Biotexnologiya fanidan o’quv-uslubiy majmua


Embrional o'zak hujayralar



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/140
Sana11.06.2022
Hajmi5,94 Mb.
#653216
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   140
Bog'liq
Biotexnologiya

Embrional o'zak hujayralar 
Embrional o'zak hujayralari liniyasi ilk marotaba 1981 yil Evans, Kaufman va 
Martinlar tomonidan sichqon blastotsistasidan olingan. Bu hujayralar polipotent bo'lib, 
kul'turada differentsiallanishi mumkin. Shuningdek embrional o'zak hujayralar somatik 
hujayralarning normal genotipini saqlaydi.
Blastotsistaga kiritilgan embrional o'zak hujayralar homilani barcha organ va 
to'qimalarini bir maromda rivojlantirganligi aniqlangan (1984 yil). Tug'ilgan 
homiladagi belgilar undan keyingi avlodlarga ham o'tavergan. 
Quyidagi rasmda embrional o'zak hujayralar yordamida transgen sichqonlar 
olish bosqichlari ko'rsatilgan. Ushbu bosqichlar ichida eng murakkabi - embrional o'zak 
hujayralarni differentsiallanmagan holda ushlab turish.
Hozirgi kunda embrional o'zak hujayralar yordamida transgen hayvonlar olish 
tehnologiyasi ko'proq transgen sichqonlar yaratish uchun qo'llanilmoqda. Chunki 
so'nggi vaqtlargacha bunday hujayralarning faqat sichqonlardan olinganlari bor edi 
holos. Biroq ohirgi yillarda boshqa ko'plab sut emizuvchilarning blastotsistalaridan 
embrional o'zak hujayralar ajratildi. Quyida ushbu sut emizuvchilar ro'yhati va 
hujayralarning olingan yili keltirilgan: 
tillarang og'mahon (1988); 
cho'chqa (1990); 
qo'y (1990); 
sigir (1992); 
norka (qorako'zan (1992)); 
quyon (1993); 
kalamush (1994); 
inson (1994); 
maymun (1995) 
Shunday qilib, yaqin yillarda ushbu hayvonlarning transgen formalari yaratilsa 
ajab emas. 
Tehnologiyaning yana bir qulay tomoni shundaki, ishni bajarishda zigotalardan 
emas, balki blastotsistalardan foydalaniladi. Yirik sut emizuvchilardan blastotsistalarni 
jarrohlik amaliyotisiz (bachadonni yuvib) ham olish mumkin. Qishloq ho'jaligi 
hayvonlari barcha turlarining blastotsista bosqichidagi embrionlarini suyuq azotda 
saqlash va embrionlarni surrogat urg'ochilarga jarrohlik amaliyotisiz transplantatsiya 
qilish usullari ishlab chiqilgan.


Embrional o'zak hujayralar yordamida embrionlarni rekonstruktsiya qilib transgen hayvonlar olish ketma-ketligi. 
1-
embrional o'zak hujayralar kul'turasini olish (bu hujayralar – blastotsistalarning ichki hujayralari massasi). 
Blastotsistalar fibroblastlarda o'stiriladi. Ular Petri kosachasi tagida qat-qat bo'lib ajraladi. Ularning ayrimlari embrional 
o'zak hujayralari liniyasini hosil qiladi.
2- embrional o'zak hujayralarga genetik konstruktsiyani kiritish (transgen hujayralarni boshqalaridan ajratib olish 
uchun o'zak hujayralarga Neo geni kiritiladi. Neo – neomitsinga (antibiotik) chidamli gen. Bu gen neomitsintransferaza 
fermenti sintezi uchun javob beradi. Muhitga neomitsin antibiotigi qo'shilsa, tarkibiga Neo geni kirmagan hayvon 
hujayralari halok bo'ladi. Neo geni bor hujayralar esa yashayveradi. So'ngra tirik qolgan hujayralar koloniyasi molekulyar-
genetik tahlil qilinadi.
)

3- mikroin'ektsiya uchun blastotsistalar olish: ular terisini rangi boshqalaridan farq qiladigan hayvonlar liniyasidan 
olinadi; 
4- himer embrion konstruktsiyasini yaratish: transgenembrional o'zak hujayralarniblastotsistalar bo'shlig'iga kiritish; 
5- yaratilgan himer embrionni surrogat urg'ochi hayvonga transplantatsiya qilish; 
6- surrogat onadan tug'ilgan hayvonlarni tahlil qilish. Tug'ilgan hayvonlarning bir qismi himer bo'lib, ularning 
organizmida ham blastotsista (rasmda oq rangda ko'rsatilgan), ham transgen embrional o'zak hujayralar bo'ladi(rasmda 
qora rangda ko'rsatilgan)
.
Ayrim sichqonlarda umuman transgen hujayralar bo'lmasligi mumkin (rasmda – oppoq sichqon). 
Transgen hujayralari ko'p sichqonlar (rasmdagi qop-qora rangli sichqonlar) bir-biri bilan chatishtiriladi. Agar transgen 
hujayralari ko'p sichqon erkak bo'lsa, undan tezda katta miqdorda sichqonchalar olish mumkin. 
7- himer erkak sichqon al'binos urg'ochi sichqon bilan chatishtiriladi va ulardan tug'ilgan sichqonchalar tahlil qilinadi. Organizmida 
transgen gametalar saqlagan himer hayvonlar ana shunday aniqlanadi; 
8
- Gomozigotali sichqonlar olish uchun F

avlod sichqonlari bir-biri bilan chatishtiriladi. 

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish