BIPRIZMA Interferensiya hodisasini Frenel biprizmalari yordamida o'rganish
FIZIKA FAKULTETI : OPTIKA FANI
FRENEL OGYUSTEN JAN (1788-1827) Frenel Ogyusten Jan Fransuz fizigi. 1815-yilda Gyugens prinsipiga o’zining qo’shimchasini kiritadi. To’lqinlarning kogerentligi tushunchasini kiritadi va 1818-yilda difraksiya nazariyasini yaratadi. Birinchi marotaba aylana shakldagi tirqishdan vujudga keladigan difraksiyani o’rganadi. Kogerent manbalarini olishda o’zini nomi bilan belgilangan Frenel ko’zgulari, Frenel bilinzasini va Frenel biprizmalarini yaratadi. Buning natijasida yorug’lik interferensiyasini atroflicha o’rganadi. Qutblangan yorug’liklar interferensiyasini ochadi. Yorug’lik to’lqinliklarning perpendikulyarligini isbotlaydi. 1823-yilda elliptik va aylana shaklidagi yorug’likning qutblanishi mavjudligini aniqlagan. Yorug’likning qaytishi vaqtidagi vujudga kelgan qonuniyatning tenglamasini tuzgan. Frenel formulasi, qator interferension qurollar yasashga o’z hissasini qo’shgan. 1818-yilda harakatda bo’lgan jismlarning optikaviy qonuniyatlariga asos solgan. Yorug‘lik interferensiyasini kuzatishda Frenel ko‘zgu va ikki prizmadan foydalandi. 1-rasmda Frenel biprizmasining tuzilish sxemasi keltirilgan. α1 va α2 juda kichik bo‘lgan ikkita bir xil shisha prizma bir-biriga eng kichik sirtlari bilan siqilib yelimlanadi. Agar prizmaning bir tomoniga S yorug‘lik manbai joylashsa, uning S1 va S2 mavhum tasvirlari yuzaga keladi. Demak, 2 ta kogerent manba hosil qilamiz. Ekran E da ikki — S1 va S2 manbalardan kelayotgan kogerent to‘lqinlar, qo‘shilib, interferensiya hosil qiladi. Agar S manba tabiiy yorug‘lik bo‘lsa, ekranda turli rangli polosalar hosil bo‘ladi, agar aniq to‘lqin uzunlikka ega monoxromatik yorug‘lik bo‘lsa, ekranda faqat shu rangli polosalar ma’lum masofada birin-ketin joylashadi.
BIPRIZMA SXEMASI
BIPRIZMA SXEMASI 1- He-Ne lazeri fokus 2-uzunligi +5 mm bo'lgan linza 3-Fresnel biprizmasi4- ekran 5- optik dastgoh 6- рейтеры 7- fokus uzunligi +200 mm bo'lgan linza FRENEL BIPRIZMASI Yorug‘ polosalar orasi qorong‘i bo‘ladi. Odatda, ushbu polosalar (yo‘llar). S manba yo‘liga tor tirqish qo‘yilganda kuzatiladi. Tirqishning to‘g‘risida yorug‘ polosa hosil bo‘ladi. Markaziy yorug‘ polosaning chap va o‘ng tomonida simmetrik ravishda: agar optik yo‘llar farqi λ / 2 toq to‘lqin soniga teng bo‘lsa, qorong‘i yo‘l; juft to‘lqin soni λ ga teng bo‘lsa, yorug‘ yo‘l hosil bo‘ladi va h.k. Ekrandagi yorug‘ va qorong‘i yo‘llar orasidagai masofa deyarli bir xil bo‘ladi. λ o‘zgarishi bilan ekrandagi yo‘llar soni (zichligi) o‘zgaradi, λ kamaysa ekranda ko‘proq polosalar kuzatiladi va aksincha λ ortsa, polosalar soni kamayadi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, har bir to‘lqin uzunlikka ma’lumbir rangli nurlanish mos kelar ekan, ya’ni yorug‘lik rangitebranishlar chastotasi bilan aniqlanadi. Ikkinchidan bir necharanglarning qo‘shilishidan oq yorug‘lik hosil bo‘lar ekan. Agarbiðrizma oq yorug‘lik bilan yoritilsa, tirqish to‘g‘risida oqyorug‘likdagi polosa hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |