Bir o’lchamli massivlar



Download 262,18 Kb.
bet1/2
Sana27.06.2022
Hajmi262,18 Kb.
#707883
  1   2
Bog'liq
Alg Lab2


Bir o’lchamli massivlar
Dasturlash tillarida ro’yxat yoki jadval ko’rinishidagi ma’lumotlarni massiv deb atashadi. Massiv so’zining ma’nosi o’lcham, o„lchov demakdir. Jurnaldagi o„quvchilar ro„yxati, paradda to’g’ri to’rtburchak hosil qilib turgan soldatlar, bog’da tartib bilan ekilgan daraxtlar, talabalarning reytingini aniqlovchi qaydnoma, determinantlar, matritsalar, Pifagorning ko’paytirish jadvali massivga misol bo’la oladi.
Massiv o’z ichiga qamrab olgan har bir obyekt, ya‟ni har bir o’quvchi, soldat, daraxt yoki determinant, matritsani hosil qiluvchi har bir son o„sha massivning elementi yoki massiv komponentasi deyiladi. Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, massivning barcha elementlari bitta turga mansub bo„lib, ular bitta nom bilan nomlanadi va bir-birlaridan nomerlari (indekslari) bilan farq qiladi
Bir o’lchamli massivning har bir elementi bitta nomerga ega bo„ladi. Bunday massivlar asosan obyektlar ro’yxati yoki bir o’zgaruvchili funksiya grafigini chizish uchun tuzilgan jadval kabi ma‟lumotlardan tashkil topgan bo’ladi.
Bir o’lchamli massivni e’lon qilishning umumiy ko`rinishi quyidagicha Tur nomi massiiv nomi [o’lcham];
Masalan,
float a [20];
. Bunda float - massiv turi, a - massiv nomi.
Massiv nomi faqat bitta harfdan iborat bo’lmasdan ixtiyoriy identifikator ham bo’lishi mumkin, [20]– massiv o’lchami, ya‟ni massiv elementlari soni. Ushbu massiv quyidagicha o’qiladi.
«Elementlari haqiqiy sonlardan iborat bo’lgan a nomli massiv e‟lon qilingan bo’lib, elementlari soni 20 ta va ular 0 dan 19 gacha nomerlangan».
Massivni bu tarzda e‟lon qilishdan maqsad EHM xotirasida uning elementlari uchun joy ajratishdir. Massivni e‟lon qilmasdan uning elementlaridan dastur tarkibida foydalanish har xil xatoliklarga olib kelishi mumkin. C++ dasturlash tilida massiv elementlari noldan boshlab nomerlanadi. Masalan, massiv o’lsami n bo’lsa uning elementlari 0 dan n-1 gacha nomerlanadi. Massiv elementlari nomerli kvadrat qavsga olib ko’rsatiladi. Demak, yuqorida e‟lon qilingan massivning birinchi element a[0], oxirgi elementi esa a[19] bo’ladi.
Massiv elementlari nomeri albatta butun son bo’lishi shart. Shuningdek, massiv indeks qiymati butun son bo’ladigan algebrik ifoda bo’lishi ham mumkin.
Yoki massiv indeksi butun turli o’zgaruvchi ham bo„lishi mumkin.
Shuning uchun agar massiv indeksini sikl parametri kabi aniqlash yo’li bilan massivning barcha elementlari ustida amallar bajarish mumkin. float va double kabi haqiqiy turga mansub o’zgaruvchilarning qiymatlari har qanday kichik kesmada cheksiz ko’p bo’lganligi tufayli bunday o’zgaruvchilardan indeks sifatida foydalanib bo’lmaydi, ya‟ni bunday o’zgaruvchilar yordamida massiv elementlarini tartiblab sanab bo’lmaydi.
Massiv uzunligi, ya’ni elementlari sonini aniqlash uchun sizeof (massiv nomi) funksiyasidan foydalaniladi.
Aytilganlarni quyidagi dastur misolida tushunish qiyin emas.
#include
using namespace std;
int main( )
{
int n=53, m=23; n=n-m;
int s[n+42], j, i; j=sizeof (s);
char satr [n+42]; i=sizeof (satr);
cout <<”j=”<cout<<”i=”<Dastur natijasi


j=288 i=72
kabi bo’ladi. Chunki har bir butun turli o’zgaruvchi xotirada 4 bayt joyni, char turi har bir belgi esa bir bayt joyni egallaydi.

Download 262,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish