashuvi va genlarning birikish hollari asosida genlar orasidagi masofani aniqlash usullarini topdi. Xromosomalarni o`rganish shuni ko`rsatadiki, ular o`rtasida bo`ladigan chalkashuv xromosomalarning har xil qismlarida bo`lishi mumkin emas. Morgan chalkashuv birligi qilib bir foyizga teng qiymatni oldi va bu qiymatni morganida deb atadi. Bir foyiz chalkashuv bitta morganidaga teng. Masalan, kulrang tanali uzun qanotli urg`ochi (VV VV), qora tanali kalta qanotli erkak pashshalarni (vv vv), o`zaro chatishtirilganda urg`ochi pashshalar xromosomasida sodir bo`ladigan chalkashuv genlarning yangi to`plamini yuzaga chiqardi (V v va v V) va natijada duragaylarning 17 % (8,5 % dan ikki guruhda) ota-onasiga o`xshamagan yangi belgi paydo bo`ladi. Demak V va V genlar orasidagi masofa 17 morganidaga teng ekan. Odatda genlar o`rtasidagi masofani aniqlashda quyidagi formuladan foydalanadi:
X - morganida o`lchamidagi genlar orasidagi masofa,
a - xromosomalarida chalkashuv bo`lgan birinchi guruh duragaylari soni,
s - xromosomalarida chalkashuv bo`lgan ikkinchi guruh duragaylari soni,
n - shu tajribadagi duragaylarning soni.
Bitta xromosomadagi genlarning bir-biriga nisbatan qiyosiy joylashuvini tasvirlovchi chizmaga genetik harita deyiladi. Genetik harita tuzish ancha mashaqqatli ish bo`lib, buning uchun tajriba o`tkazuvchiga shu organizmda uchraydigan bir qancha mutant genlar ma`lum bo`lishi kerak va ular bilan juda ko`plab chatishtirish ishlari olib borishga to`g`ri keladi. Genetik jihatdan juda yaxshi o`rganilgan organizmlardagina ularning genetik haritasi to`liq tuzilgan (drozofila pashshasi, makkajo`xori, neyrospora va boshqalar).
Genetik harita har bir birikkan gen guruhlari uchun alohida tuziladi. Har bir xromosomadagi genlarning nomlari hamda ular orasidagi masofa morganidlarda belgilanib sentromeralarning joylashishi ham ko`rsatiladi.
Adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |