12
12-o‘quvchi:Kitob-chiroq
Kitob-chiroq,bilim-nur,Ezgulikka xitoblar.
Noshirlarga ofarin,Hayotga ko‘rk kitoblar.
To‘rt yuz qirq olti betli,Kitob sahifalandi.
Qani toping,bu ishga,Nechta raqam sarflandi?!(1230 ta)
13-o‘quvchi:Sanoq asosi
Sanoq sistemalar turli asosli,Ikki,uch,to‘rtu besh,hatto o‘n ikki.
Bu sirni bilganlar bo‘lur shodumon,Yalqovlar hayotda ko‘p yeydi dakki.
Ming to‘qqiz yuz to‘qson birinchi yilda,Hurriyat shamoli yurtimga yetdi.
Nechanchi asosga o‘tilsa bu son,Bo‘ladi uch mingu yetti yuz yetti?!(sakkizlik)
14-o‘quvchi:Tomonlar qanchadan?
Bir kateti o‘n yetti,To‘g‘ri burchakli ko‘rkam.
Uchburchakni yasab,so‘ng,Bizga yuzlandi O‘ktam:
Butun sonda berilgan,Qolgan tomonlari ham.
Topib menga bildiring,Bilim bo‘lsa mustahkam.(144 va 145)
15-o‘quvchi:Yechimin toping
Bir taqsim iks,minus-Igrekdan bir barobar.
Nol butun o‘ndan ikki,Tenglikni yozdi Akbar.
Dedi:bo‘shashmang o‘rtoq,O‘g‘zingizni tez yoping.
Misolning faqat butun-Yechimlarini toping?!(4,20),(-20,4),(6,-30),(30,-6),(10,-10)
Do'stlaringiz bilan baham: |