Bir fazali transformatorlar. Tuzilishi va ishlash prinsipi. Ish rejimlari.
Reja:
Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Transformatorning foydali ish koeffitsiyenti va undagi quvvat isrofi.
Transformatorning nominal kattaliklari va ish rejimlari.
Biror kuchlanishli o’zgaruvchan tokning chostotosini o’zgartirmagan xolda uni boshqa kuchlanishli o’zgaruvchan tokka aylantirish uchun ishlatiladigan statik apparat transformator deyiladi.
Transformatorning ishlash prinsipi elektromagnit induksiya xodisasiga asoslangan. Elektrotexnika sanoatida ishlatiladigan transformatorlarning o’zagi ma’lum shakldagi berk rama ko’rinishida yig’ilgan aloxida po’lat plastinkalaridan iborat.(1-rasm) Bir fazali transformator
2-rasm.
Birlamchi chulg’am (g’altak) dagi o’ramlar soni W1, bo’lsin. Unga tarmoqdan yoki generatordan o’zgaruvchan kuchlanish beriladi. Bunda o’ramdan o’zgaruvchan I tok o’tadi, bu tok po’lat o’zakni magnitlab, unda o’zgaruvchan magnit oqimi hosil qiladi. Bu tokning magnitlovchi ta’siri amper o’ramlar soni (I W1,) ga proporsional bo’ladi. G’altakda tok ortgani sari o’zakdagi magnit oqimi xam ortib boradi, buning o’zgarishi esa g’altak o’ramlarida uzinduksiya EYUK hosil qiladi. Uzinduksiya EYUK g’altakka berilgan kuchlanish darajasiga yetganda birlamchi o’ramda tokning ortishi to’xtaydi. Shunday qilib, transformatorning birlamchi o’rami zanjirida uning uchlariga berilgan kuchlanish U1 va o’zinduksiya EYUK E1 bo’ladi. Bunda kuchlanish U1 dan o’ramda kuchlanishning pasayishi miqdoricha ortiq bo’lib, kuchlanishning bu pasayishi esa juda kam bo’ladi. Transformator o’zagida vujudga kelgan o’zgaruvchan magnit oqimi transformatorning ikkilamchi g’altagini ham kesib o’tib, uning har o’ramida birlamchi g’altakning har bir o’ramidagidek EYUK hosil qiladi. hosil bo’lgan EYUK ning kattaligi chulg’amlarning o’ramlari soniga proporsional bo’ladi:
Transformatorning birlamchi chulg’amidan tok o’tganda uning o’zagida shu tokka proporsional bo’lgan magnit oqimi hosil bo’ladi. Bu oqim xam sinusoidal qonun bo’yicha o’zgaradi, ya’ni
Transformatorning tuzilishi
Har qanday transformator ikki asosiy qism, yaʼni berk poʼlat oʼzakdan va mis simdan oʼraladigan choʼlgʼamlardan iborat. Transformator oʼzagi maxsus elektrotexnik poʼlat plastinalardan yigʼiladi. Bu plastinalar qalinligi transformator ishchi chastotasiga bogʼliq, chastota qancha yuqori boʼlsa, plastina shuncha yupqa boʼladi.
Oʼzak shakli va unda choʼlgʼamlarning joylashishi boʼyicha transformatorlar sterjenli, bronli (sh-simon), torreodal va lentasimon kesimli boʼlishi mumkin. Bajarilish sxemasi boʼyicha transformatorlar (yaʼni choʼlgʼamlar soni boʼyicha) bir, ikki va koʼp choʼlgʼamli boʼlishi mumkin.
Transformatorning ishlash printsipi
Transformatorning ishlash printsipi bir-birlari bilan elektr jihatdan bogʼlanmagan va qoʼzgʼalmas ikki yoki bir necha choʼlgʼamlarning oʼzaro elektromagnit taʼsirlanishiga asoslangandir. Choʼlgʼamlar W1 va W2 oʼramlar soni orqali xarakterlanadi.Transformatorning uchta salt ishlash, qisqa tutashuv va yuklama ish rejimlari mavjud. Bu rejimlarni ketma-ket koʼrib chiqamiz.(3-rasm).
Transformatorning salt ishlash rejimi
Salt ishlash rejimida transformatorning birlamchi choʼlgʼami oʼzgaruvchan tok manbaiga ulanadi, ikkilamchi choʼlgʼamining uchlari esa ochiq qoladi, yaʼni ikkilamchi choʼlgʼam toki nolga teng boʼladi.
Transformatorning yuklama rejimi
Аgar transformatorning ikkilamchi choʼlgʼamiga yuklama ulansa, u holda transformator ishchi rejimda ishlaydi. Bu rejimda transformatordagi fizik jarayonlar yuklama xarakteriga bogʼliq boʼladi.
Transformatorning qisqa tutashuv ish rejimi
Qisqa tutashuv rejimida birlamchi choʼlgʼam tarmoqqa ulanadi, ikkilamchi choʼlgʼam esa qisqa tutashtiriladi. Ishlatish sharoitlarida qisqa tutashuv avariya rejimi hisoblanadi va choʼlgʼamlar toklari katta qiymatlarga ortib ketadi.
Bu rejimda ikkilamchi choʼlgʼam qisqa tutashtiriladi, birlamchi choʼlgʼamga esa pasaytirilgan Uk kuchlanish beriladi. Bu kuchlanish qisqa tutashuv kuchlanishi deyiladi va nominaldan foizlarda oʼlchanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.111. Stantsiya va podstantsiyalarning elektr qismi. O’quv qo’llanma. Q.R. Allaev, I.H. Siddikov va boshq. O’z.ROO’MTV – T.: Cho’lpon nomidagi NMIU.
2. Aloqa qurilmalarining elektr ta’minoti (o’quv qo’llanma). M.S. Sapayev, F.M. Qodirov, U.T. Aliyev. O’z.ROO’MTV, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”.
3. Siddikov I.X. Aloqa qurilmalari qayta tiklanuvchi elektr ta’minoti manbalari fanidan uslubiy qo’llanma – Toshkent, TATU, 2016 – 92 b.
Elektron manbalar:
www.ziyonet.uz –O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sayti.
www.bilim.uz –цурпер
O‘zR Oliy va o‘rtamaxsus ta’limvazirligi sayti.
Do'stlaringiz bilan baham: |