19-rasm. To'rli sirtlar turlari
a) po'lat simdan to'qib qalaylangan; b, v) har xil teshikli tunukadan yasalgan
Uskunaning tozalash samaradorligi qoziqli-titkilash barabani bilan to'rli
sirtning bir-biriga nisbatan joylashishiga bog'liq. Paxta bo'lakchasini sirt strelkasi
yo'nalishida aylantirishga intiladi.Uskuna ishlaganda paxta bo'lakchalari to'rli sirt
ustiga urilishi natijasida undagi iflos qo'shilmalar ajraladi va to'rli sirt teshiklari
orqali tashqariga chiqib ketadi.
Ba'zi tozalagichlarning barabanlarida ikki qator qoziqchalar o'rnatilgandan
keyin uchunchi qatorga yaxlit planka o'rnatilgani uchun bunday tozalagichlar qoziq-
plankali deb ataladi. Qoziq-plankali tozalagichlarning tozalash samaradorligi
birmuncha yuqori bo'ladi, chunki bularda chigitli paxta qoziqqchalar bilan titiladi,
planka esa havo oqimini kuchaytirib tozalashni ko'paytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |