23-rasm. EH-078 qoziqchali bloklar orqali (Г) УXK sektsiyalarini (A, Б, B)
bir-biri bilan ulash negizida tuzilgan UXK majmuasi
bilan ulash
3. Paxta tozalash mashinalarida tozalash samaradorligini aniqlash
Paxta tozalash korxonasining uzluksiz texnologik jarayonida o'rnatilgan
uskunalar va mashinalarning mukammalligi, ularda chigitli paxta, tola, lint va
boshqa mahsulotlarni tozalashning umumiy samaradorlik ko'rsatkichiga qarab
belgilanadi.
Chigitli paxta, tola, lint va boshqalarni ishlab chiqarayotganda ular
tarkibidagi has-cho'plar, o'liklar va tolali nuqsonlarni ajratish qobiliyati mashinaning tozalash samaradorligi deb ataladi.
Tozalash samaradorligi ajratilgan iflos aralashma va tolali nuqsonlar
yig'indisi og'irligining shu mashinada ishlangan chigitli paxta, tola yoki boshqa
mahsulotlar tarkibidagi umumiy iflosliklar og'irligiga bo'lgan nisbatining foiz
ifodasidan iboratdir.
Texnologik jarayondagi tozalagich mashinalarining tozalash samaradorligi
ularning tuzilishi va o'rnatilgan joyiga qarab har xil bo'ladi. Undan tashqari chigitli
paxtadan has-cho'plar va o'likning ajralishi bir xil bo'lmaydi.
Shunga ko'ra, tozalagich mashinalarining has-cho'plarni va o'likni ajrata
olish hususiyati alohida hisoblab topiladi.
Chigitli paxta namligi qancha yuqori bo'lsa, mashinaning tozalash
samaradorligi shuncha kam bo'ladi. Texnologik jarayonda mashinani ketma-ket
ishlashi va mashina qismlarining tezlik rejimi tozalash samaradorligiga katta ta'sir
ko'rsatadi.
Ma'lumki, chigitli paxtani ketma-ket tozalaganda birinchi turgan
tozalagichlar iflosliklarni juda yaxshi ajratadi.
Mashinaga chigitli paxtani ko'p yuborganda ham, ularning ish unumi yuqori
bo'lganda ham tozalash samaadorligi kamayib ketadi.
Texnologik jarayondagi hamma mashinalarning umumiy tozalash
samaradorligini (Kum) aniqlash alohida olingan mashinanig tozalash samaradorligini
aniqlash kabi bo'lib, bunda mumiy ajralgan has-cho'plar og'irligi yig'indisining tozalanayotgan chigitli paxta tarkibidagi iflos aralashmalar og'irligiga nisbatan foiz
ifodasida olinadi.
Texnologik jarayondagi mashinlarni umumiy tozalash samaradorligi quyidagi
tenglama bilan aniqlanadi:
Bu yerda
Kl K2 Kn - texnologik jarayondagi ayrim mashinalarning tozalsh
samaradorligi, % hisobida.
Tola tarkibiga o'tgan iflos aralashma miqdorining chigitli paxta og'irligiga
nisbatan foizi (Ct) quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
Bu yerda
Cn- tozalashdan avval chigitli paxta tarkibidagi iflos aralashmalar
miqdori, % hisobida.
Kum- hamma mashinalarning tozalash samaradorligi, % hisobida. Berilgan
partiyadagi tolaning og'irligi chigitli paxta og'irligining bir qismini tashkil qilib,
tola chiqishiga proparsional bo'lgani uchun
Bu yerda
Ct - tola tarkibidagi iflos aralashmalar miqdori, tola og'irligiga
nisbatan % hisobida;
B - chigitli paxtadan chiqadigan tola miqdori, % hisobida.
Tolaga o'tgan o'likning chigitli paxta og'irligiga nisbatan foizi (Ut) quyidagi
tenglama bilan aniqlanadi:
Bu yerda:
Un - chigitli paxtadagi o'liklar miqdori, % hisobida.
Kum - texnologik jarayonga kiradigan mashinalarning o'likka nisbatan
umumiy tozalash samaradorligi.
Chigitli paxtadan tolaga o'tgan iflos aralashma va o'likning umumiy miqdori
(C) quyidagicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |