Bir taktli to‘g‘rilash sxemalari


Parametrik stabilizatorlar



Download 0,6 Mb.
bet2/4
Sana12.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#783600
1   2   3   4
Bog'liq
mironshox (1)

Parametrik stabilizatorlar

Nochiziqli elementlarning xossalaridan foydalanib, kuchlanish (tok) ni stabillashni amalga oshiradigan stabilizatorlar parametrik stabilizatorlar deyiladi.
Parametrik stabilizatorlarda kirish kuchlanishining yoki yuklama tokining o‘zgarishi bevosita nochiziqli elementga ta’sir qiladi. Chiqish kuchlanishining (yoki yuklama tokining) talab qilingan qiymatdan o‘zgarishi nochiziqli element VAXining nochiziqliligi darajasi orqali aniqlanadi. Nochiziqli elementlar
sifatida o‘zgaruvchan kuchlanish (tok) stabilizatorlarida drossellar (2.1-rasm), o‘zgarmas kuchlanish (tok) stabilizatorlarida esa stabilitron, stabistor va maydoniy tranzistorlar qo‘llaniladi (2.2-rasm).
O‘zgaruvchan kuchlanishni parametrik stabillash o‘zgaruvchan tok uchun nochiziqli VAXga ega bo‘lgan nochiziqli elementlar yordamida amalga oshiriladi. Bunday tafsifga magnit o‘tkazgichi to‘yinish rejimida ishlovchi drossel ega bo‘lib (2.3-rasm), bunda magnit o‘tkazgichning to‘yinishiga mos
keluvchi a—b oraliq drosselning ish oralig‘i hisoblanadi.
Sxemada to‘yingan drossel L2 ZY yuklamaga parallel ulanadi. Ballast qarshilik sifatida VAXi chiziqli bo‘lgan L1 drossel qo‘llaniladi. Sxemaning ishlash prinsiði quyidagicha:
Ukir kirish kuchlanishi o‘zgarganda Uchiq chiqish kuchlanishi va L1 chiziqli drosseldagi kuchlanish ortadi. L2 to‘yingan drosseldagi tok keskin ortadi. Lekin bunda L1 drosseldagi kuchlanishning pasayishi ortadi, L2 drosseldagi va ZY yuklamadagi
kuchlanish sezilarsiz ortadi.

2-1 rasm
Drosselning VAXi (à) va o‘zgaruvchan kuchlanish parametrik stabilizatorining sxemasi (b).
Eng oddiy o‘zgaruvchan kuchlanish parametrik stabilizatorining afzalligi oddiyligi bo‘lsa, uning kamchiliklari FIKning kichikligi (0,4...0,6), stabillash koeffitsiyentining kamligi (KST 10), shuningdek, og‘irligi hisoblanadi. O‘zgarmas kuchlanish parametrik stabilizatorlarida nochiziqli elementlar sifatida stabilitronlar, stabistorlar va maydoniy tranzistorlar qo‘llaniladi. VD stabilitronda yig‘ilgan parametrik
stabilizatorning prinsiðial sxemasi 2.2-rasmda keltirilgan bo‘lib, Rb ballast rezistorning qarshiligi shunday tanlanadiki, undagi kuchlanishning pasayishi (0,5...3) UY ni tashkil qilishi
kerak. Kirish kuchlanishi ortganda Uchiq kuchlanish ortadi. Lekin VD stabilitrondagi uncha katta bo‘lmagan Ust kuchlanishning o‘zgarishi undagi tokning keskin ortishiga olib keladi.
Bunda Rb rezistordagi kuchlanishning pasayishi ortadi, RY yuklamadagi kuchlanish esa sezilarsiz o‘zgaradi. Stabilizator kirishidagi Ukir kuchlanishning o‘zgarishi Rb ballast rezistordagi kuchlanishning va stabilitrondagi kuchlanishning o‘zgarishi yig‘indisiga teng:
Ukir = URb + Ust.
Ballast rezistorining qarshiligi stabilizator qarshiligidan ancha katta (Rb>>Rst) ekanligini e’tiborga olsak, u holda kirish kuch-

2-2-rasm

2-3-rasm
Maydoniy tranzistor VAXi (à) va maydoniy tranzistorda yig‘ilgan parametrik stabilizatorning sxemasi (b).
Ballast rezistorining qarshiligi stabilizator qarshiligidan ancha katta (Rb>>Rst) ekanligini e’tiborga olsak, u holda kirish kuchlanishining har qanday o‘zgarishi stabilitronning Rst qarshiligida ajraladi va yuklamadagi kuchlanish o‘zgarishsiz qoladi. Bu sxemaning kamchiliklariga FIKning kichikligi (0,3), stabilizatorning katta ichki qarshiligi (5...20 Om) va chiqish kuchlanishining kichik diapazonga egaligini kiritish mumkin. Stabilizatorning afzalliklari esa oddiyligi, ishonchliligi, hajmining va massasining kichikligidir. O‘zgarmas tok parametrik stabilizatorlari toki unga qo‘yilgan kuchlanishga sezilarli bog‘liq bo‘lmagan nochiziqli elementlarda yig‘iladi.Bunday element sifatida maydoniy tranzistorlar qo‘llaniladi (2-3.rasm). Maydoniy tranzistorlarda Uzi=const bo‘lganda Is sezilarli o‘zgarmaydi


  1. Download 0,6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish