Misollar:
1-masala: Massiv elementlarini kiriting 5 ga ko’paytirib chiqaring.
C++ Dasturida yechish va natijasi.
2-masala: a massiv berilgan berilgan massiv ichidan eng kattasi va eng kichigini topuvchi dastur tuzing.
C++ Dasturida yechish va natijasi
3-masala: O`lchami ko`rsatilgan massivning barcha elementlariga boshlang`ich qiymat 0 berish.
C++ Dasturida yechish va natijasi
Ko’p o’lchamli massivlar
Ko’p o„lchamli massivlar quyidagicha e’lon qilinadi.
Tur nomi massiv nomi [1-o’lcham] [2-o’lcham]……[n-o’lcham]
Masalan,
float x[5] [4] yozuvi quyidagicha o’qiladi. Elementlari haqiqiy turli ikki o„lchamli x nomli massiv e‟lon qilingan bo’lib, uning elementlari beshta satr va to`rtta ustunda joylashgan. Elementlarining soni 20 ta. Demak, ikki o„lchamli massivda birinchi indeks satr nomerini, ikkinchi indeks esa ustun nomerini bildiradi . Berilgan massiv elementlarini quyidagi matritsa ko’rinishida tasavvir qilish mumkin.
x [0] [0] x [0] [1]……..x [0] [3]
x [1] [0] x [1] [1]……..x [1] [3]
--------------------------------
x [4] [0] x [4] [1]……..x [4] [3]
Ko’p o’lchamli massivlar ichida ikki o’lchamli massivlardan eng ko’p foydalaniladi. Bunday massiv elementlarini chop etishda ham aynan matritsa ko’rinishda chop etishga e‟tibor qilinsa, natijalarini tahlil qilish jarayoni ancha yengillashadi.
Masssiv o’lchami kattalashganm sayin uning elementlari uchun xotiradan ajratiladigan joy hajmi juda tez o’sadi.
Masalan, 32 razryadli mashinada uch o’lchamli
float b [10] [8] [10]
massivi e‟lon qilingan bo’lsa, u xotirada 10*10*8*4=3200 bayt joyni egallaydi. Agar shu massiv int b [10] [10] [10] [10] kabi to’rt o’lchamli ko’rinishda e‟lon qilinsa, xotiradan 40000 baytlik joy band qilinadi.
Demak, n o’lchamli massivning xotiradan egallaydigan joyi formulasi quyidagicha.
Baytlar soni 1-o‘lcham * 2-o‘lcham *…..* n-o‘lcham * turning baytlardagi o‘lchami. Amalda uch o’lchamli massivlardan ham juda kam foydalaniladi. Uch o’lchamdan yuqori o’lchamli massisvlardan juda kam foydalaniladi.
Misollar
1-masala. n o’lchovli matritsa berilgan, matritsani har bir satri bo’yicha eng kichigini topuvchi dastur tuzing.
C++ Dasturida yechish va natijasi
2 -masala. n o’lchovli matritsa berilgan, matritsani har bir satri bo’yicha eng kattasini topuvchi dastur tuzing.
3-masala. n o’lchovli matritsa berilgan, matritsani dioganali elemenntlarini chiqaruvchi dastur tuzing .
C++ Dasturida yechish va natijasi
Do'stlaringiz bilan baham: |