Bir taktli to‘g‘rilash sxemalari
Bir fazali bir taktli to‘g‘rilash sxemasi
Bir fazali bitta yarim davrli to‘g‘rilash sxemasi 1-rasmda keltirilgan. VD1 diod anodida musbat potensial bo‘lganida tok, VD1 diod, Ryu yuklama orqali oqib o‘tib transformator ikki-lamchi chulg‘amiga tutashadi. Agar UKIR = U1m·sin t bo‘lsa, yuklamadagi tok yarim sinusoidal shaklda bo‘ladi, yuklamadagi kuchlanish shakli ham shunday shaklda bo‘ladi. Bu to‘g‘rilangan tok bitta davrda yuklamadan oqib o‘tadigan to‘g‘rilangan tokning o‘rtacha qiymati bo‘lgan o‘zgarmas tashkil etuvchiga ega bo‘ladi.
Bir taktli to‘g‘rilash sxemasida quyidagi munosabatlar o‘rinli hisoblanadi
U0= ( / )· U2= 0,45 · U2;
I0 = (2/) · I2 = I2 / 1,57 = 0,637 · I2.
Yopiq ventilga qo‘yiladigan teskari kuchlanish transformator ikkilamchi chulg‘amiga qo‘yiladigan kuchlanishga proporsional bo‘ladi:
UTES = Um = · U0 = 3,14 · U0 = U2 · ,
ya’ni, to‘g‘rilangan kuchlanishda martaga katta bo‘ladi. To‘g‘- rilangan kuchlanish va tok pulsatsiyasining chastotasi fto‘g‘ = ftar bo‘ladi (ya’ni m=1).
1-1-rasm
Uch fazali bir taktli to‘g‘rilash sxemasi
U ikkilamchi chulg‘ami yulduz sxemada ulangan uch fazali transformator va transformator ikkilamchi chulg‘amlari fazalariga bittada ulangan uchta diodlardan iborat. Transformator ikkilamchi chulg‘amlari oxirgi uchlarida bir nolinchi nuqtaga, bosh uchlarida esa diodlar anodlarga ulanadi. Barcha ventillar katodlari umumiy nuqtaga ulanadi va to‘g‘rilagich chiqishida musbat qutbni tashkil qiladi (1-1-rasm). Transformatorning nolinchi nuqtasi manfiy qutb hisoblanadi. Ikkilamchi chulg‘am faza kuchlanishlari bir-birlaridan 2/3 burchakka surilgan bo‘ladi. Istalgan vaqt momentida anodda boshqa fazalarga qaraganda eng katta musbat potensial bo‘lgan faza diodi ochiladi (1-2- rasm). t0 ixtiyoriy vaqt momentida VD1 diod anodida eng katta musbat potensial bo‘ladi va u ochiq bo‘ladi. U21 kuchlanish ta’sirida tok birinchi faza, VD1 diod, Ryu yuklama orqali nolinchi nuqtaga oqib o‘tadi.
1-2-rasm
Yuklamadagi kuchlanish U21 oniy qiymatga teng bo‘ladi. t1 vaqt momentigacha ikkinchi fazadagi kuchlanish ham musbat, lekin birinchi fazadagi kuchlanishdan kichik bo‘ladi, shuning uchun VD2 diod anodidagi potensial uning katodidagi potensialdan kichik bo‘ladi va VD2 diod yopiq bo‘ladi. t2 momentdan boshlab uchinchi faza ishlay boshlaydi va jarayonlar davriy takrorlanadi. Har bir faza davrning 2/3 qismi davomida ishlaydi. To‘g‘rilagich chiqishidagi U0 kuchlanish istalgan vaqtda ikkilamchi chulg‘am (faza diodi ochiq bo‘lganda) faza kuchlanishining oniy qiymatiga teng bo‘ladi, ya’ni U0 to‘g‘rilangan kuchlanish U2 kuchlanishning og‘diruvchisi hisoblanadi, I0 = U0 /R0 bo‘lganligi uchun mana shu egrilikning o‘zi boshqa masshtabda tok egriligi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |