Hozir «Piligrim» turgan joy qui savdogarlarining odatda
yuradigan yo‘llaridan bir chekkada bo'lsa ham,
kapitan Gul,
«Valdek» kemasi bu sho'rlik negrlarni Tinch -okeandagi uzoq
mustamlaka orollariga sotish uchun olib ketayotgan ekan, deb
taxmin qildi.
Qutqazilgan negrlarni «Piligrim»da juda yaxshi parvarish qila
boshladilar. Missis Ueldon Nan
bilan Dikning yordamida u
bechoralarga qoshiqdan muzdek toza suv ichirdi, chunki ular
ko'pdan beri suv tatimagan edilar.
Pirovardida suv bilan bir necha yutim sho'rva ularni hushiga
keltirdi.
Ulardan eng qarisi — ko'rinishda oltmish yoshlarga borib
qolgani — inglizcha gapira olar ekan.
— «Valdek»ka nima bo'ldi? — deb so'radi dastavval kapitan
Gul undan.
— Bundan o'n
kun ilgari, qorong'i kechada, hamma uxlab
yotgan m ahalda. qan day d ir n o m a’lum bir kem a bizning
ustimizga bostirib kelib qoldi. — deb javob berdi keksa negr.
— «Valdek» komandasi nima bo'ldi?
— Bilmadim. Biz palubaga chiqqanimizda, u yerda hech kim
yo'q edi.
— «Valdek»dagi odam lar urishib ketgan kemaga chiqib
olishgandir, siz nima deb o'ylaysiz?
— Shunday bo'lsa kerak deyman...
— O 'sh a kem a u rish ib k etg an d an
keyin falo k a tg a
uchraganlarni qutqazish uchun to'xtamadimi?
— Yo'q.
— Balki u cho'kib ketgandir?
— Y o‘g'-e, — deb bosh chayqadi keksa negr. — biz uning
jo 'nab ketayotganini ko'rdik.
«Valdek»dan qutqarilganlarning hammasi ham shu fikrni
tasdiqladi. Shunisi qiziqki, o 'z ayblari bilan kemalarni og'ir
h a lo k atg a
u ch ratg an k a p ita n la r, h a lo k a t jo y id a no b u d
b o 'la y o tg a n o d am larg a yordam b erishni xayoliga ham
keltirmasdan, tezroq qochib ketish payiga tushadilar.
K o 'c h a d a k etay o tg a n o 'tk in c h in i b o stirib olib, o 'z
ehtiyotsizligi orqasida qurbon bo'lgan kishi to'g'risida g'am
yeyishni boshqalarning gardaniga
yuklab qochib qolgan
aravakash qattiq jazoga tortiladi. Ammo k o 'chad a mayib
bo ig an kishiga o'tkinchilar darrov yordam beradilar. Xo'sh,
ochiq dengizda halok boiayotgan odamlami o'z holiga tashlab
qochganlar to ‘g‘risida nima desa bo'ladi? Bunday odam lar
inson sha’niga isnod keltiradilar!
Kapitan Gul bunga o'xshash ko'pgina hodisalami gapirib
berishi mumkin edi. Afsuski, u bunday dahshatli hodisalar juda
ko'p uchraydi, deb missis Ueldonga yana bir karra eslatib qo'ydi.
Shundan keyin u qutqazib
olingan keksa negrdan yana
surishtira boshladi.
— «Valdek» qayerdan kelayotgan edi?
— Melburndan.
— Demak, sizlar qui emas ekansiz-da?
— Y o'q, taqsir, — deb tezda javob qaytardi negr qomatini
rostlab. — Biz Pensilvaniya fuqarolarimiz.
— Do'stlarim, — dedi kapitan, — shuni bilib qo'yinglarki,
«Piligrim» kemasida sizlaming ozodligingizga hech kim daxl
qilolmaydi!
Darhaqiqat, qutqarilgan beshta negr Pensilvaniya shtatining
fuqarosi edi. Ulardan eng qarisi yoshligida,
olti yoshga to ia r-
to'lmas qui qilib sotib yuborilgan edi. Afrikadan uni Qo'shma
Shtatlarga olib kelishgandi. Bu yerda u quldorlik huquqi bekor
qilingandan keyin ozod bo'ldi. Uning yosh hamrohlari ozod
fuqaro bo'lib tug'ilgandilar va hech bir oq tanli odam ularni
«meniki» deb aytishga haqi yo'q edi. H atto ular negrlarning
u ru sh d a n 10 ilgarigi tilini ham bilmas edilar (bu tilda fe’llar
Do'stlaringiz bilan baham: