13
16-o‘quvchi:Adashmang.
Sinus iks chap yonda,O‘ngda “pi” bo‘lingan uch.
Tenglamani yechishga,Bilaman siz juda o‘ch,
Adashadi javobda,Kimki bilim mo‘rt yo puch.
Jumboq hal bo‘lar oson,Agar kalla bo‘lsa kuch.(yechimi yo‘q)
17-o‘quvchi:Nechanchi qavatda?
O‘n yettinchi qavatda-Ali yashar va undan
Sakkiz marta pastdagi,Manzilda turar Hasan.
Ishga soling miyani,Bilim baxtning onasi
Qaysi qavatda ekan,Hasanboyning xonasi?!(3-qavatda)
18-o‘quvchi:Aniqlang
Asosi naq yigirma,Balandligi o‘n olti.
Esh,kartondan yasalgan ,Bitta uchburchak oldi.
Undan qirqib eng katta-Yuzli to‘g‘ri to‘rtburchak.
Dedi:o‘lchamlarini,Aniqlab,bering darak.(a=8,b=10.S=80)
19-o‘quvchi:Esdalik
Ellik uchta o‘quvchi,Bitiruv kechasida.
Esdalikka qolsin deb,Yoshlikning ko‘chasida.
Suratlarin birma-bir,O‘zaro almashdilar.
Qancha rasm shu alfoz-Tarqatildi,kim bilar?!(2756)
14
20-o‘quvchi:Qovurdoq
Qovurdoq qilinsa go‘sht, Qirq foizga kamayar.
Bilmaganlar oshpazdan,O‘rinsiz gumon qilar.
Ikki kilo go‘sht solsak, Olov yoqib tovaga.
To pishguncha qanchasi,Uchib ketar hovaga?!(0,8 kg)
Do'stlaringiz bilan baham: |